N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


-Rasm. Iqtisodiy o‘sishning mantiqiy modeli



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə82/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

11.1.1-Rasm. Iqtisodiy o‘sishning mantiqiy modeli
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini bir maromda o‘sishi ishchi kuchi va ishlab chiqarish jihozlariga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ular o‘zaro o‘rin bosuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. Lekin har bir omilning talab qilinadigin me’yorlari mavjudki, ushbu me’yor bajarilmaganda nafaqat iqtisodiy o‘sish bo‘lmasligi, balki umuman ishlab chiqarish jarayonini to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Ushbu bog‘liqlik darajasidan va yakuniy mahsulot hajmining o‘sish ko‘rsatgichi orqali, ishlab chiqarishni kengayishi va iqtisodiy o‘sishning turi aniqlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy o‘sishning yuzaga kelishi shakllari izohida ikki asosiy yondashuv mavjud. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy o‘sishni YAIM (MD) real hajmi o‘sish sur’ati yoki bu ko‘rsatkichlarni aholi ehtiyoji hisobida oshirish sur’ati bilan o‘lchanadigan aniq vaqtda milliy iqtisodiyot rivojlanishining jami harakteristikasi bilan tushunish hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni hisoblash u yoki bu uslubni qo‘llash zarurati odatda tadqiqot masalalari bilan bog‘liq. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning birinchi usuli, qoidaga ko‘ra, mamlakatning iqtisodiy salohiyati kengayish sur’atlarini baholashda qo‘llaniladi, ikkinchisidan esa aholining qulay sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli xududlar va mamlakatlarning hayotiylik darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘sish nazariyasida ikkinchi hisoblash usuli afzal deb qaraladi.
Jamiyat a’zolarining xilma-xil va yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirishning birdan bir vositasi iqtisodiy o‘sishdir. Agar iqtisodiy o‘sish bo‘lmasa hech qanday jamiyat rivojlana olmaydi, eski iqtisodiy tizim o‘rniga yangisi kirmaydi, xullas ijtimoiy taraqiyot yuz bermaydi. Bu ob’ektiv qonuniyat bo‘lib, aholi o‘sishi va fan – texnika jarayonlari bilan bog‘langan. U milliy iqtisodiyot rivojlanish harakatini qo‘rsatadi va shu sababli vaqtning ma’lum davrlariga (chorak, yil va undan uzoq vaqtga) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (YAIM va SMM) taqqoslash yo‘li bilan o‘lchanadi.
Makroiqtisodiy o‘sish – butun jamiyat miqyosidagi, masalan, mamlakat miqyosidagi iqtisodiyotni o‘sishdir. U jamiyat ishlab chiqarish faoliyatining natijasi bo‘ladi, turli korxona va tarmoqlardagi makroiqtisodiy o‘sishning mazmuni sifatida yuzaga keladi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin