Eng sodda ratsional funksiyalar va ularni integrallash.
Kompleks sonlar haqida tushunchalar.
Ratsional funksiyalarni integrallash.
Oldingi paragrafda har qanday elementar funksiya integrali yana elementar funksiyadan iborat bo‘lishi shart emas ekanligini misollarda ko‘rsatgan edik. Shu sababli qanday elementar funksiyalarning integrallari elementar funksiyalar orqali ifodalanishini, ya’ni elementar funksiyalarda integrallanuvchi funksiyalar sinflarini aniqlash masalasi paydo bo‘ladi. Ushbu paragrafda bunday funksiyalarning muhim bir sinfini qisqacha ko‘rib o‘tamiz.