§1.3. Makroitisodiy tahlil va prognozlashning o‘zaro bog‘liqligi hamda ulaning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni. “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanini “Makroiqtisodiy” yo‘nalish bo‘yicha bakalavriatning 3-kursida mutaxassislik fanlari sifatida o‘qitiladi. Makroiqtisodiy jarayon va uni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning shakllanishi hamda ularni boshqarishda optimal echim qabul qilish, o‘ta murakkab mexanizm hisoblanadi. CHunki, bir necha marta ko‘p bo‘lgan iqtisodiyotning mikrodarajadagi ko‘rsatkichlari majmuasidan tashkil topgan makroko‘rsatkichlarning dinamik holati vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi. SHuning bilan birgalikda har qanaqa tahlil qilinadigan, prognoz qilanadigan, samarali boshqariladigan ob’ektlarni xususiyatlari statistik ma’lumotlarda ifodalanadi. Etarli darajadagi ishonchli statistik ma’lumotlarsiz, axborotsiz tahlil ham, prognoz ham va nihoyat samarali boshqarish echimi bo‘yicha xulosalar ham qilib bo‘lmaydi.
Ushbu fan bir biri bilan bevosita uzviy bog‘liq bo‘lgan 2-bo‘limdan, ya’ni makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishdan iborat. Birinchisining natijaviy ko‘rsatkichlari, ikkinchisi, ya’ni prognozlash uchun asos bo‘ladi. Fanni to‘liq o‘zlashtirish uchun iqtisodiy tahlil haqida chuqur bilmga ega bo‘lish kerak. Iqtisodiy tahlil fanining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib murakkab tashkiliy tizimga va uslubiyatga egadir. Har qanaqa ob’ektni, jumladan iqtisodiy ob’ektlarni samarali boshqarish, to‘g‘ri echim qabul qilish, ishonchli prognoz natijalariga erishishning asosiy talablari to‘g‘ri tahlil qilishdan iborat.
Iqtisodiy tahlilning nazariyasi va amaliyoti, uslubiyati va usullari adabiyotlarda keng yoritilgan.
Prognozlash fan sifatida 20-asrning o‘rtalarida shakllantirildi va u doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Barcha sohada, jumladan, makroiqtisodiy jarayonlar faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqaruvchilar, mutaxassislar prognozlashni to‘liq o‘zlashtirgan prognozist bo‘lishi kerak. CHunki mamlakat iqtisodiyoti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarmoqlardan iborat bo‘lib yuqori darajadagi murakkab tizim hisoblanadi, bir necha o‘nlab ishlab chiqarish resurslari harakatda bo‘ladi, turli ehtiyojlar uchun tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu dinamik tizimning kelajagini to‘g‘ri baholash prognozlash asosida amalga oshiriladi.
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanini o‘zlashtirish uchun talabalar birinchi va ikkinchi kursda bevosita shu fanga ta’luqli bir nechta fanlar bo‘yicha etarli darajada bilimga ega bo‘lishlari shart. Ushbu holatdan kelib chiqib “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining shakllanishi, maqsadi, mohiyati va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 1.2.1-rasmda keltirilgan.
Makroiqtisodiy tahlilini amalga oshirish uchun dastlab makroiqtisodiy jarayonlarni ob’ekt sifatida, ya’ni makroko‘rsatkichlarni bilish kerak, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, hisoblash usullarini, ularga ta’sir qiluvchi omillar tizimi haqida to‘liq tassavurga ega bo‘lish lozim.