N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer monitoringi


Yer monitoringida axborot-texnikaviy ta’minot



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/34
tarix25.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#135053
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Yer monitoringi O‟quv qo‟llanma

Yer monitoringida axborot-texnikaviy ta’minot. 
Monitoringni axborot-texnik ta‟minlash respublika yer resurslarini 
boshqarish maqsadida kuzatuv tadqiqot natijalarini yig‟ish, to‟plash va tahlil qilish 
orqali yer fondlari holati to‟g‟risida operativ ma‟lumotlarni olishga mo‟ljallangan. 
Yer monitoringini axborot-texnik ta‟minlash ko‟p bosqichli avtomatlashtirilgan 
ishchi o‟rinlar tizimidan iborat bo‟lib quyidagilarni o‟z ichiga oladi: 
a) ma‟lumotlarning markaziy banki; 
b) ma‟lumotlarni grafik va amaliy bazalarini yuritishning apparat- dasturiy 
komplekslari; 
v) modem va boshqa aloqa tizimlaridan foydalanilgan holda kanallar orqali 
telekommunikatsion almashuv vositalari. 
Yer monitoringini axborot-texnik ta‟minlash va yer resurslarini boshqarish 
sistemasi quyidagilarni o‟z ichiga oladi. 
a) quyi daraja - O‟zR Yer resurslari davlat qo‟mitasi tuman majmualari; 
b) o‟rta daraja - O‟zR Yer resurslari davlat qo‟mitasi viloyat majmualari; 
v) respublika darajasi - O‟zR Yer resurslari davlat qo‟mitasi. 
Axborot-texnik kompleksni yaratish ishlari natijasida yer monitoringini 
o‟tkazishda foydalanilgan yerlarda o‟tkazilgan tuproq, geobotaniq, gidrogeologik va 
boshqa tadqiqotlar, yerdan foydalanuvchilarni registratsiya qilish, yerlarni miqdoriy 
hisobga olish, tuproq bonitirovkasi va yerlarning qiymat baholari ma‟lumotlari banki 
bo‟lgan Respublika yer resurslarini boshqarishning markaziy tizimi yaratiladi. 
Yerlar monitoringini olib borish uchun axborotni turli xil tasvirlar, 
qidirishlar, izlanishlar, taftishlar (topografa - geodezik, tuproqli, meliorativini). 


122 
Maxsus kuzatishlar (uyumlar, sellar), zond bilan masofali tekshirishdan foydalanish 
bilan yer usti tasviri va kuzatishlar o‟tkazish natijalari ta‟minlaydi. Arxiv (fond) 
ma‟lumotlari ham foydalaniladi. 
Yaqin vaqtga qadar ko‟pgina kuzatishlar, taftishlar va tasvirlar yer fondini 
o‟rganish maqsadida o‟tkazadigan turli vazirliklar va muassasalar tarmoq me‟yoriy - 
texnik xujjatlar asosida bir biridan ajralgan holda bajariladi. 
Ayni vaqtda yerlarni o‟rganish masalasi yagona davlat yondoshuvini talab 
qiladi, chunki yer tabiat muhitini aynan muhim qismidir, o‟rmon va qishloq xo‟jaligi 
ishlab chiqarishi uchun asosiy ishlab chiqarish vositasidir, shuningdek xalq 
xo‟jaligining barcha korxonalari va tashkilotlarini joylashtirish uchun bazisli 
makondir. Yerlar monitoringi boshqa barcha tabiiy rel‟ef kadastrlar va monitoringini 
bog‟lovchi hol bajaradi va davlat maqomiga ega bo‟lishi kerak. 
Ierarxiyaning turli xil darajasida ekologik vaziyat axborot (ayrim korxonadan 
boshlab va dunyo miqyosi darajasigaga) ekologik vaziyatining axborot portori deb 
atalishi yordami bilan namoyon etadi, u joyning kartografik asosiga kiritilgan 
grafikli ma‟lumotlarni ifodalaydi. 
Axborot portretining xal qiluvchi qobiliyati ayrim detallarni ko‟rish qobiliyati 
kartoosnovadan foydalanish masshtabiga bog‟liq, u mahalliydan to dunyo miqyosi 
darajasiga ko‟payadi. Masalan, axborot portretida monitoringining mahalliy 
darajasiga barcha emissiya manbalari sanoat korxonalarining ventilitsion trubalari 
va boshqalar - mintaqa darajasida esa ta‟sir ko‟rsatishning manbalari yaqin 
joylashganlari bitta guruhli manbalarda qo‟shilib ketadilar. Federal darajada 
axborotning fazoviy umumlashuvi yanada ko‟proq kuzatiladi statsionar va ko‟chma 
laboratoriyalar Etalon uchastkalar, poligonlardan foydalanish bilan barcha 
toifadagilar bo‟yicha yer ustidagi kuzatishlar o‟tkaziladi har bir laboratoriya aniq 
hududga berkitiladi, standart uskunalar va uslubdan foydalanadi. Laboratoriya 
eksperimental asosida yetarligi katta hududda majmuali agroekologik taftishni 
bajarishi mumkin. 
Bazani laboratoriya bloki barcha mujmuaning markaziy zvenosini ifodalaydi. 
Blok qabul qilish apparaturasiga, ro‟yxatga olish, ma‟lumotlarni boshlang‟ich 


123 
umumlashtirish, axborotlarni saqlash va uzatishlarni o‟z ichiga oladi. Bazani 
blokning vazifasi - ob‟ektning kengaytirilgan tiplari bo‟yicha har xil parametrlarni 
ekspress-taxlili, chunonchi agar agroekologik yoki tuproq monitoringi olib 
borilayotgan bo‟lsa, unda tuproqlar holati (monometriya, spektrometriya, 
xronometriya, radiometriya va boshq.) nazorati bo‟yicha barcha taxlillar bajariladi. 
Xayotni ta‟minlash bloki barcha laboratoriya majmuasining ishga 
layoqatligini tutib turadi, ya‟ni xo‟jalik vazifasini, energiya bilan ta‟minlash, aloqa, 
servis xizmati vazifalarini va boshq. sublaboratoriya bazaviy laboratoriyaga 
qo‟shimchaligini ifodalaydi va taftish nuqtalar sonini kengaytirishga imkon beradi. 
Sublaboratoriya parametlar qisqartirilgan to‟plami bo‟yicha ekspress-taxlilini 
bajaradi. Bitta ko‟chma laboratoriya majmuasi bazaviy laboratoriya qo‟yilgan 
joydan 20-30 km masofada ikkita, uchta sublaboratoriyaga ega bo‟lishi mumkin. 
Sublaboratoriya muxtor ishlashi ham mumkin. Texnika vositalari yordam 
bilan axborotlarga ishlov berish va tezkorlik bilan olishning yer ustidagi chaqqon 
o‟lchov-axborot majmualaridan foydalaniladi. 
Biroq muntazam nazoratning an‟anaviy yer ustidagi uslubi juda qimmat va 
turli xil kasb mutaxassislarning ko‟pchiligini jalb qilishni talab etadi. 
Kosmosdan yerni zond bilan masofani tekshirish olinadigan axborotni 
anchagina arzonlashtirishga imkon beradi, chunki shu bilan birga monitoring oddiy, 
tez va hammabop vositalar bilan amalga oshiriladi. Zond bilan masofali tekshirish 
uslubi - bu o‟lchash ma‟lumotlari bo‟yicha ob‟ektlar haqida axborot olishdir, ya‟ni 
ular bilan to‟g‟ri aloqa qilmasdan turib. 
Masofani monitoring - bu uchuvchi yoki kosmik apparatlar, shuningdek uzoq 
aloqa vositalari orqali axborotni uzatuvchi va avtomatik qayd qiluvchi yer ustidagi 
apparatlar yordami bilan amalga oshiriladi. 
Yer fondini zond bilan masofali tekshirish uchun video- fotoaxborotlar 
beruvchi (radioalokatorlar, TV-kanallari va boshqalar) uskunalar va priborlardan 
foydalaniladi. 
Yer fondini zond bilan masofali tekshirish priborlar va uskunalarning ikkita 
asosiy guruhlaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi. 


124 
Video va foto axborot beruvchi (aerofotoapparatura, ko‟pzonali 
skanerlaydigan moslama, radiolokatorlar, TV-kameralari va boshqalar priborlar); 
Trassali guruxlar (spektrometlar SVCh va radiometrlar, IK va boshqa) 
priborlari. Samolet skaneridan foydalanish bilan keyinchalik ma‟lumotlarga EXMda 
ishlov berish yo‟liga qariyib 20 mln. ga. Maydonga o‟rtacha masshtabli harita 
tuzishga imkon beradi, aerovizualx va yer ustidagi baholashga asoslangan tabiiy 
yem-xashak yeri va buta yaylovlari o‟simliklari to‟g‟risida axborotlar olishning 
an‟anaviy uslubi esa vaqt sarf qilishini nazarda tutadi. Bu geobotaniq haritani 
yangilash muddatini ba‟zan 15 yilgacha tuzadi. 
Kosmik apparatlar va baland uchadigan samolyotlar bilan tasvirga olish 
yerlar holatining federal (global) va mintaqa darajasida tavsiflash uchun olib 
boriladi. 
Kichik aviatsiya yordami bilan kuzatish va tasvirlar - mahalliy monitoring 
uchun va aerokosmik axborotlarini oydinlashtirish uchun olib boriladi. 
Yer holatini aniqlash paytida kosmik fotoaxborotni jalb qilish o‟rganiladigan 
ob‟ektlar fotoplani, rangi, geometrik xajmi va tasvirning boshqa hususiyatlarini 
bilish yo‟li bilan landshaftning jismoniy unsurlarini aniqlashdir. 
Tabiiy jarayonlarning anchagina soni tasvirda to‟g‟ri in‟kosini topmaydi. 
Ularni aniqlash bilan vosita deshifrovka belgilari asosida amalga oshiriladi. 
Masalan, bilvosita belgilar bo‟yicha yer osti suvlash ba‟zi bir tuproq farqlari, 
tabiiy resurslar rivojlanish bosqichlari yerlar namligining ortishi deshifrovka 
qilinadi. 
Kosmik fotosuratlardan foydalanish samaradorligi axborot hajmining yuqori 
xal qilish qobiliyati bilan bog‟langan. 
Yerlar kartografik holatini quyidagi haritalar to‟plami bilan tafsiflash 
mumkin bo‟ladi: 
1. 
Yerlar foydalanishi haritasi (maqsadli vazifalari-ekinzorlar, o‟rmonlar, 
pichanzorlar, butazorlar va boshqalar). 
2. 
Landshaftli harita (landshaftlar turli xil sho‟rlash geomor- fologiyasi). 
3. 
Tuproqlar deflyatsiyasi va eroziyasi haritasi. 


125 
4. 
Tuproq haritasi. 
5. 
Yerlar ortiqcha namlanishi va suv bosishi haritasi. 
6. 
Yerlar ifloslanishi haritasi. 
7. 
Agrokimyo haritasi. 
8. 
Chirindining disbalans haritasi va boshqalar. 
U yoki bu xo‟jalik hududi rivojlanishining iqlim sharoiti tuprog‟i 
geologogeomorfologik ishlab turishini hisobga olish bilan har bir aniq tuman 
(mintaqa) uchun shunga o‟xshash kartalar tarkibi aniqlanadi. 
Tabiiy resurslar va yerlar monitoringini yuritishni ta‟minlash uchun yer satxini 
zond bilan masofali tekshirish uslublari va aerokosmik vositalarini tadbiq etishda 
fotografik va kartografik materiallari bilan turli xil texnika vositalari va har xil 
balandlikdan ro‟yxatga oladigan turli videoma‟lumotlarining masshtablarini barcha 
qo‟shib olib borish vazifasini qo‟yadi. 
Odatga ko‟ra, bog‟lanish jarayoni tajribali deshifrovkachilar ishini o‟z ichiga 
oladi, ular tasvirlarning fotoplani, rangi, geometrik xajmi va boshqa o‟ziga xos 
xususiyatlari bo‟yicha landshaftning u yoki bu xususiyatini deshifrovka qilishlari 
mumkin. 
Agrokosmik monitoringining afzalligi axborot olishni yuqori darajada 
tezkorligidadir. Masalan, harobalashishning quyidagi parametlarini aniqlaydi. 
Yaylovlar biomassasini, qishloq xo‟jaliklari hosildorligini, yer qatlamining 
chirindisi quvvatini, tuproq qoplamining qalinligina, zamin suvlari darajasi, chiziqli 
va tekislik tuproq eroziyasini, o‟simlik turlarini (tabiiy va qishloq xo‟jaligi ekinlari) 
ularning fazalari vegetatsiyasini va sh.k.), favqulotdagi ekologik vaziyatni nazoratini 
paytidagi bevosita foyda mamlakatning barcha mintaqalarida iste‟molchilarni 
ekspress-axborot bilan ta‟minlash, avariyalar oqibatini prognozik baholash va tabiiy-
texnogendan kelib chiqqan kadastrlar monitoringining operativ kosmik vositalari 
olib keladi. 
Yerni zamon bilan masofali tekshirishning iqtisodiy samaradorlik hisobi juda 
baland. Masalan, ba‟zi ma‟lumotlarga ko‟ra gidrometeorologik ta‟minlashda 
yo‟ldosh axborotidan foydalanish iqtisodiy harajat va zararni oldini olish summasi 


126 
uni olishdagi harajatlardan 10-15 barobar oshib tushadi. 
Uzoq shimol sharoitida tuproq qoplamining monitoringi uchun zond bilan 
masofali tekshirishni tadbiq etish quyidagi asosiy tabiiy ob‟ektlarini bilib olishni 
ta‟minlaydi. 
Skanerli tasvirlar bo‟yicha lishayniklar va yashil butazorlar hisoblanadi: 
spektrozonali aerorasmga olish bo‟yicha yaproqli o‟rmonlar, kriogenga oid 
jarayonlar va ularga xos rel‟efning shakllari deshifrovka qilinadi; radiolakatsionli 
tasvir suv ob‟ektlari yaqinidagi yerlar suv bosish darajasi to‟g‟risida, botqoqlar va 
siyrak o‟rmonlar botqoqlanishining joylashishi to‟g‟risida axborotlar beradi. Shu 
bilan birga masofali monitoringning yo‟ldoshdan havodan yerda olinadign turli xil 
ma‟lumotlar o‟rtasidagi korrelatsiyalar izlashga asoslangan metodologiyasi yerda 
tekshirilgan ma‟lumotlar bilan taqqoslash bo‟yicha axborotlarning bir qismi 
yo‟qolishi nazarda tutiladi. 
Yerlar holatini tezkorlik bilan baholash uchun texnik vositalar majmuasi 
quyidagi vazifalarni yechadi: 
• 
energetika, sanoat va aloqa tizimlari tabiiy komplekslarini ularning ekologik 
va funksional holatini baholash maqsadida yerlar hududini yer ustida va masofali 
taftish qilishni tezkorlik bilan o‟tkazish; 
• 
kartografik ishlarni ta‟minlash uchun aerosurat o‟tkazish; 
• 
o‟rmon va suv fondi ob‟ektlari, hududlar urbanizatsiyalashuvi, salbiy 
jarayonlari geologik va gidrogeologik jarayonlar monitoringini amalga oshirish. 
• 
tabiiy va texnogen tavsifining favqulotdagi vaziyatlar oqibatlari va 
masshtablarini baholash va bilib olish; 
• 
davlat yer kadastri va yerlardan foydalanish hamda muhofaza qilishning 
davlat nazoratini axborot bilan ta‟minlanishi; 
• 
O‟zbekiston Respublikasi davlat xokimiyat organlari boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish maqsadida tabiiy va xo‟jalik hududlari holati to‟g‟risida tezkor va 
ishonchli axborotlar olish: 
Shuning uchun yerlar monitoringining eng maqsadga muvofiq va samaralisi 
bo‟lib, u uch xil darajadi to‟plangan: yerdan (ma‟lum vaqtda to‟plangan axborotlar), 


127 
havodan (yengil samolyotlarda uchib muntazam razvedka olib borish yordami bilan) 
va kosmosdan (yo‟ldosh tizimlari bilan raqamni ma‟lumotlar yoki vizualx 
uzatkichlar yordamida) ma‟lumotlar bir vaqtda foydalanish kiritiladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin