1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]



Yüklə 83,16 Kb.
səhifə1/3
tarix31.05.2022
ölçüsü83,16 Kb.
#60121
  1   2   3
O‘RQ-252 15.06.2010




[OKOZ:

1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
ARXIV IShI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi arxiv ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik
Arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
alohida qimmatli hujjat — o‘chmas tarixiy-madaniy va ilmiy qimmatga, jamiyat hamda davlat uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, hisobga olish, saqlash va foydalanishning alohida tartibi belgilangan arxiv hujjati;
arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa;
arxiv ishi — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat;
arxiv fondi — yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan o‘zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui;

Yüklə 83,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin