N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


-Rasm. Fanning shakllanishi va fanlar bilan bog‘liqlik tizimi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə12/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

1.2.1-Rasm. Fanning shakllanishi va fanlar bilan bog‘liqlik tizimi
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni shakllanishini nazariy tomonlarini “Iqtisodiyot nazariyasi” fani o‘rgatadi. Tarmoq ichidagi bilvosita ishlab chiqarish va xizmat qilish ko‘rsatkichlarif, ularni belgilovchi omillar, mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi resurslardan oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari ularni hisoblash usullarini “Mikroiqtisodiyot” fani o‘rgatadi. Milliy va mintaqaviy iqtisodiyot har bir mamlakatning geografik joylashish, mintaqaviy xususiyatlarining o‘ziga xosligi masalalari haqida etarli bilimga ega bo‘lish makroiqtisodiy tahlilni to‘g‘ri o‘tkazishga asos bo‘ladi.
Makroiqtisodiy tahlilda mamlakatning eksport va import salohiyatini o‘zida aks ettiruvchi to‘lov balansi asosiy mavzulardan hisoblanib ushbu yo‘nalishning kengroq o‘rganadigan fan “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanidir.
Faning nomiga alohida urg‘u beradigan yo‘nalish bu iqtisodiy tahlil hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil keng qamrovli ilmiy amaliy faoliyat turi bo‘lib uning nazariy va uslubiy yo‘nalishlari ko‘plab ilmiy asarlar, adabiyotlarda yoritilgan.
Albatta XXI asrda har qanaqa fanni o‘rganishda va o‘rgatishda axborot texnologiyalari hamda ular uchun texnik vositalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
1.2.2-Rasm. Fanning o‘zlashtirish uslubiyati.
Prognozlashtirish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib u oliy matematika va extimollar nazariyasi kabi fundamental fanlarni chuqur o‘zlashtirishni taqozo qiladi. Iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish va ularni amaliyotga keng qo‘llash usullarini ekonometirika, matematik statistika hamda iqtisodiy matematik modellar fanlari o‘rganadi. YUqorida qayd etilgan fanlarni amaliyotda keng qo‘llanishi, optimal va statistik masalalarni axborot texnologiyalari yordamida echish uchun albatta matematik dasturlashni bilish lozim bo‘ladi. SHuning bilan birgalikda prognozist, psixolog, optimist hamda yuqori darajada fikrlaydigan, atrof muhitga to‘g‘ri baho beradigan, kelajakni to‘g‘ri tassavvur qila oladigan faylasuf bo‘lishi kerak.
Fanning amaliy ahamiyati, uning murakkabligi o‘qituvchi va o‘rganuvchi talabalardan alohida uslubiy yondoshuvni talab qiladi. Fanning o‘zlashtirish uslubiyati 1.2.2-rasmda keltirilgan.
Hayotdagi har bir xodisa, voqea o‘rganiladi, tahlil qilinadi va shuning natijasida ma’lum fikr va xulosalar qilinadi. Tahlilning ob’ektlar xususiyatiga qarab bir nechta turlari va usullari mavjud.
Fizikaviy, kimyoviy va texnologik ob’ektlarni tahlil qilganda biz ushbu jarayonlarni ko‘ramiz, sezamiz. Iqtisodiy ob’ektlarni tahlil qilganda esa tassavvur qilamiz, abstrakt holatni tadqiqot qilamiz.
Iqtisodiy tahlilni ikki ob’ekt misolida, ya’ni, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Makrodaraja mikrodarajadagi ob’ektlar ko‘rsatkichlarining yig‘indisidan kelib chiqadi. 1.2.2-rasmdagi ketma ketlik bo‘yicha fanning mazmuni makroiqtisodiy tahlilga va prognozlashga qaratilgan. Makroiqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlariga qarab tahlil usullari tanlanadi va tahlil natijalari makrojarayonlarni prognozlashda bevosita qo‘llaniladi.
Prognoz natijalarini ilmiy asoslanganligi amaliyotda keng qo‘llanishining mumkinligi o‘rganib chiqiladi hamda tegishli xulosalar asosida ulardan amaliyotda rejalashtirish uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin