§15.2. Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash uslubiyoti. Tarmoqlarni prognozlashtirish uslubiyoti ikki hil yondashuv mavjud bular: me’yoriy va tadqiqot. Me’yoriy yondashuvda umumiy iqtisodiyot vazifalaridan kelib chiqib tarmoqlarning rivojlanish maqsadlari belgilanadi. Bu maqsadlar: tarmoq mahsuloti jamiyat iste’molini to‘liq qondirishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotlar eksportini oshirish va boshqalar. Maqsadlar shakllanishi “maqsad va vazifalar daraxti” ko‘rinishida, rivojlanishning aniq yo‘nalishlari ifodalanishi kerak. Bunday yondashuv iqtisodiy jarayon va voqeliklarni prognozlashni faollashtiradi.
Tadqiqot yondashuvda tarmloqdagi rivojlanish bosqichidagi tendensiya va voqelik qonuniyatlarni o‘rganib, ushbu qonuniyatlar davomiyligi natijasida kelajakdagi kutilayotgan natijalar o‘rganiladi. Bu yondashuv prognozlashning nofaol usuliga xosdir. Tadqiqot yondashuv “oxiri berk” bo‘lgan muammolarni va tarmoqlarning nomuttanosib rivojlanish tendensiyalarini aniqlash imkonini beradi. Me’yoriy va tadqiqot yondashuvi natijalari o‘rtasidagi “uzulish” kuzatilsa, ushbu uzilish sabablari va muammolari o‘rganiladi, prognoz to‘ldiriladi va natija yaqinlashtiriladi. Ularning uzilishining asosiy sabablari ishlab chiqarish tuzilmasining o‘zgarishi va ilmiy texnik taraqqiyotini natijasida uning ishlab chiqarish samaradorligining oshishidir.
Ikkala yondashuv orqali tarmoqlarini iqisodiy prognozlash yagona usluiyot bosqichlari orqali amalga oshiriladi, bular quyidagilar:
Tarmoqning oldingi va hozirgi holatini ifodalash va baholash;
Tadqiqot yondashuvi yordamida tarmoqlarning asosiy yo‘nalishlarini prognozlash;
Me’yoriy yondashuv yordamida, tarmoqlarning rivojlvnishi asosiy yo‘nalishlarini prognozlash, tarmoq rivojlanishini asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash;
Muammolarning sodir bo‘lishi va rivojlanishini aniqlash;
Tarmoqlar aro balans ma’lumotlaridan kelib chiqib rivojlanish variantlarini tanlash;
Birinchi bosqichda asosiy o‘rinda mavjud qonuniyatlarni ko‘rib chiqilayotgan davr ichida rivojlanish tendensiyalari, ularning mavjud omillari bilan o‘zaro aloqadorligi, mavjud tendensiyaning davomiyligi ehtimoli, uning ishonchliligi darajasi.
Prognozlashning asosiy unsurlari bo‘lib ikkinchi va uchinchi bosqichlar bo‘lib hisoblanadi, chunki ular tarmoqning asosiy yo‘nalishlarini prognozlashtiradi. Bu jarayonlar ham o‘z navbatida bir necha bosqichlardan iborat: prognozni ishlab chiqish uchun vazifalarni shakllantirish; ob’ektni prognozlashtirish; prognozning ishonchliligini ekshirish.
Prognozlash vazifalarini belgilash uchun quyidagi hujjatlar mavjud: prognoz ob’ektini aniqlash, prognoz maqsad va vazifasi,uni amalga oshirish tartibi. Topshiriq progonozni ishlab chiqishda asos bo‘ladi unda buyurtmachi va bajaruvchi ko‘rsatiladi. Ob’ektni ifodalash uchun uning maqsad va vazifalarini shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi. SHakllantirilgan maqsad va vazifa ob’ektning paramatr va xarakteristikasini ifodalashi, boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqadorligi, rivljlanishini ifodalovchi, prognozlash jarayonida hisobga olinidigan chegaralar bo‘lishi kerak.
Tashkilotni prognozlashtirish qismida quyidagilar aniqlashtiriladi: kerakli ma’lumotlar ro‘yxati, shu jumladan, bajaruvchiga buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan; prognoz qismlarini bajaruvchilar o‘rtasidagi taqsimot; prognozni ishlab chiqish davri va uni bajarilish muddati; ishni moliyalashtirish tartibi va manba’si; har bosqichda hisobot berish va ishning yakuniy natijasi.
Ikkinchi bosqichda prognozning aniqliligi va ishonchliligini aniqlanadi. Bu erda ikki ta muammoni echishga to‘g‘ri keladi: prognozning vazifasi manba’si va uning xususiyatini aniqlash; mavjud bilimlar asosida prognozning ishonchliligini aniqlash.
Tadqiq qilingan vaqt oralig‘idan tashqari, o‘rganiladigan jarayonni ko‘rsatgichlarini barchasini tadqiq qilish ham prognoz natijasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘picha agregatlashtirilgan, umumiy ko‘rsatgichlar natijani shakllanishiga sabab bo‘ladi. Prognozlash davrining ortishi bilan bu ko‘rsatgichlar to‘g‘ri natija bermaydi va bashqa ko‘rsatgichga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshlaydi. Bir paytning o‘zida ular o‘zaro balanslashuvi kuchsizlanadi. Lekin bu bilan prognozlashtirish natijalari bilan kelajakni ifodalab bo‘lmaydi begani emas. Faqat ularning aniqliligini oshirish uchun aniq bir uslubiy asosga asoslanib prognozlash lozim.
Xususiy va umumiy gipotezalar natijasida ya’ni ma’lumotlarning yig‘ilishi kuzatiladi, bu esa o‘z navbvtida prognoz jarayoni va natijalarini o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Rivojlanish gipotezining asosiy elementlaridan biri, uni qabul qilish jarayonida inobatga olingan shartlardir. Bunday ko‘rinishda omillarni olishimiz mumkin, ular tarmoqni ivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday omillarning ikki xil guruhi mavjud: tashqi, iqtisodiyotning bir tarmog‘ini bashqa tarmoqlar bilan bog‘liqligini ifodalaydi, ichki, bir tarmoq rivojlanish qonuniyatlarini belgilaydi.
Tarmoqning tashqi aloqilari uning rivojlanishiga ikki xil ko‘rinishga ega: miqdoriy, bunda iqtisodiy o‘sish suratlari ifodalaniladi, sifat, bunda ishlab chiqarish jarayonini texnik texnologik jaranini baholaydi. Tarmoq ichki aloqalari, tarmoqni bir butunlikda ko‘rib chiqadi.
Tarmoqning har bir ob’ektiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillari mavjud.
Tashqi omillar prognozlatirilayotgan ob’ekt o‘zaro ta’sirda bo‘lishini ko‘rsatadi. Tasir ko‘rsatishi turlicha bo‘lishi mumkin: siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, tashkiliy. Tarmoq rivojlanishini ichki va tashqi omillarini inobatga olib prognozlash, uning eski konsepsiyasiga asoslanadi. Bunday ko‘rinishdagi prognozlashda, tarmoq rivojlanishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish orqali intensiv iqtisodiy o‘sishga erishish, yangi samaradorligi yuqori bo‘lgan texnika texnologiyani o‘zlashtirish, mehnat samaradorligini ishirish uchun yangi mehnat qurollarini ishlab chiqarish, mavjud korxonalarda madernizatsiya jarayonini ushlab turish, mehnat resurslarini chegaralanganligini inobatga olish, ishlab chiqarishda qurilish muddatini kamaytirish va ularning quvvatini o‘zlashtirish, xom ashyodan chiqindisiz yoki kam chiqindi chiqadigan texnologiyadan kompleks foydalanish, ishlab chiqarish korxonalarini hududiy qulay joylashtirish, rivojlangan mamlakatoar bilan iqtisodiy, ilmiy texnik hamkorlik munosabatlarini olib borish va boshqalar. Barcha tarmoqlar uchun tashqi ta’sir sifatida kapital qo‘iylmalarning va mehnat resurslarining chegaralanganligidir. Ichki ta’sir sifatida qazib oluvchi tarmoqlarda tabiiy resurslarning chegaralanganligi bo‘lsa, qayta ishlovchi tarmoqlarda xom ashyo va materiallarning ozligidir. Ichki ta’sirga yangi texnika va texnologiyani o‘zlashtirish muddati, yangi kiritilgan quvvitlar kapital qurilishning muddati va boshqalar.
Tarmoqni rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini tahlil qilishda xalq xo‘jaligi ko‘rsatgichlari bilan o‘zaro aloqadorligi va boshqa tarmoqlar bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Buning asosida maqsadli tarzda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va boshqaruv samaradorligini oshirish.
Tarmoqlarni prognozlashtirishda qo‘yiladigan asosiy uslubiy savollardan biri bu tarmoqning boshqa tarmoqlar o‘zaro aloqasi, prognozlashtirilayotgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni. Bu jarayonda xo‘jaliklar bilan tarmoqning bog‘liqligi, tarmoqlar aro jo‘natmalar, tarmoqning oraliq iste’moli, yalpi ishlab chiqarish, tarmoqning sotilgan va yakuniy mahsuloti va boshqa tarmoqlar bilan aloqalari o‘rganiladi.
Tarmoqlar aro prognozlashda ikki ta asosiy jihatini ajratish mumkin: inertsion (tadqiqot) va optimizatsion (me’yoriy), bu orqali prognozlashtirish davrida xalq xo‘jaligida tarmoqlarning tizimi o‘zgarishini aniqlash mumkin.
Qisqa muddatli prognozlashda ma’lumotlarning kerakli darajada bo‘lishi imkoniyatining mavjud emasligidir. SHuning bilan bir qatorda bu trendni yarim yillikekstropolyasiyalash orqali ham asosli prognoz natijalarini olish imkoni mavjud emas. Bu holda iqtisodiy prognozlashning ekspert usulidan foydalanish zarurati tug‘iladi.
O‘rta muddatli va uzoq muddatli prognozlashda me’yoriy yondashuvda prognozlash, olinadigan prognoz natijalari nisbattan ob’ektiv bo‘lish imkoni mavjud. SHuningdek o‘rta muddatli prognozda shartlar (cheklovlar) qo‘yiladi uzoq muddatliga nisbattan. SHartlaring sababi shundaki u mavjud o‘sish qonuniyatlariga amal qilinishi kerak. SHundan kelib chiqib, o‘rta muddatli prognozlashda minimal o‘sish varianti o‘rnatiladi, prognoz boshidagi ishlab chiqarish hajmi saqlanib qoladi, yoki ishlab chiqaruvchilar va korxonalarning qurollanishi sharoitida eng minimal o‘sishi saqlanib qoladi.
Uzoq muddatli prognoz uslubiyotining yana bir xususiyatlardan biri shundaki uning muammoli –maqsadliligida, u esa tarmoqning uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadini belgilaydi. Agar o‘rta yoki qisqa muddatli prognozda mavjud imkoniyatlardan foydalanilsa, uzoq muddatlida esa tarmoqning tub ildizida turgan muammolar ko‘rib chiqiladi. Bunda asosan tarmoqning iqtisodiyot rivojlanishidagi kelajakdagi yo‘liga e’tibor qaratiladi. Bu yo‘nalishlar mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi asosiy yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
Tarmoqning iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishini aniqlash uchun umumiy aloqalar va tarmoq ko‘rsatgichlar o‘rtasidagi rivojlanish va xalq xo‘jaligidagi qo‘rsatgichlariga ta’siri, shuningdek boshqa tarmoqlar ko‘rsatgichlar bilan o‘zaro ta’siri ko‘rib chiqiladi.
Jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatgichlardan foydalaniladi: umumiy mahsulotlar dinamikasi, milliy daromad, iste’mol fondi, aholining daromadlari darajasi, jamg‘arma fondlar va kapikal qo‘yilmalar o‘sish sur’ati, tarmoqlarning o‘sish dinamikasi, tarmoq iste’moli va boshqalar. Tarmoqlarning rivojlanishini uzoq muddatda prognozlashda, ushbu tarmoq mahsulotlarini xalq xo‘jaligi tomonidan iste’mol hajmini aniqlash muhimdir. Bu iste’mol bir tomondan etishtiriladigan mahsulotning samaradorligini oshirishi va iste’mol tuzilmasini o‘zgarishini tarmoqning rivojlanish darajasini aniqlasa, ikkinchi tomondan xalq xo‘jaligining ayrim ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi ma’lum mahsulotlarga bo‘lgan iste’molni o‘zgarishini aniqlaydi.