XULOSA
Shunday qilib, o’yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan
vazifalarni bajaradi - boshqa tarbiya vositalari qatorida to’plangan ijtimoiy
tajribani bir avloddan ikkinchi avlodga o’tkazilishini, bola shaxsining
rivojlanishini ta’minlaydi. O’yinning ijtimoiy tabiatini shundan ham bilsa
bo’ladiki, u faqat muayyan ijtimoiy sharoitda voqea bo’la oladi. Jamiyatning
katta a’zolari bolalarning yashashi va o’sishi uchun zarur moddiy sharoit
yaratish asnosida o’yinlarning rivojlanishi uchun ham ob’ektiv imkoniyatlar
yaratadilar.
O’yin bolalarni tarbiyalash vositasi sifatida bola tarbiyasidagi ahamiyati
o’tmish va hozirgi zamonning ko’plab pedagogik tizimlarida tadqiq etilgan.
Ko’pchilik pedagoglar o’yinni bola uchun juda jiddiy va muhim faoliyat sifatida
baholashlari be’jiz emas.
Bola tarbiyasida o’yinning ikki yo’nalishi tarkib topgan:
1) o’yindan bolani har tomonlama uyg’un rivojlantirish maqsadida
foydalanish;
2) o’yindan tor didaktik maqsadlarda foydalanish.
Biz aytgan birinchi yo’nalish egasi chex pedagog-demokrati Yan Amos
Komenskiydir (1592 - 1670). U o’yinni bola faoliyatining, uning tabiati va
mayllariga to’g’ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha, o’yin -
25
bolaning barcha qobiliyat ko’rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir,
o’yinda borliq dunyo xaqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq
rivojlanadi, birgalikdagi o’yinlar chog’ida bola o’z tengqurlari bilan
do’stlashadi. Ya. A. Komenskiy o’yinga quvnoq bolalik va bolani uyg’un
rivojlantirish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o’yinlariga e’tiborli
munosabatda bo’lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.
O’yinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli
ma’nodagi hatti-harakati namoyon bo’ladi. Shaklan va mazmunan rang-barang
bo’lgan o’yinlar bolani mavjud hayotiy hodisalar doirasiga olib kiradi, bunda
kattalarning bilim, ko’nikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy
tajribalarini oldindan o’zlashtirish taminlanadi. O’yinda bolaning o’z tengqurlari
va kattalar bilan bo’ladigan munosabat, muomala usullari shakllanadi, hissi va
didi tarbiyalanadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’yinlar bola
shaxsining yuzaga kelishi sabablarining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatar
ekan. Bu jarayonda eng muhimi yondosh sabablarning paydo bo’lishi bo’lib,
unda ijtimoiy ahamiyatga molik sabablar yetakchi o’rin ola boshlaydi. Ko’p va
diqqat bilan o’ynaydigan bolalar kamroq sho’xlik qilishadi, barcha bilan
muloqotga kirisha oladigan, tartibli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lib
ulg’ayadi. Jozibali o’yin ta’sirida bolaning qanchalik o’zgarib ketishiga bir nazar
tashlang-a! Kamgap bola ko’p gapiradigan, odamovi bola dilkash, qo’rs bola
xushmuomala bo’lib qoladi. Tinib - tinchimas bola o’yinga berilganda boshqa
hollarda bajara olmagan ishlarni o’yin jarayonida osonlik bilan amalga oshiradi.
O’yin jarayonidagi muloqotlar bolalar uchun xulq - atvor normalarining amaliy
maktabi bo’lib xazmat qiladi.
26
27
28
29
30
31
|