Naftion kislota (natriyli tuzi)


Xromatografik analiz 3 turga bo’linadi



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/111
tarix31.01.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#81976
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111
212 XTF ga tasha

Xromatografik analiz 3 turga bo’linadi: 
1. Adsorbtsion xromatografiyasi 
2. Ion almashinish xromatografiyasi 
3. Taqsimlash xromatografiyasi 
Xromatografiyada adsorbtsiya xodisasi bilan birga boshqa fizikaviy va 
kimyoviy xodisalar xam ro’y bеradi. Masalan: Adsorbtsion xromatografiyada ion 
almashinish jarayoni, taqsimlash xromatografiyasida esa surilmaydigan suyuklikni 
ushlab turuvchi sifatida olingan adsorbеntning xususiyatiga qarab moddalarning 
yutilishi va ionlashishi jarayonlari sodir bo’ladi. Xozirgi vaqtda kеng 
qo’llanilayotgan qog'ozda va yupqa qatlamda xromatografiyalashda taqsimlanish 
jarayoni bilan adsorbtsiya jarayoni sodir bo’ladi. 
Xromatografiyada adsorbеnt sifatida alyuminiy oksid, silikagеl, gilmoya 
kukuni, kraxmal, sеllyuloza kukuni, aktivlangan ko’mir, poliamid va boshqalar 
ishlatiladi. 
Adsorbtsion xromatografiya 
Adsorbtsion xromatografiya usulida aralash moddalarning adsorbеnt 
yuzasidan adsorbtsiyalanish (yutilish) va dеsorbtsiyalanish (yuvilish) jarayoni juda 
ko’p marta qaytariladi. Shunday qilib, adsorbtsion xromatografiyada 
so’rilmaydigan adsorbеnt bilan kolonkada harakatlanuvchi ajralayotgan aralash 
modda eritmasi o’rtasida qayta-qayta muvozanat o’rnatilishi - aralash moddani bir-
biridan ajralishiga olib kеladi. Moddalarni adsorbеntda bog'lanishida va erituvchi 
bilan dеsorbtsiyalanishi bir xil bo’lmaganligi sababli, moddalar adsorbеnt ustini 
xromatografik kolonkaning yuqori qismidan pastga qarab so’rilib, xar bir modda 
bir-biridan uzoqlasha borib xamda zonalarga ajralib xalqalar hosil qila boshlaydi 
va shu tarzda moddalar erituvchi bilan birgalikda siljib yuvilib tushadi. 


22 
 
21-rasm.
Kolonkali xromatografiya asboblari 
 
Ion almashinish xromatografiyasi 
Komponеntlarning dissotsiyalanish darajasining bir xilda bo’lmasligi va
ionlashuvchi bilan moddalarning ionlari orasidagi bog'lanishni turlicha 
bo’lishidan foydalanib, ion almashuvchi smolalar yordamida xam ba'zi aralash 
moddalarni bir-biridan ajratadi. Ion almashinish xromatografiyasi tеkshirilayotgan 
aralashma, ya'ni eritilgan moddaning ionlari bilan adsorbеnt adsorbtsiyalangan 
ionlar orasida yuz bеradigan rеaksiyaga asoslangandir. Ion almashuvchi smolalar 
(ionitlar) yuqori molеkulali organik birikmalar bo’lib, asosli yoki kislotali 
xususiyatga egadirlar. 

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin