Tayanch iboralar: forsunkalar, rotatsion, uyurmalangan kamera Mazutning yupqa purkalishi uchun markazdan qochirma forsunkalar qo'llanilib, bu forsunkalar havoni etkazib beradigan va uni uyurmalovchi asboblar - registrlar bilan birgalikda mazut yondirgichlarini tashkil qiladi. Mazut purkash usulidan qat'iy nazar, forsunkalar quyidagicha bo'ladi: mexanik, bug' mexanik, bug'li va rotasion. Mexanik purkashda mazut oqishining kinetik energiyasi qo'llanilib, bosim orqali yoqilg'i nasosi hosil qilinadi. Forsunka soplosidan bosim ta'sirida katta tezlikda chiqqan mazut yupqa purkalanadi. 4.6-rasmda mazut bug'- mexanikli forsunkasi keltirilgan
Bug'li forsunkalarda yoqilg'i purkalishi forsunkadan oqib chiqayotgan bug' oqimining kinetik energiyasidan foydalanish hisobiga olib boriladi, mazut esa (f) forsunkaga kichik bosimda ham etkazib berilishi mumkin. Oxirgi vaqtda mexanik va bug' forsunkalardan tashqari aralash bug' mexanik forsunkalar keng qo'llanilib. Ularning ishi purkashning bu ikkala usuldagi birgalikda ishlanishidan iboratdir. Rotasion forsunkalar. Markazdan qochirma kuchlar hisobiga mazutni yupqa purkash uchun va uni o'txonaga konussimon tarqatib berish uchun qo'llaniladi. Mexanik va rotasion forsunkalar
Bular eng ko'p tarqalgan forsunkalar turidir. Bu holatda mazut purkashi ortiqcha yuqori bosim berish hisobiga bo'ladi (2.5-4.5 MPa). Mazut bir necha kanalli forsunkalar orqali girdobli kameraga uzatiladi va chiqishda aylantirilgan mazut diametri d0 soplo orqali o'txonaga purkaladi. (4.7-rasm). Shunda jadallik bilan aylanish girdobi hosil qilinib, natijada katta tezlikda (80 m/s-gacha) soplodan suyuq yoqilg'i konussimon bo'lib oqib chiqadi. (4.7- rasm).