N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§14.3.Aholi migratsiyasi va mehnat resurslarini prognozlash



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə95/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§14.3.Aholi migratsiyasi va mehnat resurslarini prognozlash
YAxlit holdagi aholi prognoz soni va strukturasi dastlab tashqi migratsiyani hisobga olmagan holda amalga oshiriladi, chunki uning xissasi uncha katta emas, biroq xududlar uchun demografik prognozlar aholi migratsiyasini hisobga olgan holda tuzilishi lozim.
Migratsiya nafaqat aholining umumiy soniga ta’sir qiladi, balki uning nisbiy va yosh strukturasini ham o‘zgartiradi. SHuning uchun bu omil tug‘ilish bilan bir qatorda asosiy omil hisoblanadi. Migratsiya koeffitsientini hisoblash uchun dastlab xududning har 1000 kishisiga to‘g‘ri keladigan ko‘chib kelishlarning o‘rtacha soniga teng bo‘lgan ko‘chib kelish koeffitsientini hisoblash lozim. Har 1000 kishiga xududdan ko‘chib ketish va kelishlar koeffitsienti beriladi. So‘ngra ko‘chib ketishlar va kelishlar o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bu farq sof migratsiya koeffitsientini yoki migratsiya soldosi koeffitsienti hisoblanadi. U madaniy yoki musbat ishorali bo‘lishi mumkin. Ko‘chib keluvchilar va ko‘chib ketuvchilar soni xududning jami aholi uchun hisoblangani kabi har bir jinsi yoki guruhlar uchun alohida hisoblanadi. Migratsiyani hisobga olgan holda aholi sonini prognozlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
1 – bosqichda aholi tabiiy o‘zgarishi prognozlash usuli asosida amalga oshiriladi. Masalan, ikki omil tug‘ilish va o‘limning ta’sirini hisobga olib korrelatsion tahlil yordami.
Aholining jinsiy yosh tarkibi uchun yoshning siljishi usulidan foydalaniladi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, aholi sonini yuzaga kelgan shva jinsiy strukturadan kelib chiqib jins va yosh bo‘yicha hisoblashda kutilayotgan tug‘ilish va o‘lim darajalari mos ravishda qo‘shiladi va ayriladi.
2-bosqichda hosil qilingan aholi soniga (umumiy yoki jinsiy yosh) migratsiya ta’siridan tuzatishlar kiritiladi. Buning uchun aholi soni sof migratsiya koeffitsientiga ko‘paytiriladi va ishorasiga qarab hisoblangan tuzatma kattaliklar birinchi bosqichda topilgan umumiy aholi soniga qo‘shiladi yoki ayriladi.
Prognozlashda eng avvalo mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishning barcha tomonlarini qamrab oluvchi mavjud qonuniyatlar va ularning shakllanishi, takomilashishi va qo‘llanilishi bo‘yicha o‘rganish lozim. Bularning barchasi shunga muvofiq statistik yoki boshqa axborot to‘planishini talab qiladi.
Aholi sonini prognozlash modeli tenglamalar tizimi ko‘rinishida tuziladi.
U=a0+a1x1-a2x2+a3x3
Bu erda: x1 –tug‘ilish,x2 –o‘lim, x3 –migratsiya.
X1=b0+b1z1k+b2z2+ b3z3
X2=s0+s1z1+ s2z2+ s3z3
X3=d0+d1z1+ d2z2+ d3z3… va xokazolar
Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror ishlab chiqishi, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasi, uning malakaviy va kasbiy tarkibini o‘z ichiga qamrab oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini uning jins va yosh bo‘yicha tarkibi, tug‘ilishi va o‘lishi, aholining hududiy joylanishi bo‘yicha ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqiladi. Demografik prognozi oilaning kutilajak soni, uning o‘rtacha miqdori, aholininng migratsion oqimining yo‘nalishi va intensivligi, faol mehnat faoliyatining davomiyligi, mehnat faoliyatining boshlanishi va yakunlanishi, nafaqaga chiqish o‘rtacha yoshi, o‘rtacha hayot kechirish to‘g‘risida prognoz axborotini olishga imkon beradi.
Demografik prognoz asosida aholining ijtimoiy ehtiyojlarining hajmi va tarkibi, shaxsiy iste’mol buyumlarni ishlab chiqarish, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash rivojlanishini va h.k rejalashtiriladi. Demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish prognozlari va turmush darajasini oshirish bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin