Senopopulyasiyaning xillarini tavsiflash va tasvirlash

Yüklə 22,91 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü22,91 Kb.
#114770
  1   2
SENOPOPULYASIYANING XILLARINI TAVSIFLASH VA TASVIRLASH

Reja

Kirish

  1. Senopopulyatsiyalar va ularning tarkibi

  2. Senopopulyasiyaning xillari

  3. Senopopulyatsiyaning yosh tarkibi

Xulosa
Adabiyotlar ruyxati

Kirish

Senopopulyatsiyalar va ularning tarkibi. Fitotsenozdagi alohida turlarning har xil holatdagi individlar yig‘indisi senopopulyatsiya deb ataladi. Ularga tuproqda yoki yer yuzasida hayotchanligini yo‘qotmagan urug‘lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. Senopopulyatsiya tarkibiga ba’zan o‘t o‘simliklarning tinim holatidagi ikkilamchi yer ostki organlaridan ildizpoya, piyozbosh, tugunak kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi senopopulyatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Turlarning o‘zi esa populyatsiyalar sistemasidan iborat. Jamoadagi har bir tur senopopulyatsiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan soni va yoshining nisbati bilan farqlanishi mumkin. T.A.Rabotnov o‘simliklar jamoasidagi o‘simliklar hayotini yoshi bo‘yicha quyidagi asosiy davrlarga bo‘ladi:
Latent davri. Bunda o‘simlikning spora, urug‘ yoki mevalari tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o‘simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug‘i hayotchanligini 3-4 kundan 3 haftagacha saqlaydi, ba’zi bir begona o‘t o‘simliklar esa bir necha o‘n yillab saqlay oladi. Tuproqda turli o‘simliklarning ko‘p sondagi urug‘larini uchratish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqishi xususiyatiga ega. Shu bilan birga har yili yangi urug‘lar tuproqqa tushib turadi.
Virginil davri. Bu davrda o‘simlik nihol, yosh o‘simlik va voyaga yetgan holatlarda kuzatilib, nihollar yosh o‘simliklardan urug‘ palla barglarining bo‘lishi bilan farqlanadilar.
Generativ davr. Bu o‘simlik hayotida sporalar yoki urug‘lar bilan ko‘payishning boshlanishi bilan xarakterlanadi.
Senil (qarilik) davri. O‘simlik yoshi ulg‘ayishi bilan generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotadi, ana shunda senil davri boshlanadi.

Populyatsiya tarkibida o‘simlikning har xil yoshdagi davrlari uchratilib, bu turning jamoada turg‘un saqlanib qolish xolatini belgilaydi va uning normal hayot kechirayotganidan dalolat beradi. T.A.Rabotnov ma’lumotlari bo‘yicha invazion, normal va regressiv tipdagi populyatsiyalar farq qilinadi. Invazion tipdagi populyatsiya deganda o‘simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiya tushunilib, unda o‘simlikni nihollar, yosh hamda voyaga yetgan holatda uchratish mumkin. Bunday populyatsiyaning urug‘lari fitotsenozga tashqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o‘rinni egallashi yoki mutlaqo yashay olmasligi ham mumkin.

Regressiv tipdagi populyatsiya generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan populyatsiyadir. Ular odatda gullamaydi yoki gullasa ham urug‘lari unuvchanlik xususiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. Bu holat populyatsiyani fitotsenozdan chiqib ketayotganligidan dalolat beradi.
Normal tipdagi populyatsiyada jamoada o‘simlik taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to‘liq o‘tkazadi. Unda spora yoki urug‘laridan to voyaga yetgan o‘simliklargacha uchratish mumkin. Senotik jihatdan olganda ular o‘simliklar jamoasining asosiy populyatsiyasi hisoblanadi. Fitotsenozni xarakterlash vaktida undagi o‘simlik turlarining holati ham hisobga olinadi.
Turlarning hayotiy holati quyidagi shkala bo‘yicha ifodalanadi:
3-to‘liq hayotiy holatda sharoit qulay bo‘lib, o‘simlik o‘sish, rivojlanish va taraqqiyotini to‘liq o‘tkazadi, ya’ni gullaydi va meva hosil qiladi.
2-o‘rtacha hayotiy holatda o‘simlikning generativ organlarining rivojlanishi uchun sharoit yetarli bo‘lmaydi, u faqat vegetativ fazada qoladi, gul va mevalar hosil qilmaydi.
1-susaygan hayotiy holatda o‘simlik zararlanganligi va kuchsiz o‘sishi kuzatiladi.
Senopopulyatsiyaning yosh tarkibi deganda undagi turli kalendar yosh holatidagi o‘simliklarning nisbati tushuniladi. O‘simliklarning kalendar yoshi deganda geobotanik tadqiqotlarda o‘z qimmatiga ega bo‘lgan mustaqil ko‘rsatkich tushuniladi. Bunda daraxtlar va ular nihollarining populyatsiyalarini o‘rganishda yosh tarkibi ayniqsa ahamiyatlidir.
Yosh tarkibini tahlil qilishda dala sharoitida o‘simliklarning kalendar yoshini aniqlash oson bo‘lgan vaqtlarda olib boriladi. O‘simlik yoshini aniqlashda 2 usuldan foydalaniladi:
- xronometrik, ya’ni unib chiqish kuniga qarab;
- morfobiometrik, ya’ni biror morfologik belgilarga ko‘ra (masalan, daraxtlarda yillik halqalarning soni bo‘yicha).
Bir xil yoshdagi o‘simliklar ma’lum yosh guruhini tashkil qiladi. Har bir yosh guruhiga bir kalendar yoshdagi yoki bir xil yosh davridagi individlar kiritilishi mumkin (masalan, 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan o‘simliklar, 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan o‘simliklar va hokazo). O‘rmon xo‘jaliklarida o‘simliklarni ularning yoshiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish qabul qilingan:
1-10 yosh — odatda bo‘yi 25 sm gacha bo‘lgan nihollar;
10-40 yosh — bo‘yi 25 sm dan 5 m gacha bo‘lgan yosh o‘simliklar. Ayrim hollarda uni kichik nihollar (bo‘yi 70 sm gacha), o‘rtacha niholar (bo‘yi 1,5 m gacha) va yirik nihollarga (bo‘yi 1,5 m dan baland) ajratiladi;
50-60 yosh — ingichka daraxtlar (poyasi 5-10 sm bo‘lgan holda bo‘yi 6-8 m ga yetadi);
80-100 yosh — yetilayotgan daraxtlar;
100-180 yosh — yetilgan daraxtlar;
180 yoshdan yuqorisi — qarigan daraxtlar.
Bu shkala daraxt turi va uning umri uzunligiga ko‘ra turlicha o‘zgartirish mumkin. Tez yetiluvchi daraxt turlarida bu shkala qisqartiriladi va aynan shu tur uchun xos bo‘lgan muddatlarga o‘zgartiriladi. Uni turning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra yanada kichik qismlarga ham ajratish mumkin.
A.Lotka 1925 yilda populyatsiyalarda optimal sharoit bo‘lishi uchun ularda turli yoshdagi individlar sonining normal statistik qiymatini saqlab turish zarurligini ta’kidlagan. O‘sish sharoiti o‘zgarganda populyatsiyada ba’zan yosh o‘simliklarning, ba’zan o‘rta yoshli o‘simliklarning, ba’zan esa qari o‘simliklarning soni ortishi kuzatilishi mumkin.
Agar senopopulyatsiyada o‘simlikning barcha yosh guruhlari vakillari mavjud bo‘lsa, unda kontinual senopopulyatsiya, ayrim yosh guruhlari bo‘lmasa diskret senopopulyatsiya deyiladi.
Geobotanika fani o‘simliklarni ikki tomonlama o‘rganadi: birinchidan o‘simliklarning tarkibiy qismiga kirgan o‘simlik turlarini, ikkinchidan, o‘simliklar jamoasini, qoplamini o‘rganadi. Shu nuqtai nazardan ikkita tushunchani anglash shart.
O‘simliklar florasi o‘simlik turlarining qadimdan hosil bo‘lgan guruhi. Bu ma’lum geografik joyga tegishli bo‘lib, uning hozirgi tabiiy sharoiti o‘tmishi bilan bog‘liq, yer yuzasidagi boshqa floralar bilan doimiy munosabatda bo‘ladi. Flora tushunchasi ma’lum hududdagi barcha o‘simliklarning turlarini o‘z ichiga oladi. Qisqacha aytganda ma’lum bir joyda o‘suvchi o‘simlik turlarining yig‘indisi yoki ro‘yxatini tushunamiz,
O‘zbekiston o‘simliklarga boy o‘lka, olti jildlik “O‘zbekiston florasi” nomli yirik asarda ko‘rsatilishicha mamlakatimizda 4148 turga mansub yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar uchraydi. Respublikamizning boy xazinasi hisoblangan bu o‘simliklar turi cho‘l mintaqasidan tortib to yaylov mintaqasigacha keng tarqalgan.
Fitotsenozdagi alohida turlarning har xil holatdagi individlar yig‘indisi senopopulyatsiya deb ataladi. Ularga tuproqda yoki yer yuzasida hayotchanligini yo‘qotmagan urug‘lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. Senopopulyatsiya tarkibiga ba’zan o‘t o‘simliklarning tinim holatidagi ikkilamchi yer ostki organlaridan ildizpoya, piyozbosh, tugunak kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi senopopulyatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Turlarning o‘zi esa populyatsiyalar sistemasidan iborat. Jamoadagi har bir tur senopopulyatsiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan soni va yoshining nisbati bilan farqlanishi mumkin. T.A.Rabotnov o‘simliklar jamoasidagi o‘simliklar hayotini yoshi bo‘yicha quyidagi asosiy davrlarga bo‘ladi:
Latent davri. Bunda o‘simlikning spora, urug‘ yoki mevalari tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o‘simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug‘i hayotchanligini 3-4 kundan 3 haftagacha saqlaydi, ba’zi bir begona o‘t o‘simliklar esa bir necha o‘n yillab saqlay oladi. Tuproqda turli o‘simliklarning ko‘p sondagi urug‘larini uchratish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqishi xususiyatiga ega. Shu bilan birga har yili yangi urug‘lar tuproqqa tushib turadi.
Virgil davri. Bu davrda o‘simlik nihol, yosh o‘simlik va voyaga yetgan holatlarda kuzatilib, nihollar yosh o‘simliklardan urug‘ palla barglarining bo‘lishi bilan farqlanadilar.
Generativ davr. Bu o‘simlik hayotida sporalar yoki urug‘lar bilan ko‘payishning boshlanishi bilan xarakterlanadi.
Senil (qarilik) davri. O‘simlik yoshi ulg‘ayishi bilan generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotadi, ana shunda senil davri boshlanadi.
Populyatsiya tarkibida o‘simlikning har xil yoshdagi davrlari uchratilib, bu turning jamoada turg‘un saqlanib qolish xolatini belgilaydi va uning normal hayot kechirayotganidan dalolat beradi. T.A.Rabotnov ma’lumotlari bo‘yicha invazion, normal va regressiv tipdagi populyatsiyalar farq qilinadi. Invazion tipdagi populyatsiya deganda o‘simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiya tushunilib, unda o‘simlikni nihollar, yosh hamda voyaga yetgan holatda uchratish mumkin. Bunday populyatsiyaning urug‘lari fitotsenozga tashqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o‘rinni egallashi yoki mutlaqo yashay olmasligi ham mumkin.
Regressiv tipdagi populyatsiya generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan populyatsiyadir. Ular odatda gullamaydi yoki gullasa ham urug‘lari unuvchanlik xususiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. Bu holat populyatsiyani fitotsenozdan chiqib ketayotganligidan dalolat beradi.
Normal tipdagi populyatsiyada jamoada o‘simlik taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to‘liq o‘tkazadi. Unda spora yoki urug‘laridan to voyaga yetgan o‘simliklargacha uchratish mumkin. Senotik jihatdan olganda ular o‘simliklar jamoasining asosiy populyatsiyasi hisoblanadi. Fitotsenozni xarakterlash vaktida undagi o‘simlik turlarining holati ham hisobga olinadi.
Turlarning hayotiy holati quyidagi shkala bo‘yicha ifodalanadi:
3-to‘liq hayotiy holatda sharoit qulay bo‘lib, o‘simlik o‘sish, rivojlanish va taraqqiyotini to‘liq o‘tkazadi, ya’ni gullaydi va meva hosil qiladi.
2-o‘rtacha hayotiy holatda o‘simlikning generativ organlarining rivojlanishi uchun sharoit yetarli bo‘lmaydi, u faqat vegetativ fazada qoladi, gul va mevalar hosil qilmaydi.
1-susaygan hayotiy holatda o‘simlik zararlanganligi va kuchsiz o‘sishi kuzatiladi.
Senopopulyatsiyaning yosh tarkibi deganda undagi turli kalendar yosh holatidagi o‘simliklarning nisbati tushuniladi. O‘simliklarning kalendar yoshi deganda geobotanik tadqiqotlarda o‘z qimmatiga ega bo‘lgan mustaqil ko‘rsatkich tushuniladi. Bunda daraxtlar va ular nihollarining populyatsiyalarini o‘rganishda yosh tarkibi ayniqsa ahamiyatlidir.
Yosh tarkibini tahlil qilishda dala sharoitida o‘simliklarning kalendar yoshini aniqlash oson bo‘lgan vaqtlarda olib boriladi. O‘simlik yoshini aniqlashda 2 usuldan foydalaniladi:
- xronometrik, ya’ni unib chiqish kuniga qarab;
- morfobiometrik, ya’ni biror morfologik belgilarga ko‘ra (masalan, daraxtlarda yillik halqalarning soni bo‘yicha).
Bir xil yoshdagi o‘simliklar ma’lum yosh guruhini tashkil qiladi. Har bir yosh guruhiga bir kalendar yoshdagi yoki bir xil yosh davridagi individlar kiritilishi mumkin (masalan, 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan o‘simliklar, 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan o‘simliklar va hokazo). O‘rmon xo‘jaliklarida o‘simliklarni ularning yoshiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish qabul qilingan:
1-10 yosh — odatda bo‘yi 25 sm gacha bo‘lgan nihollar;
10-40 yosh — bo‘yi 25 sm dan 5 m gacha bo‘lgan yosh o‘simliklar. Ayrim hollarda uni kichik nihollar (bo‘yi 70 sm gacha), o‘rtacha niholar (bo‘yi 1,5 m gacha) va yirik nihollarga (bo‘yi 1,5 m dan baland) ajratiladi;
50-60 yosh — ingichka daraxtlar (poyasi 5-10 sm bo‘lgan holda bo‘yi 6-8 m ga yetadi);
80-100 yosh — yetilayotgan daraxtlar;
100-180 yosh — yetilgan daraxtlar;
180 yoshdan yuqorisi — qarigan daraxtlar.
Bu shkala daraxt turi va uning umri uzunligiga ko‘ra turlicha o‘zgartirish mumkin. Tez yetiluvchi daraxt turlarida bu shkala qisqartiriladi va aynan shu tur uchun xos bo‘lgan muddatlarga o‘zgartiriladi. Uni turning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra yanada kichik qismlarga ham ajratish mumkin.
A.Lotka 1925 yilda populyatsiyalarda optimal sharoit bo‘lishi uchun ularda turli yoshdagi individlar sonining normal statistik qiymatini saqlab turish zarurligini ta’kidlagan. O‘sish sharoiti o‘zgarganda populyatsiyada ba’zan yosh o‘simliklarning, ba’zan o‘rta yoshli o‘simliklarning, ba’zan esa qari o‘simliklarning soni ortishi kuzatilishi mumkin.
Agar senopopulyatsiyada o‘simlikning barcha yosh guruhlari vakillari mavjud bo‘lsa, unda kontinual senopopulyatsiya, ayrim yosh guruhlari bo‘lmasa diskret senopopulyatsiya deyiladi.

Xulosa

O‘zbekistonning yetuk botanik, geobotanik va sistematik olimi, akademik Q.Z.Zokirov Zarafshon tog‘ining boshlanishidan uning quyi etagigacha bo‘lgan yerlardagi o‘simliklar qoplamini uzoq yillar ilmiy yo‘nalishda o‘rganib, cho‘ldan yaylovgacha bo‘lgan yerlarda har xil o‘simlik qoplamida 2600 ga yaqin tur uchrashini e’tiborga olib to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘, yaylov mintaqalariga bo‘lishni taklif etdi. Bu atamalarni butun O‘zbekiston va O‘rta Osiyo uchun qo‘llashni tavsiya qiladi. Biz hozirgi vaqtda qaysi region o‘simliklar qoplamini o‘rgansak shu atamalarni keng qo‘llab kelamiz. Odatda mintaqalar ma’lum bir taksonomik birlikka asoslanadi. Ya’ni o‘simliklar qoplamiga, jamoa tarqalgan tuproqqa, orografiyasiga, hamda dengiz sathidan balandligiga e’tibor beriladi.

O‘simliklar jamoasi deganda yer yuzasining har xil ekologik sharoitida o‘suvchi o‘simliklar uyushmasini tushinamiz. O‘simliklar qoplami inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Mehnat mahsuli sifatida sun’iy jamoalarni insonlar barfo etib turadi.
Geobotanika tizimini, sistematik taksonlarini, birliklarini o‘simliklar sistematikasi tizimidan, taksonlaridan, birligidan farqlash lozim. Tip, senotip, formatsiya (jamoa), assosiatsiya (qavm) lar geobotanik tizim hisoblansa, bo‘lim yoki tip, sinf, ajdod yoki qabila, oila, turkum yoki avlod, tur esa sistematik tizim hisoblanadi.

Yüklə 22,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin