Reaktivlar. 11,5 g salitsil kislota, 34 ml suvsiz metil spirt, sulfat kislota (d-1,84), natriy karbonat, suvsiz magniy sulfat.
Ishlash vaqtida ehtiyot boʻlish kerak! Metil spirt - oson uchuvchan, zaxarli modda.
Tubi yumalod 100 ml sigʻimli kolbaga 11,5 g salitsil kislota, 34 ml suvsiz metil spirt solinadi va qattiq chayqatib turib, asta-sekin 3,4 ml konsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi. Kolbaga qaytarma sovitgich ulanadi va suv xammomida 6 soat davomida sekin qizdiriladi. keyin sovitgich oqimini pastga qiya qilib oʻzgartib, reaksiyaga kirishmagan ortiqcha spirt xaydaladi. Aralashma soviganidan keyin ajratgich voroikaga quyiladi va 100 ml suv bilan chayqatiladi. Yuqorigi qatlamni (moysimon) ajratib olib, oldin 10 ml suv, soʻng natriy karbonatning konsentrlangan eritmasi bilan ishqoriy muxit xosil boʻlguncha yuviladi. Muxit lakmus qovozi bilan aniqlanadi. (Ehtiyot bo’ling! Karbonat angidrid ajralib chidadi), soʻng yana suv bilan yuviladi. Agar salitsil kislotaning metil efirini yuvish vaqtida emulsiya xosil boʻlsa, unga taxminan 5 ml tetraxlormetan qoʻshiladi. Kuchli chayqatilgandan soʻng emulsiya qatlamlarga boʻlinadi: salitsil kislotaning metil efiri tetraxlormetan bilan pastki qatlamga boʻladi. Bu efirni ajratib olib, suvsiz magniy sulfat bilan (taxminan 1,7 g) 5 soat davomida quritiladi. Keyin quruk. efir kalta boʻyinli kichkina Vyurs kolbasida filtrlanib, xaydaladi. 224-225°C da xaydaydigan fraksiya yigʻib olinadi. Haydashni yaxshisi vakuumda bajarish kerak. Bunday xolda 115 - 117°C da (20 ml sim. ust.) xaydaydigan fraksiya yigʻiladi. Unumi 10 g.
Salitsil kislotaning metil efiri (metil salitsilat, gaulter moyi) - rangsiz suyudlik, plyush (gaulter) moyining xidi keladi. Etanol va dietil efir bilan aralashadi, muz sirka kislotada, uglerod sulfidda eriydi, 70°C da 100 g suvda 0,074 g modda eriydi. Molekulyar massasi 152,15; suyuqlanish temperaturasi - 8,6°C; qaynash temperaturasi 223oC (12 mm sim. ust. 101°C); 1,1840.
Sifat reaksiyasi. 1 tomchi metil salitsilat spirtda eritiladi. Hosil boʻlgan eritma ozroq suv bilan suyultiriladi va unga 2-3 tomchi 2 protsentli temir (III)-xlorid eritmasidan qoʻshiladi. Qizil-binafsha rang hosil boʻladi (fenolning gidroksil gruppasiga reaksiya).