Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə11/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

Reaktivlar. 4,7 g fenol, 8,5 ml benzoil xlorid, 8 g natriy gidroksid, etil spirt.
Ish murili shkafda olib boriladi!
Benzoil xlorid shiliq pardalarga taʼsir qiladi. Fenol bilan ishlaganda qoʻlqop kiyish va himoya koʻzoynagi taqish kerak.
150 ml sigimli konussimon kolbada 8 g natriy gidroksidning 72 ml suvdagi eritmasi tayyorlanadi va ustiga 4,7 g fenol solib eritiladi. Soʻngra reaksion aralashmaga 8,5 ml benzoil xlorid qoʻshiladi. Kolbaga qaytarma sovitgich oʻrnatib, benzoil xloridning hidi yoʻqolguncha kuchli chayqatiladi (taxminan 20 minut). Hosil boʻlgan fenilbenzoat choʻkmasi Byuxner voronkasida filtrlanadi, suv bilan yaxshilab yuvib, havoda quritiladi.
Fenilbenzoat qayta kristallga tushirish yoʻli bilan etil spirtdan tozalanadi (16-rasm). Buning uchun hali ishlanmagan xom mahsulot qaytarma sovitgichli tubi yumaloq kolbaga solinadi va qizdirib turib 19 ml etil spirtda eritiladi. Qaynoq eritma filtrlanadi, buning uchun issiq holda filtrlanadigan voronkalar ishlatiladi. Eritma sovitilganidan keyin benzoy kislota fenil efirining hosil boʻlgan kristallari Byuxner voronkasida soʻrib olinadi va havoda quritiladi. Uning miqdori 8 g ga yaqin.
Suyuklanish temperaturasi aniqlanadi (70°C).
Beizoy kislotaiing fenil efiri (fenilbenzoat) - rangsiz kristall modda. Efirda va etanolda eriydi, suvda qiyin eriydi. Molekulyar massasi 198,22; suyuqlanish temperaturasi 70°C; qaynash temperaturasi 314°C; 1,235.
Sifat reaksiyalari. 1. Gidrolizlanishi va temir (III)-xlorid bilan reaksiyasi (110-betdagi “r-Naftilatsetat”). Temir (III)-xlorid bilan reaksiya oʻtkazish uchun gidrolizatning yarmi ishlatiladi.
2. Gidrolizatning ikkinchi yarmida fenolni aniqlash uchun nitrat kislota bilan reaksiya qilipadi (91-betdagi 2-punkt, “Fenetol”ga qarang).
39. Atsetanilid

Reaktivlar. 4,5 ml ligi xaydalgan anilin, 6,0 ml sirka angidrid.
100 ml sigimli konussimon kolbaga 4,5 ml anilin va 20 ml suv quyiladi. Hosil qilingan emulsiyaga 6 ml sirka angidrid qoʻshiladi, Kolbaga probkali havo sovitgich kirgiziladi va suv hammomida qizdiriladi (suvning temperaturasi 70-80°C), vaqt-vaqti bilan aralashma yaxshilab chayqatib turiladi. Kolbadagi modda eritmaga oʻtgach (taxminan 10 minutdan keyin), kolba oldin havoda, soʻngra muz va suv aralashmasi solingan hammomda sovitiladi. Hosil boʻlgan choʻkma atsetanilid Byuxner voronkasida filtrlaiadi, filtrda muzli ozroq suv bilan yuviladi va filtr qogoz orasiga olib quritiladi. Asetanilidni suvdan qayta kristallab olish mumkin. Uning miqdori 5,5 g ga yaqin.
Suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi (114°C).
Asetanilid (N-fenilatsetamid, antifebrin, N-atsetilanilin, sirka kislotaning fenplamidn) - rangsiz, hidsiz, kristall modda. Suvda rombik bargchalar koʻrinishida kristallanadi; efprda, xloroformda, metanollarda eriydi. Molekulyar massasi 135, 17; suyuqlapish temperaturasi 114°C; qaynash temperaturasi 305°C; 1,02 61.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin