N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov


Suv va suv-bug‘ aralashmasining isitish sirtlari bo‘ylab harakatlanish tavsifiga ko‘ra qozon agregatlari uch turga bo‘linadi



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə5/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

Suv va suv-bug‘ aralashmasining isitish sirtlari bo‘ylab harakatlanish tavsifiga ko‘ra qozon agregatlari uch turga bo‘linadi:

  1. tabiiy sirkulyatsiyali;

  2. majburiy sirkulyatsiyali;

  3. to‘g‘ri oqimli.




    1. rasmda suv quvurli qozonlarning sirkulyatsion sxemasi keltirilgan.

a - tabiiy sirkulyatsiyali; b - majburiy sirkulyatsiyali; 1 - baraban; 2 - isitish sirtlari; 3 - bug’ qizdirgich; 4 - ekonomayzer; 5 - havo isitkich.
Tabiiy sirkulyatsiyali bug‘ qozonlarida suv yopiq tsirkulyatsiyali konturda (1.3-rasm, a): «baraban - tushirish quvuri - pastki kollektor - ko‘tarish quvuri - baraban» da harakat qiladi. Bunday qozonlarda suvning va suv - bug‘ aralashmasining harakatlanishi ularning zichliklari orasidagi farqqa asoslanib amalga oshiriladi. Majburiy sirkulyatsiyali qozonlarda suv bilan suv-bug‘ aralashmasi sirkulyatsion nasos yordamida harakatlantiriladi.



    1. rasm. Tabiiy sirkulyatsiyali TP-100 qozon agregati.

1- baraban; 2- bug‘ qizdirgichning konvektiv qismi; 3- ikkilamchi bug‘ qizdirgich; 4- quvurli havo isitkich; 5- ekonomayzer; 6- gaz yo‘llari; 7- regenerativ havo isitkich; 8- ko‘mir changini yoqish gorelkasi; 9- o‘txonaning tirqishli tagi; 10- suv vannasi va shlak transporteri; 11- bug‘ qizdirgichning radiatsion qismi.
Zamonaviy qozon agregatlari asosan tabiiy yoki sunpiy gazda, mazutda, changsimon ko‘mirda ishlaydi. Zamonaviy qozon agregatlarining ishlab chiqaradigan bug‘ining sarfi 400-450 t/soat, bosimi 2,5 MPa gacha, temperaturasi 700-850 K ga yetadi. Qurilishi jihatidan zamonaviy qozon agregatlariga kam metall sarflangan, boshqarish yetarli darajada mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan, ekologik nuqtaiy nazardan atrof muhitga o‘ta zaharli gazlarni kamroq chiqaradi. Bunga 1.4-rasmda keltirilgan yuqori quvvatli, qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan tabiiy tsirkulyatsiyali TP-100 markali (Taganrog zavodi, Rossiya) qozon agregati misol bo‘la oladi. Bunday qozonning bug‘ unumdorligi 640 t/soat, bug‘ning bosimi 14 MPa va temperaturasi 5700С, qaynoq havo temperaturasi
4030 С, chiqib ketayotgan gazlar temperaturasi 1280С, F.I.K. 90,2%. Hozirgi vaqtda qozon agregatlarini yig‘ishni arzonlashtirish va tezlashtirish maqsadida uning qismlari tayyor bloklar tarzida tayyorlanmoqda. Masalan, unumdorligi past va o‘rtacha (2,5 dan 15 kg/s gacha) bo‘lgan SU va SA turdagi (Belgorod zavodi, Rossiya) qozonlar olti blokdan tashkil topgan. Bloklar yig‘ish maydoniga oson tashib keltiriladi va u yerda qozon agregati tezda yig‘iladi.
Odatda, bunday qozon agregatlari bir yoki ikki barabanli qilib tayyorlanadi. Unumdorligi past bo‘lgan qozonlarga DKVR (Biysk qozon zavodi, Rossiya) markali qozonlar misol bo‘ladi. Bu barabanlari uzunasiga joylashgan va konvektiv quvurlar to‘plami zich joylashgan ikki barabanli vertikal suv-quvurli qozon agregatidir (1.5-rasm). Qozonda o‘txona devorlarini ekran quvurlari 1 berkitadi. Orqa ekranning qiya qismida shaxmatli pardadevor 12 o‘rnatilgan. Pardadevor o‘txona kamerasini ikki qismga bo‘ladi: o‘txona va yonib bo‘lish kamerasi 6. Yonib bo‘lish kamerasidan chiqqan o‘txona gazlari yuqori 12 va pastki 14 barabanlar o‘rtasida joylashgan konvektiv quvurlar to‘plamini yuvib o‘tadi. To‘plamning boshlanishida bug‘ qizdirgich quvurlari 9, keyinroq esa qozon quvurlar to‘plami 11 joylashadi. Kollektorlar 2,3 ga bug‘-suv aralashmasi keladi. Aralashmadan ajratilgan suv tsirkulyatsion quvurlar 4 bo‘ylab pastki kollektorlarga tushadi, suv tomchilari ko‘p bo‘lgan bug‘ esa, bug‘ olib ketadigan quvurlar orqali ikkita vertikal siklon 5 ga yuboriladi. Siklonda ajralgan suv, suv uzatish quvurlari 7 bo‘ylab ekranlarning pastki kollektorlariga tushadi. Siklondan chiqqan bug‘, quvurlar 8 bo‘ylab baraban 9 ichidagi ajratish qurilmasiga yuboriladi, u yerdan esa qozonnning bug‘ qizdirgichiga yoki birdaniga iste’molchiga (agar qozonda bug‘ qizdirgich bo‘lmasa) yuboriladi. Ta’ minot suvi klapanlar 10 orqali qozonga keladi. Qozonlar, masalan, DKVR-20-1,4-523 turidagi, quyidagicha belgilanadi: birinchi son - bug’ unumdorligi (t/soatda), ikkinchi - bug’ bosimi (MPa da), uchinchi - bug‘ temperaturasi (K da).
Agar belgilashda uchinchi son bo’lmasa, demak qozon to’yingan bug’ ishlab chiqaradi.
DKVR tarzidagi qozon agregatlari bug‘ qizdirgich bilan yoki bug‘ qizdirgichsiz ishlab chiqariladi. Bu qozonlarning asosiy ko‘rsatkichlari 1.1- jadvalda keltirilgan.



Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin