50
Reaktivlar: 4,5 ml yangi haydalgan anilin, 6 ml sirka angidrid.
100 ml sig’imli konussimon kolbaga 4,5 ml anilin va 20 ml suv quyiladi.
Hosil qilingan emulsiyaga 6 ml sirka angidrid qo’shiladi. Kolbaga probkali havo
sovutkich kirgiziladi va suv hammomida qizdiriladi (suvning temperaturasi 70-
80
0
C), vatqi-vaqti bilan aralashma yaxshilab chayqatib turiladi. Kolbadagi modda
eritmaga o’tgach (taxminan 10 daqiqadan keyin), kolba oldin havoda, so’ngra muz
va suv aralashmasi solingan hammomda sovutiladi. Hosil bo’lgan cho’kma –
atsetanilid Byuxner varonkasida filtrlanadi, filtrda muzli ozroq suv bilan yuviladi
va filtr qog’oz orasiga olib quritiladi. Atsetanilidni suvdan qayta kristallab olish
mumkin uning miqdori 5,5 ga teng.
Suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi (114
0
C).
Atsetanilid (N-fenilatsetamid, antifebrin, N – atsetilanilin, sika kilotaning
fenilamidi)-rangsiz, hidsiz, kristall modda. Suvda rombik bargchalar ko’rinishida
kiristallanadi. Efirda, xloroformda metanolda yaxshi eriydi. Molekulyar massasi
135,17; suyuqlanish temperaturasi 114
0
C; qaynash temperaturasi 305
0
C; zichligi
1,0261 gr/sm.
Dostları ilə paylaş: