Reaktivlar. 15 g suvsiz oksalat kislota, 23 ml absolyut etil spirt, vodorod xlorid (gaz), sulfat kislota (d-1,84), natriy karbonat, kalsiy xlorid, natriy xlorid.
Ish mo‘rili shkafda o‘tkaziladi! Oksalat kislota teriga va nafas yo‘llarining shiliq pardalariga ta’sir qiladi. Vodorod xlorid shiliq pardalarga ta’sir etadi.
Tubi yumaloq 100 ml sig‘imli kolbaga kukun holidagi suvsiz oksalat kislotadan 15 g solib, ustiga 23 ml absolyut etil spirt quyiladi. Kolbaga ikki shoxli forshtoss yordamida suvli qaytarma sovitgich (16-rasm) va kolba tubigacha tushadigan to‘g‘ri burchak ostida egilgan shisha nay ulanadi. Sovitgichga kalsiy xloridli nay ham ulanadi. Egik nay orqali reaksion aralashmaga gaz holidagi vodorod xlorid yuboriladi (44- rasm). Bu vaqtda aralashma kuchli isiydi. 10 minutdan keyin kolba HCl gazi yuborish davomida muzli suv hammomiga qo‘yiladi. Vodorod xlorid eritmada yutilmay, kalsiy xloridli nay orqali chiqib keta boshlaguncha vodorod xlorid yuborish davom ettiriladi. Bunda oksalat kislotaning hammasi erishi kerak. Reaksiya nihoyasiga etgandan keyin kolbadagi suyuqlik aralashtirib turib, 50 g maydalangan natriy karbonat va 150 g maydalangan muz solingan stakanga quyiladi. Oksalat kislotaning ajralib chiqqan dietil efiri ajratib olinadi. Buning uchun aralashmani ajratgich voronkaga quyib, ozgina suv bilan yuvib, efir qismini ajratib olib, kalsiy xlorid bilan quritiladi va Vyurs kolbasida haydaladi. 184-188°C da qaynaydigan fraksiya yig‘ib olinadi. Oksalat kislota dietil efirining unumi 12 g.
Oksalat kislotaning dietil efiri (etiloksalat) - bir oz yoqimli hidli, rangsiz suyuqlik. Dietil efir, etanol bilan aralashadi, suvda kam eriydi. Molekulyar massrsi 146,15; suyuqlanish temperaturasi - 40,6°C; qaynash temperaturasi 185,4°C; ; 1.4101.
Sifat peaksiyasi (gidroliz) 1 ml oksalat kislota dietil efiri 10 foizli natriy karbonat eritmasi bilan to‘liq erib ketguncha qaynatiladi. Hosil bo‘lgan gidrolizatga sirka kislota ta’sir ettiriladi va ustiga 5 foizli kalsiy xlorid eritmasidan qo‘shiladi. Kalsiy oksalat cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
CHumoli kislotaning etil efiri.