N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə21/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar.
  1. Axborot texnologiyalarini tahlil va prognozlashda qo‘llash haqida fikringiz nimalardan iborat?


  2. Makroiqtisodiy tahlilda MHTning zarurati nimalarda namoyon bo‘ladi?


  3. YAIMni qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha hisoblashni tushuntirib bering.


  4. Investitsiyalar sof hajmi nima va u qanday aniqlanadi?


  5. Transfert to‘lovlar deganda nimani tushunasiz va u mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


  6. Nominal YAIM, real YAIM va defilyator tushunchalariga ta’rif bering.


  7. YAIM qanday hisoblash usullari mavjud?


  8. Axborot ishonchliligi deganda nimani tushunasiz?


  9. Komp’yuter dasturi nima?


10. Nima uchun 21 – asrni axborot asri deyildi?



II-BO‘LIM. MAKROIQTISODIY JARAYONLARNING IQTISODIY TAHLILI
3-BOB. REAL SEKTORNING MAKROIQTISODIY TAHLILI
§3.1. Real sektorning tarkibiy tuzilishi va ularning o‘zaro bog‘liqliklari
Milliy daromadni hisoblash tamoyillari makroiqtisodiy tahlilda asosiy rolni o‘ynovchi va shuning uchun alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan muhim o‘zaro bog‘liqliklarning ikkita turini aniqlash imkonini beradi. Bu fundamental o‘zaro bog‘liqliklar YAIMning umumiy xarajatlar darajasi bilan o‘zaro nisbatini aks ettiruvchi ayniyatdan kelib chiqadi. O‘zaro bog‘liqliklarning birinchi turi umumiy daromadlar va xarajatlar bilan joriy operatsiyalar tashqi hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi nisbatni, ikkinchi turi esa jamg‘armalar va investitsiyalarning umumiy hajmi bilan joriy operatsiyalar tashqi hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Ushbu kattalik tovarlar va xizmatlar eksportining hajmi – tovarlar va xizmatlar importining hajmi + chet eldan sof faktoriy daromad + chet eldan sof joriy transfertlar sifatida aniqlanadi.
Milliy hisobvaraqlar bilan to‘lov balansi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning birinchi majmuini YAIM, YAMD va TYAMD (GDP, GNI va GNDI)ni aniqlovchi bazaviy ayniyatlardan chiqarish mumkin. Quyida umumiy daromad va talab bilan joriy operatsiyalar hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rib chiqamiz.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin