Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar


Salitsil kislotaning izoamil efiri



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə5/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

29. Salitsil kislotaning izoamil efiri.

Reaktivlar. 11,5 g salitsil kislota, 90 ml izoamil spirt, sulfat kislota (p=1,84), natriy karbonat, suvsiz natriy sulfat.
Salitsil kislotaning izoamil efiri salitsil kislotaning metil efirini olish usuli bilan olinadi. Farqi shundaki, birinchidan, reaksiyaga kirishmay qolgan ortiqcha izoamil spirt aralashmani suv hammomida emas, asbest toʻr ustida dizdirish bilan xaydaladi. Ikkinchidan, salitsil kislotaning quritilgan izoamil efiri vakuumda haydaladi. 151-152°C da (15 mm sim. ust.) qaynaydigan fraksiya yigʻiladi. Efirning miqdori 8 g.
Salitsil kislotaning izoamil efiri (izoamilsalitsilat, izoampl-a-oksibenzoat) - sargʻish rangli suyuqlik, beda yoki baʼzi orxidiya turidagi oʻsimliklarning hidiga oʻxshash hidga ega. Dietil efir bilan aralashadi, xloroformda eriydi, 100 g etanolda 33 g efir eriydi. Suvda deyarli erimaydi (22°C da 100 g suvda 0,004 g efir eriydi). Molekulyar massasi 208,26; qaynash temperaturasn 273°C; 15 mm sim. ust. da 151 -152°C; 12 mm sim. ust. da 128-130°C; 1,042.
Sifatreaksiyasi. (104- betdagi «Salitsil kislotaning metil efiri»ga qaralsin).
30. Qahrabo kislotaning dietil efiri.

Reaktivlar. 9 g kahrabo kislota, 28 ml etil spirt, sulfat kislota (d-1,84), toluol, suvsiz natriy karbonat.
100 ml sigʻimli Vyurs kolbasiga 9 g kahrabo kislota, 28 ml etil spirt, 12 ml toluol va 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota solinadi. Kolbaga termometr va suvli sovitgich (29- rasm) oʻrnatiladi va kolba moy yoki glitserinli hammomda aralashma kuchsiz qaynaguncha qizdiriladi. 74-80°C temperaturada etil spirt, toluol va suvdan iborat azeotrop aralashma haydaladi. Distillyat 12,5 g suvsiz natriy karbonat bilan quritiladi va yana; Vyurs kolbasiga quyib, haydalayotgan bugʻning temperaturasi 80°C ga yetguncha qayta haydaladi. Qoldiqni vakuumda haydab, qahrabo kislotaning dietil efiri yigib olinadi (35-rasm). 105°C da (15 mm sim. ust.) qaynaydigan fraksiya yigʻiladi. Efirning miqdori 11,5 g.
Qahrabo kislotaning dietil efiri (etilsuksinat) -rangsiz suyuqlik, etanol va dietil efir bilan aralashadi, suvda erimaydi. Molekulyar mgssasi 174,20; suyuqlanish temperaturasi - 21°C; qaynash temperaturasi 217,7°C; 15 mm sim. ust. da 105°C; 6 mm sim. ust. da 85 - 86°C; 1,0402; 1.4200.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin