Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə104/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Darslik – davlat ta’lim standartida belgilangan asosiy o‘quv materialini qamrab olgan holda, bilimlarni talabalar tomonidan mustaqil o‘zlashtirib olishga, ularda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga, kerakli o‘quv materialini mustaqil izlash va topishga, amaliy faoliyatda qo‘llashni o‘rgatish va ijobiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.
Zamonaviy darsliklar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• o‘quv dasturiga mos keladigan va uni to‘laligicha qoplaydigan shaklda yozilishi va o‘quv maqsadining aniq yoritilishi;
• ta’lim oluvchilarni faol bo‘lishga va tanqidiy fikrlashga undash;
• faqat nazariy ma’lumot berish berish bilan cheklanmaslik;
• amaliy ko‘nikmalarini shakllantiruvchi muammoli savollar, loyihalar, mashqlar va ijodiy topshiriqlar berilishi;
• ta’lim oluvchi bilimini o‘zini – o‘zi baholash va mustaqil ta’lim olish uchun imkoniyat yaratishi;
• o‘quv materiali aniq maqsad va vazifalarga yo‘naltirilishi lozim;
• mazmun dalillardan namunalarga, namunadan – farazga, farazdan – izlanishga, izlanishdan – amaliy qo‘llashga, abstrakt – ilmiy bilimdan – aniq kasbiy bilimga, bilimdan amaliy ko‘nikma va kontseptsiyani shakllantirishga o‘tishni ta’minlanishi;
• o‘quv materiali tushunarli, mantiqiy va tizimli bayon etilishi, muhim ma’lumotlar ajratib ko‘rsatilishi;
• milliy xususiyatlar hisobga olinishi;
• topshiriqlar va vazifalar keng – ko‘lamli ta’lim oluvchilar bajaradigan amaliy ishlarni juftlikda yoki kichik guruhlarda tashkil etish imkoniyatini berishi;
• yoshlarni shaxsiy fazilatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi; harakatdagi jarayonlarni ko‘rsatuvchi video materiallarga ega bo‘lishi;
• nazariy, amaliy mazmunining o‘zaro bog‘liq holda ta’minlanishi;
• o‘quv materialini o‘rganish jarayonini osonlashtirish uchun rasmlar, sxemalar hamda chizmalarni qo‘shib joylashtirish;
• mavzularning soddadan murakkabga taqdim etilishi va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash;
• fanlararo va fan ichida o‘zaro bog‘liqlikning ta’minlanishi;
• fan, texnika hamda texnologiyalar so‘nggi yutuqlarining inobatga olinishi;
• fanning o‘qitish texnologiyasi va metodikasi talablariga mos kelishi.
Zamonaviy darslikka muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi savollar, masalalar va topshiriqlarni kiritish orqali talabalarda zaruriy bilimni mustaqil izlash va topishga ehtiyoj hamda qiziqish uyg‘otishi lozim.
Zamonaviy darslik quyidagi asosiy funktsiyalarni bajarishi kerak:
1. Axborotni uzutish funktsiyasi. Bu funktsiya talaba muayyan fan bo‘yicha egallashi majburiy bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar mazmunini qamrab olinishini ta’minlaydi.
2. Muvofiqlashtiruvchi funktsiya. Darslikning bu funktsiyasi o‘quv materialini loyihalash jarayonida boshqa o‘quv manbalarida keltirilgan materiallarni o‘rganish, ular orasidagi uzviylikni ta’minlash, talabalarga axborot oqimini tez o‘zlashtirish va olgan bilimlarni chuqurlashtirish hamda amaliy faoliyat jarayonida qo‘llash yo‘llarini topishni qamrab oladi.
3. Tizimlovchi funktsiya. O‘quv fani mazmunini tizimlangan shaklda qat’iy ketma – ketlikda oddiydan murakkabga qarab bayon qilinishini ta’minlaydi. Darslikning ushbu funktsiyasi, birinchidan, o‘quv materiali kasbiy faoliyatga bog‘liq bo‘lgan asosiy nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zida qamrab olishi; ikkinchidan, darislikda biron – bir faoliyatni bajarish ketma – ketligining ta’minlanishi; uchinchidan, darslikda alohida arakatlar va jarayonlarni bajarishga talabalarning individual ehtiyojlariga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlar berilishi; to‘rtinchidan, o‘quv materiallari o‘zida reproduktiv faoliyat usullarini va unga mos holda produktiv jihatlarni o‘zida qamrob olishi; beshinchidan, tushunchalar va terminlar aniq bir tartibda saqlanishini ta’minlashi kerak.
4. Mutaxassislikka yo‘naltirilganlik funktsiyasi. Darslikning mazmuni talabaning mutaxassislik bo‘yicha ishlab chiqarish va mehnat jarayonlari, ob’ektlari, texnika va texnologiyalari to‘g‘risidagi asosiy fundamental tushuncha va bilimga ega bo‘lishini ta’minlashi hamda kelajakda ularga tayanib yangi ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilish va o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilishi kerak.
shakllantirish uchun xizmat qiladi.
6. O‘zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash va o‘z – o‘zini nazorat qilish funktsiyasi. Talabaning o‘qituvchi rahbarligida yoki mustaqil tarzda darslikdagi nazorat savollari, test materiallaridan foydalanib, o‘z bilimini tekshirishi hamda ularga tayangan holda amaliy mashg‘ulotlarni bajara olish kabi faoliyatlarga ko‘maklashishdan iborat.
7. Mustaqil bilim olishga qiziqtirish va ijodkorlikka undovchi funktsiyasi. Ushbu funktsiya talabalarga mustaqil tarzda ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoq, ehtiyoj va zaruriyatni uyg‘otishi, qiziqtirishi, etishmaydigan bilimlarni mustaqil tarzda to‘ldirishga yordam berishga yo‘naltirilgan.
8. Rivojlantiruvchi – tarbiyalovchi funktsiya. Ushbu funktsiya o‘quv materiallari asosida shaxsning vatani va xalqiga e’tiqodi, ma’naviy – insoniy xislatlar: Vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning faol shakllanishiga ko‘mak berishdan iborat.
1-sxemadagi zamonaviy darslik modeliga muvofiq darslik ikki qismdan iborat bo‘ladi va quyidagii asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi:
Birinchi qismida bosma shakli kitob ko‘rinishida nashr etiladi va uning oxiriga ikki qismga tegishli komponentlar elektron shaklda disketada biriktiriladi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin