Naftion kislota (natriyli tuzi)


Asboblar: tubi yumaloq kolba, qaytarma sovitgich, lakmus qog`oz,  ajratgich voronka, Vyurs kolbasi, suvhammomi. Ishni bajarish tartibi



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/111
tarix31.01.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#81976
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111
212 XTF ga tasha

Asboblar: tubi yumaloq kolba, qaytarma sovitgich, lakmus qog`oz, 
ajratgich voronka, Vyurs kolbasi, suvhammomi.
Ishni bajarish tartibi:
Tubi yumaloq 100ml sig`imli kolbaga 10 g benzol kislota, 33 ml absalyut 
etil spirt va 1 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi. Aralashma yaxshilab 
aralashtiriladi. Kolbaga xlor kalsili naycha kiygizilgan qaytarma sovitgich ulanadi. 
Kolba qaynab turgan suv hammomida 4 soat davomida doimo aralashtirib turgan 
holatda qizdiriladi. Keyin sovitgich pastga qiya qilib ulanadi va reaksiyaga 
kirishmay qolgan etil spirt haydaladi. Qoldiq sovitilib, unga 80 ml sovuq suv 
quyiladi va qattiq natriy karbonat bilan neyrtlanadi. Natriy karbonat kuchsiz 
ishqoriy muhit (lakmus bo`yicha) hosil bo`lguncha oz – ozdan qo`shiladi. 
Aralashmaga natriy karbonat qo`shilganda reaksiyaga kirishmay qolgan benzol 
kislota tuzga aylanadi, ya’ni benzol kislotaning natriyli tuzi hosil bo`ladi. Bu tuz 
aralashma dietil efir bilan ekstraksiya qilinganda efirga o`tmaydi. Ikki fazali 


49 
aralashma ajratgich voronkaga quyiladi va benzol etil efir 3 – 4 marta dietil efir 
bilan (15 ml dan) ekstraksiya qilinadi. Efir so`rimlarini qo`shib kalsiy xlorid bilan 
quritiladi. Keyin eritma Vyurs kolbasiga quyiladi, dietil efir suv hammomida 
haydaladi. Kolbani quriguncha artib sovitgichni hova sovitgichiga aralashtirib 
benzol etil efir haydaladi. 210 – 214 C da qaynaydigan fraksiya yig`ib olinadi. 
Benzoletil efirning unumi 11 g.
Benzol etil efirini vakumda haydash tavsiya etiladi.
Benzoletil efir (etil benzoat, etilbenzoilkarboksilat) – meva hidini 
eslatuvchi rangsiz suyuqlik, dietil efir bilan aralashadi. Etanol va xloformda eriydi, 
suvda deyarli erimaydi (100 gr suvda 0,08 gr eriydi) Molekulyar massasi 150,18; 
suyuqlanish temperaturasi 34,6 C;
Qaynash temperaturasi =216, 6 
0
C; d
20
=1,047; n
20 
=1,32.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin