Bola hayotining turli davrlarida nafas olish o‘zining xususiyatlariga ega: 1.Nafas yuzaki va tez-tez. Bola yosh bo‘lgan sari nafas tezligi ko‘proq bo‘ladi. Eng ko‘p nafas soni bola tug‘ilgandan so‘ng 1 minutda 40-60 ta bo‘ladi. Buni chaqaloqlarning “fiziologik xansirashi” deyiladi. 1-2 yoshli bolalarda nafas soni 30-35, 5-6 yoshda 25 taga yaqin, 10 yoshda 18-20 ta, kattalarda 15-16 tani tashkil etadi. Nafas sonining puls soniga nisbati chaqaloqlarda 1:2,5-3; qolgan yoshdagi bolalarda 1:3,5-4; kattalarda 1:4 ni tashkil etadi.
2.Chaqaloqlar hayotining birinchi 2-3 haftasidagi nafas aritmiyasi. U nafas olish va chiqarish orasidagi pauzaning noto‘g‘ri almashinishidan yuzaga chiadi. Goxo nafas uzuq-uzuq bo‘ladi. Bu nafas markazining to‘liq tiklanmaganligi bilan bog‘liq
3.Nafas turi yosh va jinsga bog‘liq. Kichik yoshda qorin bilan (diafragmal) nafas olish turi kuzatiladi, 3-4 yoshlarda ko‘krak bilan nafas olish diafragmal nafas olishdan ustun tura boshlaydi. Jinsga qarab nafas olish farqi 7-14 yoshdan yuzaga chiqadi. O‘g‘il bolalarda jinsiy yetilish davrida qorin bilan nafas olish, qizlarda ko‘krak bilan nafas olish turi yuzaga keladi.
Qon aylanish organlarining tuzilishi va funksiyalarining xususiyatlari. Yurak. U chaqaloqlarda nisbatan katta va tana massasining 0,8% ni tashkil yetadi. Bola hayotining 3 chi yilida yurakning massasi 0,5%ga teng bo‘lib qoladi, ya'ni kattalarning yuragiga mos kela boshlaydi.
Bolalar yuragi bir tekis o‘smaydi: ko‘proq bola hayotining birinchi ikki yilligida va jinsiy yetilish davrida ko‘proq kattalashadi. Chaqaloqlarning yuragi yumaloq shaklga ega, bu qorinchalarning yaxshi rivojlanmaganligi va bo‘lmachalarining nisbatan katta o‘lchamda ekanligi bilan bog‘liq. Chaqaloqlarda va bola hayotining birinchi ikki yilida diafragma baland turganligi sababali yurak gorizontal joylashadi, 2-3 yillarda u qiya holatni egallaydi. O‘ng va chap qorinchalar devorining qalinligi bir xil bo‘ladi. Bolada hayotining birinchi haftalarida va oylarida qon tomirlar orasida turli aloqalar saqlanadi: bo‘lmachalar orasi to‘sig‘idagi oval teshik, arterial yo‘l, kichik qon aylanish doirasidagi arterolo-venulyar anastamozlar.
Qon tomirlar. Kichik yoshdagi bolalarda tomirlar nisbatan keng. Venalarning kengligi arteriyalarning kengligiga taxminan teng. Venalar tezroq kattalashadi va 15-16 yoshlarda arteriyalardan 2 marta katta bo‘ladi. 10 yoshgacha aorta va o‘pka arteriyasi diametri sekin asta bir xil bo‘ladi, jinsiy yetilish davrida aorta o‘pka stvolidan kengligi bo‘yicha oshib ketadi. Kapillyarlar yaxshi rivojlangan. Ularning o‘tkazuvchanligi kattalarga nisbatan yuqori. Qon oqish tezligi bolalarda yuqori, yosh o‘tgan sari u sekinlashadi, bu bola o‘sishi bilan tomirlarning uzunlashishi va yurak qisarish soni kamayishi bilan ifodalangan.
Arterial puls. Bolalarda kattalarga nisbatan tez; bu bola yurak mushaklarining tez isarishi bilan bog‘liq. Eng ko‘p yurak urish soni chaqaloqlarda bo‘ladi, 1 minutda 120-140 ta. Yosh kattalashishi bilan u sekin atsa sekinlashadi; 1 yoshda yurak isarish soni 1 minutda 110-120 ta; 5 yoshda 100 ta; 10 yoshga borib 90 ta, 12-13 yoshda 1 minutda 80-70 ta. Bolalik yoshida puls yuqori labilligi bilan ajralib turadi. ichiri, yilash, jismoniy zo‘riish, xarorat ko‘tarilishi oibatida uning sezilarli darajada tezlashishiga olib keladi. Bolalarning pulsiga nafas aritmiyasi xarakterli: nafas olganda u tezlashadi, nafas chiarganda sekinlashadi.