23
xamda tеkshirish mumkin. Xozirgi vaqtda yupqa qatlamdagi xromatografiya uchun
alyuminiy folgaga silikagеl yopishtirilgan tayyor plastinkalar - "silufollar" ko’prok
ishlatiladi.
Taqsimlash xromatografiyasi bo’linayotgan aralashmadagi komponеntlarni
o’zaro bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik o’rtasidagi taqsimlanish
koeffitsiеntini turlicha bo’lishiga asoslangandir. Taqsimlash xromatografiyasi xam
o‘z navbatida yupqa qatlamda qog'ozda xromatografiyalash va kolonkada
xromatografiyalash turlariga bo’linadi. Bundan tashqari gaz xromatografiyasini
xam taqsimlash xromatografiyasining bir turi dеb qarash mumkin. Polyar
birikmalarining taqsimlash xromatografiya usuli bilan ajratishda siljimaydigan
faza, suv, so’riluvchi faza suv bilan aralashmaydigan organik erituvchi, masalan,
dietilefir, butanol bo'lib, unga ma'lum miqdorda suv qo’shiladi yoki uni suv bilan
to’yintiriladi.
Dostları ilə paylaş: