N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov
səhifə 1/96 tarix 12.10.2023 ölçüsü 2,26 Mb. #154481
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik
G‘.N. UZOQOV, X.A.ALIMOV,B.X.YUNISOV,
I.N. QODIROV, I.M.FAYZULLAEV,K.S.SHAMSIEV
QOZON QURILMALARI
DARSLIK
Toshkent - 2020 yil
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
G‘.N. UZOQOV, X.A.ALIMOV, B.X.YUNISOV,
I.N. QODIROV, I.M.FAYZULLAEV , K.S.SHAMSIEV
QOZON QURILMALARI
DARSLIK
Toshkent - 2020 yil
UO‘K:621.1.620.9
KBK 84(50‘) 6267
Taqrizchilar:
QarshiDU «Kasb ta’lim» kafedrasining mudiri, dots. Af. B.Vardiyashvili.
QarshiMIIi “Issiqlik energetikasi” kafedrasi
dots.A.S.Dusyarov
Ushbu darslik QMII ilmiy Kengashining № 6 “ 30 ”. 01. 2020 yilgi qarori bilan ma‘qullangan va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
Ushbu darslik 5310100 - Energetika (“Issiqlik energetikasi”) ta’lim yo'nalishi bo‘yicha bilim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, undan 5312400 - “Muqobil energy manbalari” ta’lim yo‘nalishi talabalari , 5A310104 - “Sanoat issiqlik energetikasi” mutaxassisligi magistrantlari, shuningdek, barcha noenergetik ta’lim yo’ nalishlari bo’yicha bilim olayotgan talabalari ham foydalanishlari mumkin.
© Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Annotasiya
Darslikda qozon qurilmalarini sanoat korxonalari va issiqlik elektr markazlarida qo’llanilishi, qozon qurilmalarining turlari, tuzilishi, ishlash tartibi keltirilgan.Shuningdek, qozonlarning yoqilg’ i xo'jaligi, qozonlarning suv tayyo’rlash jarayo’ nlari, bug' qozonlarining issiqlik almashinuvi , qozon qurilmalarining asosiy elementlari kabi ma‘lumotlar berilgan.
Аннотация
В учебнике показано применение котельных установок на промышленных предприятиях и теплоэлектроцентралях, типы котельных установок, устройства, режим работы. А также топливно-траспортное хозяйство, процессы подготовки воды процессы теплопередачи в котельных установках, основные элементы котельных установок и т. п. приведены понятия.
Annotation
The textbook shows the use of boiler plants in industrial enterprises and cogeneration plants , types of boiler plants, devices, operation mode. As well as fuel and transport facilities, water treatment processes, heat transfer processes in boiler plants, basic elements of boiler plants, etc. concepts are given.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil-7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi”da iqtisodiyotda energiya hamda resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish masalalari ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Respublikamiz taraqiyo'tida energetika etakchi o'rinda turadi. Shuningdtk, sanoatning, xalq xo'jaligining boshqa sohalari rivojlanishi va jamiyat taraqqiyoti darajasi energetikaga , ayniqsa issiqlik energetikasi darajasiga bog'liqdir.Ma'lumki mustaqillik yillarida respublikamizga neft, tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash, mazut ishlab chiqarish ancha ortdi.O'zbekiston yoqilg'i - energetika kompleksiga asoslangan yirik issiqlik elektr stansiyalari ishlab turibdi.Masalan, Sirdaryo IES, yangi Angren IES, Navoiy IESi shular jumlasidandir.Bundan tashqari Markaziy Osiyo eng yirik energetik inshoatlaridan biri 800 Mvt blokli 3200 Mvt quvvatga ega bo'lgan Tallimarjon IESining qurilishi davom etmoqda. Hozirda bug' - gazli qurilmalarning ishlatilishi va elektr energiyasini hosil qilishning yangi usullaridan foydalanishda juda yuqori samara bermoqda.
Fan -texnika va sosial taraqqiyot energiya iste'molining ortib borishi va uning samarali turlaridan foydalanish bilan amalga oshadi. Hozirgi zamonaviy mashinalar iste'mol qiladigan energiya miqdori juda beqiyosdir. Masalan quyidagi taqqoslash orqali buni yaqqol tushinish mumkin: butun dunyodagi barcha mexnatga yaroqli odamlar to'liq kuch bilan bir yilda 8 soatdan ishlagan taqdirda ham, hozirgi vaqtda yoqilg'i yonishidan hosil bo'ladigan energiyaning yuzdan birini ishlab chiqara olmaydi.
Energetika tizimida modernizasiyani kuchaytirish , energiya is'temolini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish, issiqlik energiyasining ishlab chiqarishda yoqilg'i resurslarining hajmini jahon standartlari darajasida qisqartirishga erishish lozimligi ko'risatib berildi.
Demak, energiya resurslaridan tejab, oqilona va samarali foydalanish davr talabi hisoblanadi. Shuning uchun issiqlik energiyasini ishlab chiqish, energiya ta'minotida arzon, ekologik toza va samarasi yuqori bo'lgan alternativ energiya manbalaridan foydalanishni yo'lga qo'yish lozim. Ayniqsa bu sohada noan'anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq.
Xalq xo'jaligining har bir sohalarida energiya resurslarining ishlatilishi tobora ortib bormoqda. Jahonda energiya resurslariga bo'lgan talab asosan organik yoqilg'ilar (ko'mir, neft, gaz) gidroenergiya va atom energiyasi hisobidan qoplanmoqda. Lekin mutaxassislar va soha olimlarining ma'lumotlariga qaraganda 2020 yillarga kelib organik yoqilg'ilar dunyo energetikasining talabini qoplay olmaydi. Shuning uchun butun dunyoda va bizning mamlakatlarimizda ham energiya resurslarini tejab ishlatish va energiya iste'molida noan'anaviy energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha ishlarni amalga oshirishi lozim va bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatimiz sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarishda fan-texnikaning yutuqlarini joriy qilish va ilg’or texnologiyalardan unumli foydalanish uchun raqobatbardosh , malakali kadrlarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi. Oliy maktabda ko’p bosqichli o’qish tizimiga o’tildi, bilimning yangi soxalarida kadrlar tayyorlash boshlandi. Ekologiya va tabiatdan foydalanish, neft va gaz ishi, issiqlik va elektr energetikasi, avtomobilsozlik kabi yo’ nalishlarda malakali kadrlar tayyorlash ko’proq istiqbolga va ahamiyatga ega.«Qozon qurilmalari» fani «Issiqlik energetika» yo’ nalishida o’rgatiladigan barcha mutaxassislik fanlarning nazariy asosi hisoblanadi. Energetik komplekslarda qo’llanilayotgan qozon qurilmalarining turlari, ishlash prinsipi va bundan tashqari ularda ishlatilayotgan energetik yoqilg’ ilarning tarkibi, mavjud qozon qurilmalarining asosiy va yordamchi uskunalari o’rganiladi.
Hozirgi vaqtda bug’ turbinali qurilmalarni takomillashtirish , bug’ - gazli qurilmalarni loyixalash, energiyani tejaydigan yangi va zamonaviy qurilmalar yaratish va noan‘anaviy energiya manbalaridan foydalanish uslublarini ishlab chiqish issiqlik texnikasi fanida erishilgan yutuqlarga bevosita bog’liq. Shu sababli «Qozon qurilmalari» nomli ushbu darsligimiz talabalarda issiqlik energiyasini mexanikaviy energiyaga aylantirish, asosiy termodinamika qonunlarini mohiyatini tushunish va issiqlik uzatish qonuniyatlarini o’rganish boyicha amaliy va nazariy ko’nikmalarni hosil qilishda beminnat yordam beradi degan umiddamiz .
Dostları ilə paylaş: