174
Metallarning korroziyaga qarshilik ko`rsatish
qobiliyati
korroziyabardoshlik
deyiladi. Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli sharoitlarda va har xil
tashqi muhitlarda turlisha korroziyabardoshlilikka ega bo`ladi.
Korroziyaga qarshi
himoya usullari konstruksion, texnologik va foydalanish
davridagi tadbirlarga bo`linadi va uning usullari korrozion
eksperimental tadqiqotlar
asosida ishlab chiqiladi.
Metall materiallar ularni qurshab turgan muhit ta`sirida har xil tezlikda
yemiriladn. Bu yemirilishning asosiy sababi metall sirtining
tashqi muhit bilan
kimyoviy o`zaro ta`siri natijasida bo`ladi.
Metall (material)larning atrof muhit bilan kimyoviy ta`siri natijasida o`z-
o`zidan yemirilish
korroziya
deyiladi. (lot.
Soggodege
– o`z-o`zidan yemirilish).
Korrozion jarayonlar metall sirtida sodir bo`ladigan reaktsiyalar mexanizmiga
ko`ra kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga bo`linadi.
Kimyoviy korroziya
metallning agressiv muhit bilan o`zaro kimyoviy ta`sirida
sodir bo`ladigan jarayonlar orqali keshadi. Kimyoviy korroziyada
metall sirti bilan
suyuq yoki gazli muhitlarning kimyoviy geterogen reaksiyalari sodir bo`lib, natijaviy
elektr toki hosil bo`lishi kuzatilmaydi. Korroziya metall sirtiga quruq gazlar va
bug`lar, suyuq eletrolitmaslar (neft
va uning mahsulotlari, spirtlar, mineral yog`lar,
organik birikmalar) ta`sirida kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: