СН 4 + Y CmHn + CO2 + N2 + H 2 S +... = 100% (2.4) Yoqilg'ilarning uchuvchan moddalari
Agar ko'mir moddasiga havosiz idishda termik ishlov berilsa, bu moddada har-xil gaz va bug'larning ajralib chiqishi bilan kuzatiluvchi murakkab o'zgarishlar yuz beradi. Uchuvchan moddalarga vodorod Н, har-xil CmHn tipidagi uglevodorodlar, uglerod oksidlari SO va SO2, suv H2O, yog'li va qatronli (smolali) moddalarning bug'lari kiradi. Bu uchuvchan moddalarning chiqishi birinchidan, ko'mir moddasining ichki tuzilishi haqida tasavvur bersa, ikkinchidan, yoqilg'i yonishida katta rol uynaydi. Shuning uchun ham uchuvchan moddalarning chiqishi, yoqilg'ining asosiy ko'rsatkichlaridan biri deb hisoblanadi. Termik parchalanish va engil moddalarning yoqilg'idan chiqarib tashlagandan keyin qolgan koks qoldig'i, asosan ugleroddan (97%) tashkil topgan bo'ladi. Koks qoldig'i yopishgan, quyma holatda yoki alohida-alohida bo'laklardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Uchuvchan moddalarning chiqishi va qattiq yokilg'ilarning qoldiq (koks) tavsifi 2.2 - jadvalda berilgan. Uchuvchan moddalar qanchalik ko'p chiqsa, ko'mir shunchalik tez yonadi. Agar antrasitni yonishi uni barabanli tegirmonda maydalashni va yondiruvchi belbog'li qurilmalarni talab etsa, qo'ng'ir ko'mirni shaxtali tegirmonlarda yirikroq maydalab yoqish mumkin.