N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
 
1.2.
 
Maxsus kiyim, maxsus poyafzal va shaxsiy himoya vositalari 
Ish joylarida ishchilar maxsus kiyim, poyabzal, shaxsiy himoya vositalaridan 
foydalanishi shart. Ishchilar ish vaqti davomida asbob – uskunalarni masofadan turib 
boshqarishga zaruriyat tug‗ilganda apparat va quvurlardan gaz, kondensat yoki neft 
va neft mahsulotlarini chiqishini bartaraf qilishni amalga oshiradilar. Shunday 
vaqtlarda texnologik suyuqliklar odam organizmi ochiq joylariga, ya‘ni oyog‗i, qo‗li, 
yuziga sachrashi mumkin. Zararli moddalarni odam organizmiga ta‘siridan 
himoyalash maqsadida ishchilarga maxsus bosh kiyim, shaxsiy poyabzal va shaxsiy 
himoya vositalari beriladi. 
Maxsus kiyimlar paxta, brezent materiallaridan tayyorlanadi. Kaska 
ishlovchilarga boshini jarohatlashdan himoya qilish uchun ishlatiladi. Kaska havo 
harorati 45 – 50
0
S gacha bo‗lishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida ishlovchilar 
ish sharoitiga mos bo‗lgan materialardan tikilgan qo‗lqoplardan foydalanishi shart. 
1.3. Gazkondensat konida quduqlarni ishlatishda xavfsizlik talablari 
Quduqlarni mo‗tadil ishlatish NKQ bo‗yicha amalga oshirilishi shart. 
Quvurlararo xudud bo‗yicha quduqlarni ishlatishga, ―Sanoatkontexnazorat‖ Davlat 
inspeksiyasi yoki O‗zbekneftgaz MXK ning maxsus ruxsati bo‗yicha va tegishli 
texnik – iqtisodiy asoslar bo‗lganda ruxsat etiladi. 


254 
-
Quduqlarning ishlash rejimi ko‗rsatgichlari, shuningdek undagi har qanday 
o‗zgarishlar maxsus jurnalda qayd etilishi shart. O‗rnatilgan rejim buzilgan hollarda 
uni tiklashning tezkor choralari ko‗rilishi shart. 
-
Qazib chiqaruvchi quduqlar ustidan bevosita tezkor nazorat qilishda 
quyidagi kuzatishlarni bajarish shart: 
-
quduqlar fondining texnik holatini; 
-
quduq og‗zi bosimi va haroratini, quduqlarning ishchi maxsus miqdorini 
davriy o‗zgarishini; 
-
Favvorali armatura nosoz paytida manometrlarni almashtirish imkonini 
beradigan ventillarga ega bo‗lishi shart. 
-
Armaturada bosim mavjud bo‗lganda tez eskiruvchi va almashtiriladigan 
detallarni montaj qilish, demontaj qilish, nosozliklarni bartaraf qilish man qilinadi. 
-
Nosoz manometrlarda yoki ular yo‗q bo‗ldanda berkituvchi moslamalarda 
nosoz klapanlar bo‗lganda armaturalarni ishlatishga ruxsat etilmaydi. Davriy ravishda 
flanetsli birikmalarning yaxshi tortilishini tekshirish zarur. 
-
Favvorali armaturaga xizmat ko‗rsatishda quyidagilarga qat‘iyan man 
etiladi: 
-
flanetsli birikmalarni gayka kalitlari bilan tortib mahkamlash; 
-
zadvijkaga pasta yoki moy haydash vaqtida teskari klapan o‗qi yonida va 
moy haydagich o‗qi yonida turish; 
-
ingibirlashdan oldin armaturani mustahkamlikka sinashda uning yaqinida 
bo‗lish; 
-
zatvorni yarmini ochiq holatida zadvijkani ishlatish. 
-
Har bir zadvijkaning ishonchli ishlashi uchun uning to‗liq yopilgandan 
so‗ng, ochish yonalishidagi ¼ aylanmaga maxovikni burab qo‗yish zarur. 
-
Gaz qazib chiqarish bo‗yicha operator alohida e‘tibor qaratgan holda 
qurilma va quduqlar ishlashini tekshirib turishi shart: 
-
quduqlarning ishlash rejimi; 
-
kolonnalararo xudud bosimi; 
-
seperatorlar va KQB bosim; 


255 
-
seperatorlarda suyuqlik bosimi va shunga o‗xshash holatni o‗zini ichiga 
oladi va e‘tiborli bo‗lish alohida e‘tibor talab qiladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin