N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə13/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar
  1. Makroitqisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni va maksadini ifodalab bering.


  2. Makroiqtisodiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat?


  3. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqliklarini ifodalab bering.


  4. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining shakllanishi va boshqa fanlar o‘zaro aloqasini tushuntiring.


  5. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash jarayoni bosqichlarini tushuntirib bering.


  6. Prognoz va rejaning umumiy va farqli tomonlari.


  7. Milliy hisoblar tizimini tahlil qilishning iqtisodiy mohiyati nimadan iborat?


  8. To‘lov balansi tahlilining amaliy ahamiyatini yoritib bering.


  9. Gipoteza, prognoz va reja haqida tushunchangizni izohlang.


  10. Prognozning amaliy ahamiyati nimalardan ifodalaniladi?




2-BOB. MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHNING AXBOROT TA’MINOTI
§2.1. Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarning shakllanishi va ularning turlari
Makroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi – mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy hajmi, inflyasiya sur’atlari, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Quyida eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning asosiy turlarini, shuningdek, bozor va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda inflyasiya, bandlik, ishsizlik, real ish haqi darajasini o‘lchash va tahlil qilish usullarini ko‘rib chiqamiz. Ushbular esa ayni paytda axborotob’ektlari hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq sektorlar va tarmoqlarning murakkab yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Uning eng muhim tavsiflari - tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi, inflyasiya va iqtisodiy o‘sish sur’atlari, bandlik, ishsizlik va daromad darajalari. Ushbu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ularning o‘zgarishi haqidagi axborot milliy hisob varaqlar tizimida to‘liq aks ettirilgan. Makroko‘rsatgichlar tahlil va prognozlash uchun asosiy axborot ob’ekti hisoblanadi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin