Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Y.A.Komenskiyning fikricha, sinf-dars tizimi quyidagi qoidalar asosida tashkil etilishi zarur



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə107/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Y.A.Komenskiyning fikricha, sinf-dars tizimi quyidagi qoidalar asosida tashkil etilishi zarur: 1) mashg‘ulotlarni qat`iy tartib asosida o‘tkazish (eng yaxshi mashg‘ulot ertalabki o‘qishdir); 2) har bir o‘quv predmetiga oid alohida mashg‘ulotlarni tashkil etish (maktabda qat`i tartib-intizom bo‘lishi shart; sinf o‘quvchilarining barchasi bir paytda faqat bir o‘quv predmetini o‘rganishi zarur); 3) bolalarga oldin umumiy ma`lumot berish kerak (o‘quv materiallarini shunday taqsimlash lozimki, unda oldingi mashg‘ulotda o‘rganilgan bilim, keyingi mashg‘ulotda yana rivojlansin); 4) sinf mashg‘ulotlari oldindan aniq belgilanishi kerak (vaqt, shu vaqt ichida bajariladigan ishlar shunday taqsimlansinki, unda biror narsa e`tibordan chetda qolmasin); 5) bolalar o‘z sinflariga mo‘ljallangan (kitoblarni mashg‘ulotga olib kelishsin, kitoblar bolalar uchun donishmandlik manbai sifatida xizmat qilsin); 6) ma`lumot berish yoshlikdan boshlansin (har bir o‘quv predmeti uchun alohida o‘qituvchi bo‘lsin); 7) bolalarda o‘qishga, bilimlarga qizkish havasni uyg‘otish asosiy shartlardan biri (ta`lim metodlari o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklarini kamaytirsin); 8) har bir fan qisqartirilgan, tushunarli qoidalar asosida o‘rganilsin (qoidalar juda ko‘p misollar vositasida isbotlansin); 9) o‘qituvchi va o‘quvchilar bir tilda so‘zlashishsin (isbotlar, tushuntirishlar, izohlar bolalar tushunadigan tilda olib borilsin); 10) o‘quvchilarga ularning yoshiga mos o‘quv predmetlari o‘rgatilsin (bolaning aqliy taraqqiyotiga mos kelmaydigan bilimlar o‘rgatilmasin).
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, yangi ijtimoiy munosabatlarning paydo bo‘lishi va ijtimoiy-gumanitar bilimlarga ehtiyojni o‘z paytida payqagan Y.A.Komenskiy sinf-dars tizimini asosladi. Sinf-dars tizimi o‘z vaqtida yaratilgan bo‘lsa-da, u maktablar amaliyotidan juda syokinlik bilan o‘rin ola boshladi. Eski o‘zbek maktabi tarixining yetuk tadqiqotchisi Y.A.Abdullayevning uqtirishicha, sinf-dars tizimi O‘rta Osiyo maktablariga XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida rus-tuzem maktablari orqali kirib kela boshladi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin