Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik


Xalqaro Krishnanianglash jamiyati



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə56/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Xalqaro Krishnanianglash jamiyati Shrila Bxaktivedanta Svami Prabxupada nomi bilan tanilgan asli hindistonlik Abxay Charan De (1896-1977) tomonidan tashkil etilgan. U 1947 yilda "Veda" falsafasi bilimdoni sifatida "Bxaktivedanta" (sanskr. "sodiqlik", "fidokorona xizmat") unvoniga sazovor bo’ladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga ko’pgina "Veda" matnlari, jumladan, "Bxagavadgita" ("Xudo qo’shiqlari")ni sharhlar bilan tarjima qildi. 1959 yilda 63 yoshida dunyodan voz kechishga ahd qiladi va Svami ("Aql va hissiyotlar egasi") unvoniga erishadi.

1965 yilda A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQShga ko’chib o’tdi va "Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"ga asos soldi. Bu davrda Sharq mistik ta’limotiga nisbatan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini targ’ib qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi. Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida ulaming 150 dan ortiq ibodatxonalari mavjud.


Krishnachilik (vayshnavizm) odam qiyofasidagi xudo Krishna (Vishnu)ga e’tiqod qilishga asoslangan hinduiylikning ikki asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Krishnachilikning muqaddas yozuvlariga "Bxagavatgita"dan tashqari boshqa "Veda" matnlari ham kiradi.

Krishnachilik yakkaxudolikka, ya’ni yagona va mutloq xudo - Krishnani tan olishga asoslanadi. U abadiy, yaratilmagan va cheksiz shakllarga kirish qobiliyatiga ega. Krishnachilik ta’limotiga ko’ra, olam ruhiy va moddiy dunyoga bo’linadi. Insonning ruhi tanasiga nisbatan



144


birlamchidir. Krishnachilar ruhni rivojlantirib ichki komillikka erishish va shu yo’l bilan xudoga qo’shilishni oliy maqsad, deb biladilar.


Har bir inson o’zida Krishnani anglash qobiliyatini rivojlantirishi mumkin. Buning uchun bir qancha harakat shakllarini o’z ichiga olgan va xudoga muhabbatni rivojlantirish hamda uni butunlay ruhiy anglashga sho’ng’ishga qaratilgan bxakta-yoga mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Ayni paytda, inson o ’zini moddiy ehtiyojlardan xoli qilishi, go’sht, baliq, tuxum, mast qiluvchi narsalaming barchasi, jumladan, spirtli ichimliklar, tamaki, qahva, choy iste’mol qilish, nikohsiz jinsiy hayot kechirish va qimor o’yinlardan voz kechishi zarur, deb hisoblanadi.


Krishnachilikda meditatsiya deb ataluvchi, ibodatxonada o’tkaziladigan diniy marosimlar har kuni soatlab bajariladi. U maxsus harakatlar, Sankirtana - birgalikda xudo Krishnani "Xare Krishna, Xare Krishna, Krishna Xare, Xare, Xare Rama, Xare Rama, Rama, Rama, Xare, Xare" degan, maxamantra ("ozod bo’lishning buyuk qo’shig’i")ni kuylash bilan sharaflash amaliyotini qamrab oladi. Bulaming hammasi, ularning ta’biricha, aqlni tozalash, fikrni tashqi dunyodan xalos etish, butun diqqat-e’tibomi xudoga nisbatan muhabbatga yo’naltirish uchun bajariladi.


"Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"da o’z ergashuvchilarining mol-mulklarini jamiyat hisobiga xayr-ehson qilishlari hamda ibodatxonada ruhoniylik vazifasiga o ’tishlari rag’batlantiriladi. Bu ta’limotni qabul qilgan har bir kishiga yangi - sanskritcha nom beriladi. Jamoa a’zolari sari, dxoti va boshqa hind milliy liboslarini kiyadilar.


Krishnachilar tomonidan missionerlik faoliyati o’tgan asming 70-yillarida boshlangan. Ular tomonidan amalga oshiriladigan targ’ibotchilik harakatining o’ziga xos xususiyatlari qatorida ko’chalarda ibodat kiyimlarida yurib qo’shiqlar aytish va adabiyotlarini tarqatish, "Hayot uchun ozuqa" deb nomlanadigan, bepul oziq-ovqat tarqatish aktsiyalari o’tkazilishini ko’rsatish mumkin. Bunday harakatlaming asosiy ob’ektlari sifatida odatda talabalar, maktab o’quvchilari, qariyalar va mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchilar tanlab olinadi.



145




Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin