Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə1/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23


lam benzol, izoamilatsetat, sirka kislota va izoamil spirt aralashmasidan iborat bo‘lib, yig‘ilib, kolbaga daytib tushaveradi. «Lovushka»dagi suvning miqdori o‘zgarmay qolganda yoki tenglama bo‘yicha hisob qilingandagi miqdor hosil bo‘lganda (3-4 soat), reaksiya nihoyasiga etgan deb hisoblanadi. Reaksiya tugagach, kolbadagi aralashma va «lovushka»dagi suyuqlik Vyurs kolbasiga quyiladi. Vyurs kolbasiga termometr o‘rnatib, oqimi pastga qiya qilib sovitgich ulanadi. Kolba qumli hammomda qizdiriladi, 80-810C da benzol haydaladi. Kolba sovigandan keyin undagi qoldiq ajratgich voronkaga quyiladi. Ikki mar­ta suv bilan (25-30 ml dan) neytral muhit hosil bo‘lguncha (muhit lakmus yordamida tekshiriladi) 10 foizli natriy karbonat eritmasi va yana suv bilan yuviladi. Izoamilatsetat (yuqori qatlam) suv qismidan ajratiladi, konussimon kolba­ga quyilib, suvsiz natriy sulfat yoki kalsiy xlorid bilan quritiladi. Agar aralashmaning suv qismi efir qismidan yomon ajralsa, unda aralashmaga 2,5 g natriy xlorid qo‘shib aralashtiriladi. Tuz qo‘shilganda murakkab efirning suvda eruvchanligi kamayadi. Sirka izoamilatsetat Vyurs kolbasidan yoki deflegmatorli tubi yumaloq kolbadan haydaladi (31-rasm), bunda 138-142°С atrofida qaynaydigan fraksiya ajratib olinadi. Uning unumi 13 g.
Shu usul bilan sirkabutil efir ham sintez qilish mumkin.
Sirka izoamil efir (izoamilatsetat) - rangsiz, yoqimli hidli (nok essensiyasi) suyuqlik. Efir va etanol bilan aralashadi, 25°C da 100 g suvda 0,16 g izoamilatsetat eriydi. Molekulyar massasi 130,19; suyuqlanish temperaturasi - 78,50C; qaynash temperaturasi 138 – 1400C; ,8699; 1,4053.
Sifatreaksiyasi. Gidroksamli namuna (98- betga qaralsin, «Sirkaetil efir»).

  1. Benzoyetil efir.

C6H5COOH C2H5-OH ⇆ C6H5COOC2H5 + H2O
Reaktivlar. 10 g benzoy kislota, 33 ml absolyut etil spirt, sulfat kis­lota (d-1,84), natriy karbonat, kalsiy xlorid.
Tubi yumaloq 100 ml sig‘imli kolbaga 10 g benzoy kislota, 33 ml absolyut etil spirt va 1 ml konsentrlangap sulfat kislota solinadi. Aralashma yaxshilab aralashtiriladi. Kol­baga xlor kalsiyli naycha kiygizilgan qaytarma sovitgich ulanadi. Kolba qaynab turgan suv hammomida 4 soat davomida doimo aralashtirib turgan holda qizdiriladi. Keyin sovitgich pastga qiya qilib ulanadi va reaksiyaga kirishmay qolgan etil spirt haydaladi. Qoldiq sovitilib, unga 80 ml sovuq suv quyiladi va qattiq natriy karbonat bilan neytrallanadi. Natriy karbonat kuchsiz ishqoriy muhit (lakmus bo‘yicha) hosil bo‘lguncha oz-ozdan qo‘shiladi. Aralashmaga natriy karbonat qo‘shilganda reaksiyaga kirishmay qolgan benzoy kislota tuzga aylanadi, ya’ni benzoy kislotaning natriyli tuzi hosil bo‘ladi. Bu tuz aralashma dietil efir bilan ekstraksiya kilinganda efirga o‘tmaydi. Ikki fazali aralashma ajratgich voronkaga quyiladi va benzoyetil efir 3-4 marta dietil efir bilan (15 ml dan) ekstraksiya kilinadi. Efir so‘rimlarini qo‘shib, kalsiy xlorid bilan quritiladi, Keyin eritma Vyurs kolbasiga quyiladi, dietil efir suv hammomida haydaladi. Kolbani quriguncha artib sovitgichni havo sovitkichiga almashtirib, benzoyetil efir haydaladi. 210-214°C da qaynaydigan fraksiya yig‘ib olinadi. Benzoyetil efirning unumi 11 g.
Benzoyetil efirni vakuumda haydash tavsiya etiladi.
Yuqoridagiga o‘xshash usul bilan dolchin kislotaniig etil efirini ham olish mumkin (qaynash temperaturasi 271°C).
Benzoyetil efir (etil benzoat, etilbenzoilkarboksilat) - meva hidini eslatuvchi rangsiz suyuqlik, dietil efir bilan aralashali, Etanol va xloroformda eriydi, suvda deyarli erimaydi (100 g suvda 0,08 g eriydi). Molekulyar massasi 150,180C; suyuklanish temperaturasi-34,60C; qaynash temperaturasi 212,6°C; 1,047; 1,3200.
Sifat reakspyasi. Benzoyetil efirning gidrolizlanishi. Kichkina, tubi yumaloq kolbaga 1 ml benzoyetil efir va 20 ml 10 foizli kaliy gidroksid eritmasi hamda qaynatgich solib, aralashmani asta-sekin efirning moysimon qatlami yo‘qolguncha (30 min) qizdiriladi. Keyin eritmaga suyultirilgan xlorid kislota qo‘shib, kislotali muhitga keltiriladi. Kolba muzli suv bilan sovitilganda benzoy kislota kristallga tushadi.

  1. Oksalat kislotaning dietil efiri.

COOH - COOH + C2H5OH ⇆ COOC2H5 - COOHC2H5 +H2O

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin