14
dеflеgmatorda kеng qismlarining soni qanchalik ko’p bo’lsa, sovitgichga
boradigan bug' tarkibida qaynash harorati yuqori bo’lgan suyuqlik shunchalik kam
bo’ladi.
Fraktsiyali haydash
Suyuq aralashmalarni turli temperaturada haydash yo`li
bilan alohida
idishlarga yig`ish usuli fraktsiyalarga bo`lib haydash deyiladi. Suyuqlanish
temperaturasi bir – biriga yaqin suyuqliklar aralashmasini ayrim fraksiyalarga
bo`lib haydash yo`li bilan tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.
Buning uchun
kimyo laboratoriyasida deflegmatorlardan, sanoatda rektifikatsion kolbadan
foydalaniladi.
Suyuqliklar aralashmasini fraktsiyalarga bo`lib
haydashda termometr
bilan jihozlangan deflegmator probka vositasida haydash kolbasiga o`rnatilib,
uning yuqori qismidan chiqarilgan naycha sovutkichga ulanadi.
So`ngra suyuqlik aralashmasi qaynatiladi, bunda suyuqlik bug`i
deflegmator naychasida kondensatlanadi.
Bug` deflegmatorning keng qismiga o`tganda anchagina issiqlikni
yo`qotib, bug`ning bir qismi suyuqlikga aylanadi. Lekin bu suyuqlik tezda kolbaga
qaytib tushmaydi, chunki naylar o`rtasiga shisha sharcha qo`yilgan bo`lib, shu bug`
bosimi ta’siridan ko`tarilganda bug` nayga o`tadi, lekin suyuqlik o`ta olmaydi.
Shuning uchun deflegmatorning keng qismida hamma vaqt ozroq miqdor suyuqlik
bo`lib, u qaynab turadi. Lekin naydagi suyuqlikning
qaynash temperaturasi
kolbadagi suyuqlikning qaynash temperaturasidan past bo`ladi.
Deflegmatorda suyuqlik yuqoriga ko`tarilgan sari, uning keng
naychalaridagi suyuqlikning qaynash temperaturasi pasayib boradi. Demak,
deflegmatorning har qaysi keng naychasini alohida suyuqlik haydalayotgan kolba
deb haydash mumkin. Shu sababli deflegmatorning keng naylari qancha ko`p
bo`lsa, sovutkichga boradigan bug` tarkibida qaynash temperaturasi yuqori bo`lgan
suyuqlik shuncha kam va suyuqliklar aralashmasini tarkibiy
qisimlarga ajratish
oson bo`ladi
(15rasm).
Dostları ilə paylaş: