Reaktivlar. 5 gr qayta kristallantirilgan β – fenol ( suv, suyultirilgan etil spirt yoki tetraxlormetanda suyultirilgan). 5,3 ml sirka angidrid, 2,5 gr natriy gidroksid etil spirt.
250 ml sigʻimli, tubi yumaloq kolbada 5 g β -naftol 25 ml 10 protsentli natriy gidroksidda eritiladi. Eritmaga 63 g maydalangan muz va 5,3 ml sirka angidrid qoʻshiladi (Ehtiyot buling! Sirka angidrid teriga taʼsir qiladi). Kolba havo sovitgich oʻrnatilgan probka bilan berkitiladi va 15-20 minut davomida kuchli chayqatiladi. Natnjada r-naftilatsetatning rangsiz kristallari hosil boʻladi. Choʻkma filtrlanadi va filtrda suv bilan yuviladi, soʻng havoda quritiladi. Hosil boʻlgan mahsulotni tozalash uchun u suyultirilgan etil spirt yoki benzindan (saynash temperaturasn 60-80°C) qayta kristallantiriladi.
β -Naftilatsetatning miqdori 6,5 g.
Suyuqlanpsh temperaturasi aniqlanadi (68,5°C).
β -Naftilatsetat (atsetat 2-naftol) rangsiz kristall modda. Etanolda ignasimon koʻrinishda kristallaiadi. Efirda, xloroformda eriydi, suvda erimaydi. Molekulyar massasi 186,21; suyuqlanish temperaturasi 68,5°C.
Sifat reaksiyasi. naftilatsetatning gidrolizlanishi. 0,2-0,3 g r-naftilatsetat probirkaga solinadi, ustiga 3 ml suv, ozgina ishqor eritmasi quyiladi va aralashma 1-2 minut qaynatiladi. Keyni eritmani sovitib, kislotali muhit hosil boʻlguncha xlorid kislota eritmasidan qoʻshiladi. Uning ustiga ozroq xloroform va bir necha tomchi temir (III)-xlorid eritmasi qoʻshiladi. Yashil rang hosil boʻladi (β -naftolga reaksiya) .
36. Benzonaftol.
Reaktivlar. 0,36 g r- naftol, 0,4 ml benzoil xlorid, 0,5 g natriy gidroksid, etil spirt.
Ish moʻrili shkafda olib boriladi! Benzoil xlorid shiliq pardalarga taʼsir qiladi.
0,36 g r-naftol probirkada 10 protsentli natriy gidroksidning 5 ml eritmasida eritiladi va keyin qattiq chayqatib turib 0,4 ml benzoil xlorid qoʻshiladi. Aralashmani chayqatib turib, ehtiyotlik bilan gaz alangasida benzoil xlorid eriguncha qizdiriladi (Qaynab ketmasin!). Soʻngra reaksion aralashma suv bilan sovitiladi. Bunda benzonaftol choʻkmaga tushadi. Choʻkma filtrlanadi, oldin 5 protsentli natriy gidroksid eritmasi, keyin suv bilan yuvib havoda yoki eksikatorda quritiladi. Benzonaftolni tozalash uchun u etil spirtda qayta kristallantiriladi (16-rasm). Uning miqdori 0,6 g.
Suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi (107-108°C).
Benzonaftol (2-naftol benzoat)-kristall modda, issiq etanolda oson eriydi, efirda qiyin eriydi, suvda erimaydi. Molekulyar massasi 248,28; suyuqlanish temperaturasi 107- 108”С
Sifat reaksiyasi (110-betdagi « β- naftilatsetatjga qarang).