N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


NAZORAT VA MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə90/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

NAZORAT VA MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR
  1. Ishlanmalarni prognozlashning iqtisodiy va ijtimoiy mazmuni nimalardan iborat?


  2. Amaliy tadqiqotlarni prognozlashning mohiyati va mazmuni?


  3. Ilmiy texnik taraqqiyot jarayonini prognozlashning xususiyatlari va tamoyillarini aytib bering.


  4. Ilmiy texnika taraqqiyotini prognozlash usullari nimalardan iborat?


  5. Fundamental tadqiqotlar deganda nimani tushunasiz?


  6. Fundamental tadqiqotlarni prognozlashda qaysi holat tahlil qilinadi?


  7. Ilmiy texnika taraqqiyoti qanday darajadagi jarayon bo‘lib hisoblanadi?


  8. Ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi omillarni aytib bering.


  9. Ilmiy texnika taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillar?


  10. Ilmiy taraqqiyot konsepsiyasi qanday o‘zgartirishni talab qiladi?




13-BOB. IJTIMOIY JARAYONLARNI VA AHOLI TURMUSH DARAJASINING O‘SISHINI PROGNOZLASHTIRISH.
§13.1. Ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirish tizimi
Asosiy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajalari aholining turmush darajasi orqali ifodalanadi, bu tushuncha o‘zida kishining ham moddiy, ham manaviy jihatdan qoniqishi tushuniladi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning asosiy ajralmas qismi bu istemol hajmi harakatini baholash va ilmiy texnik taraqqiyotining o‘rnini aniqlashdir.
Istemolning o‘sishini tahlil qilish aholi turmush darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aholi istemoli tarkibidan kelib chiqib, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, omillar va istemolning o‘zaro ta’siri sabab-oqibatlarini aniqlash, hozirgacha bo‘lgan davr mobaynida istemol tarkibining o‘zgarishi sabablarini tahlil qilish, prognoz qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda mamlakatning ijtimoiy rivojlanishi va aholi turmush darajasida katta o‘rin egallaydi.
Bu sohani prognozlashtirishning asosiy vazifasi avvalo kelajakda aholi istemolini aniqlash va ularni qondirish imkoniyatlarini izlashdan iborat. Masalan: yuqori sifatli va turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, xizmatlar, uy-joylar va boshqalar.
Qulay sharoitda inson har tomonlama rivojlanar ekan, unga nafaqat moddiy balki manaviy talab ham oshib boradi. Inson rivojlanishi bilan o‘z yaxshi ish sharoitini tashkil etishga, tibbiy xizmatlarni va dam olish sharoitlarini yaxshilashga harakat kiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi istemolining o‘sishini prognozlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu bilan kelajakdagi istemol hajmining rivojlanish tendensiyasini bilish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohani ananaviy prognozlashtirishda ayrim kamchiliklar bor, chunki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya, ilmiy texnik taraqqiyot va boshqa ekzogen omillarni hisobga olish qiyin. SHuning uchun prognozlashtirish jarayonida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va bu sohaga oid dastur va rejalardan kelib chiqib, ularni ta’sirini inobatga olib prognozlash zarur bo‘ladi.
Prognozlashni bu tarzda tashkil etish ijtimoiy-iqtisodiy soha rivojlanishi va uni butun mamlakat miqyosida ko‘rib chiqish qulay bo‘lib hisoblanadi. Bu bilan aholi turmush darajasining holati va uning istiqboldagi natijalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Aholi turmush darajasini prognozlashning uch tarkibiy qismi mavjud.
  1. Milliy daromadning o‘sishi,


  2. Aholi istemol hajmining oshishi,


  3. Kelajakda istemol qilinadigin resurslarning o‘sishi.


Istemol uchun resurslar o‘sish suratini prognozlash ishlab chiqarish jamg‘armasinin unumdorligini prognozlashda asos bo‘ladi.


Ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasini prognozlash tizimi bir qancha ko‘rsatkichlarga asoslanib, ular prognoz natijalarini bir biriga ta’siri va mantiqiy oqibatlari haqida ma’lumot beradi. Ushbu ko‘rsatkichlardan asosiylari quyidagilar:

  • ijtimoiy demografik ko‘rsatkichlar, aholining tarkibi va sonini jamiyatning ijtimoiy qatlamini, hamda xususiy mulkga munosabatini ifodalaydi;


  • ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqirishda mehnat sharoitlarini o‘zgarishi ko‘rsatgichi, o‘qimishli potensialning yig‘ilishi, ishlayotganlarning profesional ko‘tarilishi, qo‘l mehnatining qisqarishi yoki faoliyatdan chiqarilishi, mehnat muxofazasi holatining yaxshilanishi;


  • aholi turmush darajasini ko‘tarishda milliy daromadning jon boshiga qanchadan to‘g‘ri kelishi umumiy iqtisodiy ko‘rsatkich, istemol resurslari va ularning milliy daromaddagi ulushi, aholining real va nominal daromadlari dinamikasi va ularning tarkibi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari istemoli ko‘rsatkichi, umumiy mahsulotni sotishdan tushgan daromadning aholi jon boshidagi ulushi, oilalarning uy xo‘jaligi anjomlari bilan taminlanganlik darajasi.


Aholi turmush darajasini baholashda turar joylar bilan taminlanganligi, komunal xizmatlarning sifat darajasi, maktabgacha talim muassasalarining soni, sanatoriya-profilaktikalarning va turistik xizmatlarning mavjudligi ko‘rsatkichlari muhim rol o‘ynaydi. SHahar va qishloqlar o‘rtasidagi turmush darajasidagi tafovutni kamaytirish va barcha hududlarda yashash sharoitlarini tenglashtirish va ularni prognozlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi (aholi jon boshiga nisbatan). 10 ming kishiga to‘g‘ri keladigan vrachlar nisbati, shahar va qishloq axolisining uzoq muddatli maishiy-texnika vositalari bilan taminlanganlik darajasi 100ta oilaga nisbatan va ming kishiga to‘g‘ri kelishi hisoblanadi.


Ijtimoiy o‘sishni va aholi turmush darajasini prognozlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Uy xo‘jaliklarida uzoq muddatli ratsional foydalaniladigan uy anjomlarining har 100ta oilaga nisbati aniqlaniladi, so‘ngra prognoz qilingan talabga qarab ushbu anjomlarni ishlab chikarish uchun resurslar ajratiladi. Rivojlanishni rejalashtirishda ishlab chiqarish sohasi va tarmoqlarni rivojlantirishning eng maqbul omillarini ishlab chiqish zarur, u aholi turmush darajasini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak.
Prognoz qilingan vaqt dinamikasini ishlab siqarish va no ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘armaning hajmi va tarkibini aniqlashda quyidagi iqtisodiy matematik modellar prognozlashtirishda foydalaniladi. Ishlab chiqarishda jamg‘arma normasini, istemol uchun resurslar o‘sish suratlarining me’yor miqdorlari va noishlab chiqarish sohasidagi qurilish, noishlab chiqarish fondi dinamikasi va noishlab chiqarish kapital quyilmalarini muomalaga chiqarish modellari alohida ahamiyatga egadir.
Bu modellar olib boriladigan hisob- kitoblarning mantiqiy ketma-ketligini taminlaydi. Masalan: ishlab chiqarish jamg‘armasi dinimikasini tahlil qilish prognozlonayotgan vaqt oralig‘ida aholi turmush darajasining o‘sishiga ta’sirini ifoda etadi, hamda milliy daromodda, ishlab chiqarish jamg‘armasining ulushini, istemol uchun resurslar o‘sish surati va noishlab chiqarishdagi qurilishni ko‘rsatadi.
Prognozlashtirilayotgan jarayonni echimlarini, ko‘plab variantlarini ishlab chiqish kerak. Noishlab chiqarish jamg‘armasi haqadagi axborot noishlab chiqarish fondini dinimikasini tuzish, noishlab chiqarish sohasida kapital quyilmalarni prognozlash imkonini beradi.
Ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish kelajakda aholi turmush darajasini belgilashda muhim ahamiyatga ega. U quyidagilarga bog‘liq: madaniyatning rivojlanishi, sog‘liqni saqlash, talim sohasi aholiga pullik xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi, aholining real daromadlarining o‘sishi, butun ijtimoiy infratuzilmasining jadal rivojlanishi asos bo‘la oladi. SHuning uchun prognozlashda aholining istemolining doimo o‘sib borishi hisobga olinishi kerak bo‘ladi.
Ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasini prognozlashda, iqtisodiyotni boshqa ko‘rsatgichlarini prognozlashda ularning o‘zaro aloqasi va bog‘liqligini inobatga olish zarur bo‘ladi.
Ijtimoiy rivojlanishni va aholi turmush darajasini prognozlashda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan, me’yor va boshqa usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy matematik modellar, ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasini prognozlashda qo‘llaniladi, u aholi ehtiyojini ortib borish tendensiyasini ifodalaydi. Kelajakdagi o‘sish dinamikasini hisobga olish ijtimoiy rivojlanishni va aholi turmush darajasini sifati va miqdorini yaxshilashdan iborat.
Ijtimoiy rivojlanishni va aholi turmush darajasini prognozlashning kamchiligi shundaki u nomoddiy ishlab chiqarish jarayonidagi holatlarni to‘liq ifoda etolmaydi. Modellar va prognozlar tizimi butunlay ishlatilsa ham, murakkab iqtisodiy kategoriya, turmush darajani faqatgina malum jihatlarini ko‘rsatib tahlil qilishga yordam beradi.
Ijtimoiy rivojlanishni va aholi turmush darajasini prognozlashtirish ilmining rivojlanishini o‘rganuvchi jamiyatning ijtimoiy institutlarini rivojlantirib, hozirgi kundagi muammolarni echimlarini kelajakdagi holatini baholamasdan xulosa qilish mumkin emas. Turmush darajasini ko‘tarishni prognozlash tizimini alohida guruhlarini ko‘rib o‘tamiz.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin