Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə108/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Bell-Lankaster tizimi. Sinf-dars tizimiga ko‘ra, har bir sinfda 50-60 o‘quvchi o‘qirdi. Bunda yoshlarni o‘qitish ancha qimmatga tushurdi. Bolalarga umumiy elementar ma`lumot berish (ularni o‘qiy oladigan, yoza biladigan, hisoblay oladigan qilish) va bir o‘qituvchi rahbarligida imkoniyati yetguncha ko‘proq o‘quvchini to‘plash ehtiyoji tug‘ilda. Shu ehtiyojga ko‘ra XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Anglyada Bell-Lankaster tizimi paydo bo‘ldi. Uning asoschisi ruhoniy A.Bell, o‘qituvchi D.Lankasterlar edi.
Bell-Lankaster tizimiga ko‘ra, katta xonada (zalda) 600 tagacha o‘quvchi to‘planardi. Barcha o‘quvchiga bitta o‘qituvchi dars berardi. Kichik o‘quvchilarni o‘qish, yozish, hisoblashga o‘rgatish katta yoshli, puxta tayyorgarlikka ega bolalarga topshiriladi. Monitorlar-o‘qituvchi tayyorlagan katta yoshli ilg‘or o‘quvchilar o‘zlaridan yosh bolalarga rahbarlik qilar edi: ularning o‘qishi, yozishi, hisoblashi, matnlarni yodlashi ustidan nazorat qilishardi.
Bell-Lankaster tizimi manifaktura faoliyatiga o‘xshab tashkil etilardi: uch harfni tanigan o‘quvchi bilganlarini kichikroq o‘quvchilarga o‘rgatardi. Bunday maktablar oz xarj etib, elementar bilimlarnigina bolalarga bera olardi. Bell-Lankaster tizimining eng zaif tomoni o‘quvchilarda mustaqil aqliy faoliyatning juda bo‘sh rivojlanishida edi. Shu tafayli u o‘zini pedagogik amaliyotda oqlay olmadi.
Dalton-reja tizimi. Dalton-reja tizimi (uni dalton-laboratoriya rejasi ham deb atashadi) mashhur pedagoglar D.Dyui, E. Dyui xayrixohligi, qo‘llab quvvatlashi oqibatida AQSHda Yelena Parkxerst tomonidan asoslangan edi. Dalton-shaharning nomi.
Dalton-reja tizimiga ko‘ra har bir o‘quvchi o‘zining imkoniyatiga yarasha individual o‘qirdi. Darslarda har bir o‘quvchining kuchi etadigan mustaqil ish asosida bolalarning o‘quv ishlari tashkil etilardi. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat etish uch xil kartochka asosida olib borilgan: instruktorning laboratoriya kartochkasi; o‘quvchining shaxsiy individual hisob-kitob kartochkasi; sinfning hisob-kitob kartochkasi.
Instruktorning laboratoriya kartochkasida o‘rganiladigan o‘quv predmeti, sinf o‘quvchilarining ismi familiyasi, o‘quv haftalariga bo‘lingan ish dasturi qayd etilgan. Individual kartochkada bola u yoki bu o‘quv predmeti bo‘yicha o‘zi bajargan ishlarni qayd etgan. Sinf kartochkasida esa barcha o‘quvchilar o‘quv predmetlari bo‘yicha erishgan yutuqlar hisobga olingan.
Dalton-reja tizimi sovet pedagogikasida 20-yillarda ma`lum o‘zgartirishlar bilan brigada-laboratoriya metodi termini bilan qo‘llana boshlandi. “Brigada” termini orqali ta`limning jamoa xarakteri, ”Laboratoriya” termini vositasida esa o‘quvchilarning ta`lim jarayonidagi mustaqilligi e`tirof etildi.
Brigada-laboratoriya metodi o‘quv-tarbiya ishlarini jamoa asosida tashkil etish hamda bolalarning mustaqilligini ta`minlash g‘oyalariga asoslangan bo‘lib, u quyidagicha tashkil etilardi: 1) sinf o‘quvchilarining umumiy ishlashi bolalar o‘qituvchi topshiriqlari bilan tanishadi; 2) jamoa bo‘lib guruhlar brigada, zvenolarda topshiriqlarni bajarish; 3) mavzu yoki berilgan topshiriqlar ustida o‘quvchilarning individual ishlari; 4) umumsinf, guruh brigada, zveno individual ishlar bo‘yicha hisob berish; 5) bundan keyin qilinadigan ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar olish.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin