N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Tuz yotqiziqlari bilan kurashish ishlari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Tuz yotqiziqlari bilan kurashish ishlari.
Tuz yotqiziqlari bilan kurashishning 
hamma usulini ikki guruhga bo‗lish mumkin: tuz cho‗kib qolishini bartaraf etish usuli 
va utz yotqiziqlarini olib tashlash usuli. 
Tuzlarni quduqlarda cho‗kib qolishini bartaraf etishda ko‗proq qabul qilingan 
usul kimyoviy reagentlarni qo‗llash usulidir. Bu reagentlar qazib oluvchi 
quduqlarning quvur orti bo‗shlig‗iga va qatlamga bosim ostida davriy haydaladi. 
Ko‗proq samarali deb polifosfatlar, organik fosfatlar, sulfokislota tuzlari, aril 
sulfonatlar, natriy tripolifosfati va ammofos samarali reagentlar hisoblanadi. SFM-13, 
DPF-1, inkredol-1, fosfonol, SNPX-5301 asosidagi ingibatorlarning 20 gr/m3 
miqdori tuz yotqiziqlarini to‗liq bartaraf etiladi. 
Tuz yotqiziqlari kimyoviy reagentlar yordamida olib tashlanadi yoki burg‗i bilan 
burg‗ilanadi. 
Olib tashlashning kimyoviy usulida, gips cho‗kindisini suvda eruvchi natriy 
(kaliy) sulfat tuziga yoki karbonat cho‗kindisini kalsiy gidrooksidiga aylantiriladi, 
bularni xlorid kislotali eritma yordamida eritib suv bilan yuviladi. O‗zgartiruvchi 
regayegentlar sifatida natriy yoki kaliy karbonati va bikarbonati, shuningdek ishqorli 
materiallarning gidrooksidi samarali qo‗llaniladi. Reagent yotqiziqlar oralig‗iga 
kiritiladi va bosim ostida davriy haydaladi yoki uzilmas sirkulasiyasi amalga 
oshiriladi.
 
 
 
 
 
 
 
 


195 
VI-bob. Gaz koni jihozlari, gaz va kondansatni yig‘ish va konda tayyorlash 
1
 
§. Gaz va gazkondensat konlarini jihozlash loyihasining asosiy tarkibi 
Har bir yangi ochilgan kon uchun ikkita loyiha tuziladi:
1. ishlash loyihasi; 2. jihozlash loyihasi. 
Neft va gaz konlarini ishga tushirishdan oldin ularning ishlash loyihasini tuzib 
chiqish kerak bo‗ladi. Ishlash loyihasi konni ishlash va ishlatish usullarini, Shu konni 
jihozlash loyihasi uchun kerak bo‗ladigan hamma asosiy ma‘lumotlarni va asosiy 
texnologik ko‗rsatkichlarni o‗z ishiga olgan bo‗lishi kerak. 
Konni ishlash loyihasi: 
- ishlatish obyektlarini ajratish, ularni ishlash tizimini va tartibini belgilab 
berish; 
- yillar davomida neft olish sur‘atini; 
- neft beraolishlik koeffitsiyenti va uni oshirish usullarini; 
- konda ishlovchi va haydovchi quduqlar soni, ularni kon maydonidagi o‗rni, 
teshish oraliqlarini hisoblash; 
- quduqlar debitini, qatlam bosimini, gaz omili va suv bosimini yillar davomida 
o‗zgarishini; 
- qatlamga ta‘sir etish usullari va ta‘sir etish omillarini tanlash; 
- obyektlarning ishlash tartibini aniqlash; 
Konni ishlatishning turli variantlarini texnik – iqtisodiy solishtirish kabi 
vazifalarni o‗z ichiga oladi. 
Loyihalash tashkilotlari ishlash loyihasiga muvofiq ravishda konni jihozlash 
loyihasi xam tuziladi. 
Jihozlash loyihasi neft, gaz va qatlam suvini yig‗ishni, neftni transport qilishga 
tayyorlaydigan turli xil texnologik uskunalarni oqilona joylashtirishni, loyiha 
bo‗yicha qatlamga suv haydash nazarda tutilgan hollarda suvni tayyorlash tizimini 
o‗z ishiga oladi. 
Konlarda neft, gaz va suvni yig‗ishni tashkillashtirish deganda neft – gaz – suv 
uzatkichlari orqali mahsulotni quduqdan markazlashgan texnologik qurilmalarga 
uzatish tizimi tushuniladi. 


196 
Kondan qazib olinayotgan tabiiy gazlar tarkibida qattiq zarrachalar (qum, 
korroziya mahsulotlari), og‗ir uglevodorodlar (kondensatlar), suv bug‗i, 
vodorodsulfid, is gazi va inert gazlar uchraydi. 
Gaz tarkibida mexanik qo‗shimshalarning bo‗lishi gaz bilan o‗zaro ta‘sirda 
bo‗lgan quvurni, kompressorning metall qismlarini va boshqa jihozlarni errozik 
yemirilishiga olib keladi. 
Bundan tashqari, mexanik qo‗shimshalar quvurga o‗rnatilgan armaturalarni, 
o‗lchash asboblarini ifloslantirib ishdan chiqaradi, hamda quvurni ma‘lum qismlarda 
yig‗ilib qolib, uni qirqim yuzasini kamaytiradi. Bu o‗z navbatida gazning 
o‗tkazuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi. 
Gaz tarkibida og‗ir uglevodorod (kondensatlar) ning bo‗lishi quvurning past 
joylarida suyuq holatga o‗tib yig‗iladi va quvurning o‗tkazuvchanligini 
yomonlashtiradi, hamda quvurni zanglashiga olib keladi. 
Gaz tarkibidagi namliklar, ma‘lum sharoitda gaz aralashmasi bilan qorsimon 
ko‗rinishdagi gaz gidratlarini hosil qiladi, quvurning o‗tkazuvchanligini 
yomonlashtiradi, hatto butunlay o‗tkazmaydigan qilib qo‗yib avariya holatlarini sodir 
qilishi mumkin. Masalan: 
;
6
2
4
O
H
CH
;
8
2
6
2
O
H
H
C

;
17
2
8
3
O
H
H
C

O
H
H
C
2
10
4
17

Gaz tarkibidagi vodorodsulfid zararli qo‗shimsha bo‗lib, uning havodagi 
miqdori 0,01 ml.gr/l dan ortiq bo‗lganda ish zonalari uchun juda xavfli hisoblanadi. 
Gaz tarkibida uning bo‗lishi metall va jihozlarni zanglashini tezlashtiradi va avariya 
holatlarini ko‗paytiradi. 
Olinayotgan gaz tarkibida is gazini bo‗lishi yonish issiqligini kamaytiradi. 
Yuqorida ko‗rsatilgan barcha qo‗shimchalardan tozalangan gaz hidlantiriladi. 
Hidlantiruvshi modda sifatida etilmerkaptan C
2
H
5
SN ishlatiladi. Hidlantirish jarayoni 
«barbotash» apparatida sodir etilib, 1000m
3
gazga 16 gr etilmerkaptan qo‗shiladi. 
Tozalangan gaz bosh inshootda joylashgan bosh kompressor yordamida magistral gaz 
quvuriga haydaladi. 


197 
Jo‗natishga tayyorlangan gazning tarkibi quyidagi davlat standarti talablariga 
javob berishi kerak (GOST 5140-83) 
1.
1m
3
gazdagi mexanik qo‗shimchalarni og‗irligi 0,003 gr (0,3m
2
) dan ortiq 
bo‗lmasligi; 
2.
1m
3
gazdagi vodorod sulfidning og‗irligi 0,2m
2
dan ortiq bo‗lmasligi; 
3.
hajm bo‗yicha kislorodining hajmiy ulushi 1% dan ortiq bo‗lmasligi; 
4.
namlik bo‗yicha, gazning shudring nuqtasi yozda 0
o
C, qishda -5 
o
Cdan 
katta bo‗lmasligi kerak (o‗rtacha iqlimli joylarda). Sovuq joylarda: yozda -10
o
C, 
qishda -20 
o
C dan katta bo‗lmasligi kerak. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin