Reaktivlar. 15 g malein angidrid, 50 ml metil spirt, sulfat kislota (p=1,84), suvsiz natriy karbonat, brom, tetraxlormetan.
Ishlash vaqtida ehtiyot boʻlish kerak! Metil spirt oson uchuvchan va zaharlidir.
1. Malein kislotaning dimetil efiri Tubi yumaloq 100 ml sigimli kolbaga 7,5 g malein angidrid, 50 ml metil spirt, 2-3 tomchi konsentrlangan sulfat kislota va bir necha qaynatgich solinadi. Kolbaga suvli qaytarma sovitgich ulanadi va moyli hammomda 1 soat sekin qaynatiladi. Reaksiya davomida malein kislotaning dimetil efiri (sis-izomer) fumar kislotaning dimetil efiriga (transizomer) izomerlanmasligi uchun kolba asbest bilan berkitilib, yorugʻdan himoya qilinadi. Reaksiya nihoyasiga yetgach aralashma xona temperaturasigacha sovitiladi va suvsiz natriy karbonat bilan neytralanadi (Ehtiyot boʻling! Karbonat angidrid ajralib chiqadi). Neytrallashdan keyin reaksiyaga kirishmay qolgan metil spirt suv hammomida haydaladi. Qoldiqni vakuumda haydab, 89°C da (12 ml sim. ust.) qaynaydigan malein kislotaning dimetil efiri yigʻib olinadi. Efirning miqadori 6,5 g.
Malein kislotaning dimetil efiri - rangsiz suyuqlik, dietil efirda eriydi, suvda erimaydi. Molekulyar massasi 144,13; suyuk- lanish temperaturasi -19°C; qaynash temperaturasi 205°C; 102°C (17 mm sim. ust. da); 1.160; l,4415.
2. Fumar kislotaning dimetil efiri. Tubi yumaloq kichkina kolbaga malein kislotaning dimetil efiri 5 g va 5 prosentli bromning tetraxlormetandagi eritmasidan 5 tomchi quyiladi. Kolbaga qaytarma sovitgich ulanadi va stakandagi qaynab turgan suvda 15 minut qizdirladi. Reaksion aralashma shu vaqtda 250 vt elektr lampochka bilam yoritiladi. Keyin kolba muzli suv hammomida sovitiladi, fumar kislota dimetil efirining kristallari choʻkmaga tushadi. Choʻkma vakuumda filtrlanadi va suvda yuviladi, shisha probka bilan bosib filtrda siqiladi. Keyin havoda quritiladi. Efirning miqdori 3,5 g ga yaqin.
Fumar kislotaning dimetil efiri (dimetil fumarat)- rashsiz kristall modda, xloroformda eriydi, etanol va dietil efirda qiyin eriydi, suvda erimaydi. Molekulyar massasi 144,13; suyuqlanish temperaturasi 192°C.