Nafosat tarbiyasi. Uning maqsad va vazifalari. Mavzusida. Reja: nafosat tarbiyasi. Odob va nafosat tarbiyasi


DID-FAROSATLILIK — TARBIYA KO‘RGANLIK BELGISI



Yüklə 19,08 Kb.
səhifə3/5
tarix26.04.2023
ölçüsü19,08 Kb.
#102816
1   2   3   4   5
Nafosat tarbiyasi. Uning maqsad va vazifalari. Mavzusida. Reja

DID-FAROSATLILIK — TARBIYA KO‘RGANLIK BELGISI
Madaniyatlilik, tarbiya ko‘rganlik, odoblilik insonning tashqi qiyofasida ham namoyon bo‘ladi. Ko‘cha-ko‘yda, uchrashuvlarda notanish kishilarni uchratar ekanmiz, avvalo, ularning tashqi qiyofasiga nazar tashlaymiz. Shunga qarab, u haqida ma’lum bir fikrga kelamiz. Zero, hamma joyda doimo kishiga yuzlab ko‘zlar qarab turadi: u qanday kiyingan, qanday qadam tashlayapti, o‘zini qanday tutyapti?
Pokizalikka, ozodalikka intilish har bir inson oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Ozoda kiyinish, badanni toza saqlash, sochni tarab parvarish qilib yurish, kiyim-boshni va uy-joyni ozoda tutish kishi rioya qilishi kerak bo‘lgan eng oddiy va eng zaruriy talablardandir. Ust-boshi g‘ijimlangan, soqoli olinmagan kishi ko‘zga sovuq ko‘rinadi. Òirnoqlarni haddan ortiq o‘stirish, oshirib pardoz qilish kulgilidir. Sochi g‘alati qilib turmaklangan, ko‘zga tashlanib turadigan katta zirak taqqan, bo‘yniga katta marjon osgan qizlar, sochini yelkasiga tushirib, hurpaytirib yurgan yigitlar ko‘zga xunuk ko‘rinadi. O‘zining tashqi qiyofasiga e’tibor berib yurish — har bir kishining muhim ijobiy hislatidir. Lekin o‘ziga oro berish birdan-bir maqsad bo‘lib qolsa, uning boshqa barcha manfaatlari shunga moslashtirib qo‘yilsa, bu hol ijobiy bo‘lmay qoladi. Haqiqiy tarbiyalanganlik chiroyli yurish, qaddi-qomatni chiroyli tutish, chiroyli gapirishni taqozo etishini ko‘p yoshlar bilishmaydi. Ba’zilar lapanglab, qo‘l siltab, yelkani chiqarib yuradilar, qo‘llarini cho‘ntaklariga solgan holda gapiradilar, stulda oyoqlarini chalishtirib o‘tiradilar. Kishilar o‘rtasida bo‘lganda o‘ziga oro berish, tez-tez ko‘zguga qarash, sochni tarash qiz bola, ayollarga yarashmaydi. Ayrim yoshlar yasama, sun’iy „go‘zallik“ bilan o‘zlarini badbashara qilib qo‘yadilar, ular haqiqiy go‘zallik yuzning tabiiy latofatida, sodda va xushbichim kiyimda ekanini unutib qo‘yadilar. Kishining tashqi go‘zalligi kiyim ranglarining bir-biriga mos kelishida, tabiiylik va soddalikda juda yaqqol ko‘rinadi. Ko‘zga tashlanmagan holda kishining husniga tabiiy latofat va nafosat beradigan, uning ayrim kamchiliklarini bilintirmaydigan ust-bosh kiygan ma’qul. Insonning did-farosati kiyim-boshida, xatti-harakatlarida, o‘zini tuta bilishida ko‘zga tashlanadi. Samimiy, oq ko‘ngil, o‘ziga talabchan, umumiy tarbiyalangan kishi tashqi ko‘rinishida sun’iylik, qalbakilikni ko‘rsatuvchi biron-bir be’manilikka yo‘l qo‘ymaydigan tarzda kiyinishga, o‘zini shunga munosib tutishga harakat qiladi. Didli-farosatli kishi hamisha ana shu qiyofasini saqlab qoladi. Òashqi qiyofaga e’tibor berish ichki ma’naviy go‘zallikning ifodasi hisoblanadi. Gap nafosat, go‘zallik haqida borar ekan, xalqimizda pokiza, saranjom-sarishta, pok tabiat kishilarga nisbatan ishlatiladigan „nazokat“ tushunchasi haqida bir-ikki to‘xtash joizdir. Òarbiyashunos alloma Abdulla Avloniy o‘zining „Òurkiy guliston yoxud axloq“ asarida insonlarga, ayniqsa, xotin-qizlarga yarashiqli „nazokat“ fazilatiga alohida urg‘u berib, shunday degan: „Nazokat“ deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokni keng va o‘tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga sabab bo‘lur. Poklik ila har xil kasallardan qutulib, jonimizning qadrini bilgan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatligimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadir. Yirtiq, eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog‘ini chiqarib yurmoq zo‘r ayb va gunohdir. Chunki bu ish shariatga ters, tarbiyati badanga zid, ham bir yilga yetadigan kiyimlar olti oyga yetmay yirtilib tamom bo‘ladur. Bu isrof, mol qadrini bilmaslikdir. Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak. Baliqning hayoti suv ila bo‘lganidek, insonning salomatligi havo iladur. Agar tan pok bo‘lib, yuvilib turmasa, quloq kir bo‘lsa, eshitmagani kabi badan ham o‘ziga kerak bo‘lgan havoni ichiga ololmas, ichidagi rutubat ham kirdan o‘tub chiqib ketolmas, chunki badan elak kabi ko‘zlikdir. Agar ko‘zi kir bo‘lsa, un turib suv ham o‘tmas, shuning uchun tamizi bo‘lmagan kishilar qo‘rqinchli kasallarga tezgina giriftor bo‘lurlar. Shodliklari g‘amda, oltindan qadrli umrlari kasalxonalarda o‘tar. Mana shularga rioya qilib, shariatimiz bizga poklikni farz qilmushdir. Xalqi olam suygusidir tozalik, pokni, Poklik orttirgusidir fahm ila idrokni. Har kishini ko‘ksida poklik nishoni bo‘lmasa, Òozalik maydonidan quvg‘aylar ul bepokni“. Qissadan hissa: poklik, ozodalik, saranjom-sarishtalik — yuksak didlilik iymon salomatligidan darak beruvchi sifatlardir.

Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin