N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


-BOB. IJTIMOIY JARAYONLARNI VA AHOLI TURMUSH DARAJASINING O‘SISHINI PROGNOZLASHTIRISH



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə8/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

13-BOB. IJTIMOIY JARAYONLARNI VA AHOLI TURMUSH DARAJASINING O‘SISHINI PROGNOZLASHTIRISH..........................


216

§13.1. Ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirish tizimi.......................................


216

§13.2.CHakana savdo aylanmasi va talabni prognozlash..................................

220

§13.3. Oliy o‘quv yurtlari mutaxassislarini prognozlash...................................

222





14-BOB. DEMOGRAFIK JARAYONLARNI PROGNOZLASH..............


225

§14.1. Aholi sonini prognozlashning nazariy jihatlari.......................................


225

§14.2. Demografik jarayonlarni prognozlashga tasir etuvchi omillar...............

226

§14.3.Aholi migratsiyasi va mehnat resurslarini prognozlash...........................

228



15-BOB. TARMOQNING IQTISODIY RIVOJLANISHINI PROGNOZLASH……………………………………………………………


231

§15.1. Tarmoq rivojlanishini prognozlashning axamiyati.................................


231

§15.2. Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash uslubiyoti........................................

233

§15.3. Tarmoqni iqtisodiy prognozlash usullari va modellari...........................

237



Glossariy...........................................................................................................


245


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati................................................................


243






KIRISH

Xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish Xalqaro Valyuta fondi, Jahon Banki,Osiyo taraqqiyoti banki kabi xalqaro moliya tashkilotlar faoliyatiga qatnashish bir qancha qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Bulardan biri bo‘lib mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini tahlil qilganda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini bir xil usul va uslublarda hisoblash kiradi. Mamlakatni iqtisodiy holatini, o‘tkazilayotgan joriy chora tadbirlarini zarurligini, samarasini baholashda iqtisodiy tahlil juda katta ahamiyatga ega. Tahlilni muhim vazifalaridan biri bo‘lib mamlakatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni modellashtirishning sifatini oshirish, o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosatni natijalarini aniqlashdir. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash asosiy ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlab berishga yordam beradi.

Ushbu muammoli ma’ruzalar matnlarini vazifasi bo‘lib, milliy iqtisodiyotni ko‘rsatkichlarini baholash va monitoring o‘tkazishda foydalanadigan usullari to‘plamini o‘rgatish hisoblanadi. Darslikda mamlakatda ishlab chiqarishdagi tovar va xizmatlarni jami xajmini hisoblash, inflyasiya sur’atlarini, ishsizlik darajasini, to‘lov balansini saldosini va valyuta almashtiruv kursini tahlil qilish usul va uslublari Hamda ularni prognoz qilish muammolari va ularni echimini topish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.


Makroiqtisodiy tahlil ko‘rsatilgan iqtisodiy agregatlarni o‘zgarishlarini tushuntirib, iqtisodiyotda kutilmagan o‘zgarishlarni oldini olish va chora tadbirlarni ko‘rish uchun mamlakat mamuriyatiga belgilani ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ygan. Mamlakatda sodir bo‘ladigan xollarni aniq tahlili va undan keyingi zarur bo‘ladigan siyosatni ishlab chiqish, aniq iqtisodiy va statistik ma’lumotlari sistematik ravishda to‘planishni talab etadi.
Maqsadi - hisobot asoslarini o‘rgatish va mamlakat iqtisodiyotida daromad va boyliklarni taqsimotiga, ishlab chiqaruvchilarni va iste’molchilarni faoliyatiga ta’sir etuvchi, byudjet-soliq, pul-kredit siyosatlarni, to‘lov balansini va tashqi qarzni tahlil qilinayotganda asosiy konsepsiyalar, davlat xarajatlari va kapital qarz siyosati bilan tanishtiradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish-bu, o‘tmishni, hozirgi zamonning rivojlanish qonuniyatlari, tendensiyalariga asoslangan holatda kelajakni oldindan ilmiy bilish va istikboldagi rivojlanish maqsadlarini va vazifalarini aniqlashdan iborat. Prognozlashtirish mamlakat iqtisodiyotini boshqarish nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega. Bu fan boshqaruv echimlarni tanlashda asos bo‘lib xizmat qiladi, kelajak maksadlariga erishish uchun hozirgi paytda iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish yullarini aniqlaydi.

«Prognozlash» - bu iqtisodiyotni tartibga solish jarayonining yana bir bosqichi yoki mamlakat iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanish dasturini ishlab chiqishning bir qismidir. SHu bilan birga bu nisbatan mustaqil fan bo‘lib, o‘ziga xos bir qancha belgilari bilan farqlanadi: prognozlar direktiv harakterga ega emas, ularning mikdor baholari asosan ehtimollik harakteriga ega, ular ko‘proq darajada sodir bo‘lgan rivojlanish muamolarini aniqlashga va ularni echish yullarini izlashga qaratilgan.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining predmeti - prognozlashtirish ob’ektining rivojlanish qonuniyatini o‘tmishi asosida o‘rganib, butun bir iktisodiy majmua va uning tarkibiy kismlari ob’ektiv asoslangan rivojlanish holatlari va tendensiyalarining vaqt va fazodagi miqdor va sifat darajalarini aniqlashdir.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” ning asosiy vazifasi jamiyatni iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanish yullarini real baholash, bu rivojlanishning maqbul boshqaruv echimlarini ilmiy asoslash uchun ustivor variantlarni aniqlashdir. Bundan tashqari, u iqtisodiyotning rivojlanish yunalishlarini miqdor va sifat jihatdan tahlil qiladi, muamolarni, yangi jarayon va holatlarni o‘rganadi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning ehtimoli yunalishlarini belgilaydi, imkoniyatlarni baholaydi, ijtmoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va boshqa chora - tadbirlarni hayotga tatbiq etadi, samarasini aniqlaydi, ijtimoiy iqtisodiy va ilmiy-texnik bosh yunalishlarni asoslaydi.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining maqsadi - prognozlashtirishning asosiy usullari va tamoyillarini jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy va iktisodiy jarayonlarga moslashgan holda o‘rganishdan iborat.


Darslikning tarkibiy tuzilishi 3 bo‘lim va 15 bobdan iborat bo‘lib 338 betni tashkil qiladi. Uning 2 – 6 boblari dots. M. Asqarova tomonidan, 1 – bobning birinchi va ikkinchi paragriflari, 7 – bob va 14 – boblar katta o‘qituvchi I. Umarov, kirish, 1 – bobning uchunchi paragrifi hamda 8 – 13 va 15 boblar prof. N.M. Maxmudov tomonidan yozildi. Mualliflar darslikni shakllantirishda texnik yordam ko‘rsatgan ilmiy xodim A.A. Djalilovga o‘z minatdorchiliklarini bildiradi. SHuningdek mualliflar ushbu darslikni kelajakda yanada mazmunli bo‘lishi, takomillashtirilishi bo‘yicha fikr mulohazalarni to‘g‘ri qabul qiladilar va oldindan o‘z minnatdorchiliklarini izxor qiladilar.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin