Yer monitoringini o’tkazishning huquqiy asoslari.
O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga muvofiq tabiiy
ob‟ektlar, jumladan yer, umumxalq boyligi va ular davlat muhofazasida turadi.
Respublikamiz keyingi yillarda o‟ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-
madaniy va boshqa yo‟nalishlarda sezilarli yutuqlarga erishdi. Bunda zarur
qonunlarning ishlab chiqilganligi, iqtisodiy va siyosiy soxalarda mamlakatimizga
mos va o‟ziga xos yo‟nalishlar tanlab olinganligi bosh omil bo‟ldi. Xususan. qabul
qilingan «Yer kodeksi», «qishloq xo‟jaligi kooperativi (shirkat xo‟jaligi)
to‟g‟risida», «Davlat yer kadastri to‟g‟risida» va «Davlat kadastrlari to‟g‟risida»gi
qonunlari yer resurslaridan unumli foydalanish va respublika iqtisodiy salohiyatini
yanada oshirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Yerni muhofaza qilish va undan samarali foydalanish avvalam bor uning
huquqiy negizi qay yo‟sinda ishlab chiqilganiga bog‟liqdir. Yer tushunchasi o‟zbek
109
tilida va fanning turli sohalarida turlicha ma‟no anglatib, u planeta, planetamizning
eng ustki qobig‟i, tuproq qatlami grunt, mahalliy joy, hudud, mulkchilik ob‟ekti,
foydalanish, ijaraga olish, va qolaversa tabiiy muhitning biron bir ob‟ekti sifatida
qaraladi. Mashxur rus huquqshunos olimi V.V. Petrovning (1995) ta‟biri bilan
aytganda yerning huquqiy ma‟nosi deganda biz planetamizning eng ustki unumdor
qobig‟ini tushunmog‟imiz kerak ekan. Lekin, yer sharining eng ustki unumdor
qobig‟i tuproqshunoslik fanida tuproq deb atalishi bizlarga ma‟lumdir. Tuproqning
tog‟ jinslaridan farqi ham uning unumdorligidadir. O‟zbekiston Respublikasining
Yer to‟g‟risidagi qonuniga ko‟ra foydalanish va muhofaza qilish kerak bo‟lgan yer
ob‟ektiga toshliklar, qumliklar, sho‟rxoklar ham kiradi. Ular ham foydalanish va
ham muhofaza qilinishi kerak bo‟lgan tabiiy resurslardan biridir. Undan tashqari yer
osti boyliklari huquqshunoslikda alohida bir tabiiy ob‟ekt sifatida qaraladi.
Tabiat muhitini muhofaza qilish bo‟yicha, monitoring atrof muhitdagi tabiiy
ob‟ektlarni kuzatish va ularning holatini nazorat qilishga qaratilgan davlat xizmati
tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring natijalari atrof muhitni kompleks baholash
va uning holatini yaxshilash bo‟yicha tadbirlar ishlab chiqishda foydalaniladi.
Yer monitoringi yer tarkibidagi o‟zgarishlarni o‟z vaqtida aniqlash, yerlarga
baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer
fondining holatini va sifatini kuzatib turish tizimidan iborat.
Yer monitoringini yuritishning huquqiy asosi O‟zbekiston Respublikasining
yer kodeksi, "Yer osti boyliklari to‟g‟risida"gi qonun, O‟zbekistonda agro islohoti
bo‟yicha qonun hujjatlarida, O‟zbekistonda ekologik vaziyatni sog‟lomlashtirish
bo‟yicha hukumat bayonnomalari va 2005 yilga qadar tabiatni muhofaza qilishning
asosiy yo‟nalishlari bilan belgilab qo‟yilgan.
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15-iyul 1992 yil №491
"Yer
monitoringi
to‟g‟risidagi"
hukumat
bayonnomasida
yer
monitoringining asosiy vazifalari aniqlab berilgan.
5 fevral 1993 yilgi №100 hukumat bayonnomasida esa "O‟zbekiston
Respublikasining yer monitoringi davlat dasturi" tasdiqlangan va yer monitoringi
bo‟yicha qator aniq tadbirlar belgilangan.
110
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 dekabrdagi
«Yer monitoringi to‟g‟risida» gi nizomi ham qonunlarni hayotga bevosita tadbiq
etishda katta ahamiyatga egadir.
Yer monitoringi O‟zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‟mitasi
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya
va davlat kadastri bosh boshqarmasi va O‟zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni
muhofaza qilish qo‟mitasi tomonidan O‟zbekiston Respublikasi qishloq va suv
xo‟jaligi vazirligi, O‟zbekiston Respublikasi Davlat arxitekturasi va qurilish
qo‟mitasi,
O‟zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
Huzuridagi
gidrometerologiya Bosh boshqarmasi, O‟zbekiston Respublikasi Davlat biologiya va
mineral resurslar qo‟mitasi, O‟zbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor
vazirliklari va idorlari ishtirokida amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar
faoliyatini muvofiqlashtirish, Yer monitoringi ma‟lumotlarini umumlashtirish
O‟zbekiston Respublikasi Yer resurslari Davlat qo‟mitasi tomonidan amalga
oshiriladi.
Vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish, yer monitoringi
ma‟lumotlarini
umumlashtirish
O‟zbekiston
Respublikasining Yer resurslari davlat qo‟mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yer monitoring O‟zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‟mitasi
tomonidan manfaatdor Vazirliklar, Davlat qo‟mitalari va idoralar ishtirokida ishlab
chiqarilgan va tasdiqlanadigan yagona uslub olib boriladi, bu uslub yerlarning
holatini tezkor va muntazam kuzatishlarni amalga oshiriluvchi, tadkikotlar,
tekshirishlar o‟tkazuvchi yoki haritalovchi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun
majburiy hisoblanadi.
Idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan kat‟iy nazar yerlarni
mavzuli haritalovchi va ularning holatini kuzatuvchi korxonalar muassasalar va
tashkilotlar yer resurslari bo‟yicha tegishli xizmatlarga ularning vakolatlari doirasida
yerlarning miqdor va sifatlovchi holati to‟g‟risidagi ma‟lumotlarning yer
monitoringi va davlat yer kadastri bo‟yicha axborotlar kiritish uchun ko‟rsatilgan
ishlar bo‟yicha materialllarning nusxalarni tekin beradi.
111
O‟z navbatida yer resurslarini bo‟yicha xizmatlarni, yerlarni mavzuli
haritalovchi va ularning holatini kuzatuvchi korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarga ularning so‟roviga binoan zarur materiallarni tekin beradilar.
Yer monitoringi yagona klassifikatorlar, kodlar, metrik birlik tizimi,
ma‟lumotlarning standart formatlari va me‟yoriy -texnik baza, koordinatorlar va
balandliklar davlat tizimiga asoslangan turli xil ma‟lumotlarning bir-birlariga
mosligi tamoyiliga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Yaqinda O‟zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‟mitasi
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya
va davlat kadastri bosh boshqarmasi O‟zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza
qilish komitetining «O‟zbekiston Respublikasida Yer Monitoringi Uslubini
tasdiqlash to‟g‟risida» gi qaroriga muvofiq O‟zbekiston respublikasi Vazirlar
Maxkamasining
«O‟zbekiston
Respublikasida Yer monitoringi uslubini tasdiqlash to‟g‟risida»gi 2000 yil 23
dekabrdagi 496-sonli qaroriga binoan O‟zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat
qo‟mitasi, O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi, O‟zbekiston Respublikasi tabiatni
muhofaza qilish komiteti qaror qabul qildi.
Bu uslub O‟zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‟mitasi,
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya
va davlat kadastri bosh boshqarmasi, O‟zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza
qilish komitetining 2001 yil 11 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu uslub
tadqiqot, laboratoriya, kameral ishlarni amalga oshirishda qo‟llanma bo‟lib, u
bajariladigan
ishlarni
o‟rganish,
umumlashtirish,
tartibga
solish
va
avtomatlashtirishni ta‟minlaydi.
O‟zbekiston Respublikasi tarkibidagi muxtor respublika, viloyatlar yer
fondining holati to‟g‟risidagi axborotlar, hisobotlar, ilmiy prognozlar, dokladlar
ko‟rinishida rasmiylashtiriladi va vaqti-vaqti bilan maxsus nashriyotlarda e‟lon
qilinadi. Yer monitoringi bo‟yicha ishlarini kordinatsiyalashtirish va rahbarlik
qilishni O‟zbekistonning yer kadastri federal xizmati amalga oshiradi. Yer
112
monitoringi ma‟lumotlaridan foydalanuvchilar davlat organlari, O‟zbekiston yer
kadastrining federal hizmat, munitsial boshqaruv organlari, va uning faoliyati yerdan
foydalanish bilan bog‟langan joylardagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va
boshqa idoralar, ayrim fukarolar, xalqaro va chet el organlari atrof muhitni
muhofaga qilish, yerdan foydalanish va tabiatdan foydalanish sohasidagi tashkilotlar
bo‟lib hisoblanadi. Yer Monitoringi bo‟yicha ishlarni yanada rivojlanishi uchun yer
monitoringining axborot va texnologik bazasini yaratish zarur. Uni O‟zbekiston
hududida zond bilan masofali tekshirishni yer ustida kuzatish bilan texnikaviy
vositalarni qo‟llash orqali, O‟zbekiston yerlarida salbiy jarayonlari bartaraf qilish va
o‟z vaqtida oldini olish bo‟yicha tadbirlar ishlab chiqish va realizatsiya qilishni
ta‟minlash tadbirlarini bosqichma- bosqich tashkillashtirish mumkin.
Shunday qilib, yerning huquqiy ma‟nosi uning biron bir aniq foydalanish va
muhofaza qilishning ma‟lum bir chegarasini belgilab berishi kerak. Huquqiy
ma‟noda tuproq-sayyoramizning eng ustki alohida bir tabiiy ob‟ekti bo‟lib, uning
qalinligi yerdan foydalanuvchi sub‟ektlarning yerning holatiga ta‟sir etish darajasiga
qarab tabaqalashgan holda bo‟ladi.
Dostları ilə paylaş: |