N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


Daromadlar va xarajatlarning asosiy umumiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə22/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

Daromadlar va xarajatlarning asosiy umumiy ko‘rsatkichlari.
YAlpi ichki mahsulot GDP = S + I + (X - M) = A + (X - M).
YAlpi milliy daromad GNI = GDP + Yf= S + I + (X - M +Yf)
yoki GNI = A + (X - M + Yf).
Tasarrufdagi yalpi milliy daromad GNDI=GNI+TRf,
demak, GNDI = S + I + (X - M + Yf + TRf) = A + (X - M + Yf + TRf)
yoki GNDI - A = X - M + Yf + TRf,
demak, GNDI - A = CAB joriy operatsiyalar hisobvarag‘i saldosi.
GNDI - S = S,
demak, GNDI - S = I + X - M + Yf+ TRf= S.
SHuning uchun
S - I = X - M + Yf + TRf = CAB,
bu erda A – ichki umumiy talab (A = S + I),
X – tovarlar va nofaktoriy xizmatlar eksporti,
M – tovarlar va nofaktoriy xizmatlar importi,
Yf – chet eldan sof faktoriy daromad,
TRf – chet eldan sof joriy transfertlar,
C – yakuniy iste’mol,
I – investitsiyalar yalpi hajmi (shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarning o‘zgarishi),
S – milliy jamg‘armalar yalpi hajmi.
SHunday qilib, CAB joriy operatsiyalar hisob varag‘i saldosi TYAMD va A umumiy talab o‘rtasidagi farq bilan bir xil, yoki:
GNDI-A=CAB. (3.1.1)
Mazkur ayniyat to‘lov balansini tahlil qilishda umumiy talab usulining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ifodani mantiqiy izohlash shundan iboratki, joriy operatsiyalar hisobvarag‘i taqchilligi mamlakat «mablag‘lar bo‘yicha yashamayotgan», ya’ni ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq iste’mol qilgan holatlarda o‘rin tutadi. Demak, joriy operatsiyalar hisobvarag‘i taqchilliklari umumiy talabning daromadlardan oshiqligini aks ettiradi.
Joriy operatsiyalar hisobvarag‘i taqchilligini qisqartirish uchun mamlakatning daromadlarini oshirish va/yoki umumiy talabni kamaytirish zarur.
Ishlab chiqarish (demak, daromadlarning ham) hajmini oshirish qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liqroq foydalanishni, o‘rta muddatli davrda esa chuqur o‘ylangan tarkibiy siyosatni talab qiladi. Ichki umumiy talab S yakuniy iste’molni va/yoki I investitsiyalar yalpi hajmini kamaytirish hisobidan qisqaradi. Umumiy talab va daromadlarni o‘z ichiga oluvchi ayniyat barqarorlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda g‘oyat muhim ko‘rsatkich hisoblansa-da, u baribir faqatgina hisob-kitob ifodasi bo‘lib qoladi va joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining boshqa omillar (masalan, ayirboshlash kursi, foiz stavkalarining miqdori va tashqi sharoitlarning keskin noqulay o‘zgarishlari) bilan bog‘liq o‘zgarishlarini izohlamaydi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin