N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§ 2.3. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishda axborot texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə20/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§ 2.3. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishda axborot texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishlari.
Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan sharoitda makroiqtisodiy tahlil va prognozlashda kompyuter texnologiyalardan keng foydalaniladi. Hozirgi kunda texnika rivojlanishi natijasida, ko‘plab murakkab va ko‘plab insonlar mehnatini qiluvchi jarayonlarni birgina dastur orqali amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lmoqda. Odatda, iqisodiy tahlil va prognozlashda matematik amaliy paketlardan foydalanib, bular quyidagilar: MS Excel, Stata, EViews, Statistics va boshqalar.

Amaliyotda MS Excel, Stata va Eviews dasturiy paketlardan keng foydalaniladi. MS Excel oqali malumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash va statistik baholashda foydalaniladi. Ma’lumotlarni statistik baholash, tahlil qilish va ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqligini baholashda Stata dasturiy paketidan foydalaniladi. Bir qancha kuzatuv vaqt ma’lumotlari asosida iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik baholash va prognoz qilishda Eviews dasturiy paketdan foydalanish qulay bo‘lib hisoblanadi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish lozim:


  • MS Excelda mavjud ma’lumotlarni yangi MS Excelga ko‘chirib ushbu faylni “soxranit kak” buyrug‘i yordamida MS Excel 5.0/95 shaklida saqlashimiz kerak;


  • Kompyuterda o‘rnatilgan Eviews dasturini ishga tushirib quyidagi jarayonni amalga oshirish kerak: “File” → “New” → “Workfile”, so‘ngra sizda ma’lumotlar yillik, yarim yillik, choraklik, oylik, haftalik haqidagi buyriqni tanlashiz kerak bo‘ladi, keyin ma’lumotlarning boshlanish muddati va tugash muddati haqidagi ma’lumotni kiritasiz “enter” tugmasini bosgandan so‘ng, yangi ish sahifsi ochiladi;


  • Mavjud ma’lumotlarni Eviews dasturiga ko‘chirish uchun quyidagi jarayonni amalga oshirish kerak: “File” → “Import” → “Read Text-Lotus-Excel” va Excel 5.0/95 shaklida saqlangan faylni tanlab “otkrыt” burug‘i beriladi. So‘ngra har bir ko‘rsatgich nomi yozilib “ok” buyrug‘i beriladi (eslatib o‘tamiz, Excelda saqlangan ma’lumotlarda vergul o‘rniga nuqta ishlatiladi, ko‘rsatgichlarning nomi lotin alifbosida yoziladi).


  • Ko‘rsatgichlarni o‘zgarish tendensiyalari asosida holat qaysi funksiya qonuniyatiga tegishligi aniqlanib, funksiyaning parametrlari quyidagi buyruqlar orqali topiladi: “Quick” → “Equition Estimation”. Olingan natijalar asosida jarayon prognozlashtiriladi.





Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin