N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
 
2 §. Gaz konlarida gazni yig‘ish tizimlari 
2.1. Konlarda qo‘llaniladigan quvurlar tasnifi 
Har qanday neft va gaz konida quduqlardan chiqqan mahsulotni tayyorlash 
qurilmalarigacha yetkazish uchun har xil turdagi quvurlar ishlatiladi. Bu quvurlar 
o‗zidan o‗tkazayotgan mahsuloti, bosimi, vazifasi, gidravlik tarxi, qurilishi kabi 
omillarga qarab turli tuman bo‗ladi. 
Neft va gaz konlarida qo‗llaniladigan quvur uzatgichlarning quyidagi umumiy 
tasnifi mavjud: 
A) o‗tkazayotgan mahsuloti bo‗yicha: 
- neft quvurlari; 
- gaz quvurlari; 
- neft-gaz quvurlari; 
- kondensat quvurlari; 


199 
- suv quvurlari; 
- reagent quvurlari. 
B) bajaradigan vazifasiga qarab: 
- yo‗naltiruvchi quvurlar; 
- yig‗uvchi quvurlar. 
Yo‗naltiruvchi quvurlar quduqdan birinchi guruh o‗lchagich qurilmalarigacha 
bo‗lgan masofada ishlatiladi. Birinchi guruh o‗lchagich qurilmalaridan neftni yig‗ish 
va tayyorlash qurilmalarigacha bo‗lgan masofada yig‗uvchi quvurlar ishlatiladi. 
V) ishchi bosimiga qarab:
- kushli bosimli quvurlar, bosimi 6 MPa dan yuqori; 
- yuqori bosimli quvurlar, bosimi 2,5 – 6,0 MPa; 
- o‗rta bosimli quvurlar, bosimi 1,6 – 2,5 MPa; 
- past bosimli quvurlar, bosimi 1,6 MPa dan past. 
Odatda o‗rta, yuqori va kuchli bosimli quvurlar tazyiqli, past bosimli quvurlar 
tazyiqsiz quvurlar deb ataladi. Tazyiqli quvurlarda mahsulot quvurni to‗liq to‗ldirib 
oqadi, tazyiqsiz quvurlarda quvur ishi to‗liq bo‗lmagan holda oqishi mumkin. 
G) gidravlik tarxi bo‗yicha: 
- oddiy quvurlar; 
- murakkab quvurlar. 
Oddiy quvurlar bir xil diametrga ega bo‗lib, unga boshqa quvurlar ulanmagan 
bo‗ladi. Murakkab quvurlarning diametri har xil bo‗lishi hamda quvurlarga boshqa 
quvurlar ulangan bo‗lishi mumkin. 
D) qurilishi bo‗yicha: 
- yer osti quvurlari; 
- yer usti quvurlari; 
- havodan o‗tkazilgan quvurlar; 
- suv osti quvurlari. 
Bu tasnif konlarda ishlatiladigan neft va gaz yig‗ish, tayyorlash tizimidagi 
quvurlarga ta‘lluqli bo‗lib, uzoqqa uzatuvchi quvurlarga tegishli emas.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin