Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə111/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Jamoa ta`limi. Jamoa ta`limi o‘quvchilarning barchasiga mo‘ljallangan umumsinf ishidir. Jamoa ta`limi quyidagi xususiyatlari bilan umumsinf ishi sanaladi: barcha o‘quvchilar uchun bir xil o‘quv materiali tanlanadi, bir xil murakkablikdagi va qiyinlikdagi o‘quv topshiriqlaridan foydalaniladi; ta`lim tempi o‘rtacha tezlikda ishlaydigan o‘quvchilarga mo‘ljallanadi; ta`lim natijasi saylanma (tanlab) tekshiriladi. Jamoa ta`limi xususiyatlari keyingi bobda kengroq bayon etiladi.
O‘tkazish o‘rniga ko‘ra ta`lim tashkiliy shakllari. Ta`limni tashkil etish, boshqarish o‘rniga ko‘ra uning quyidagi tashkiliy shakllari farqlanadi: ta`limning maktab doirasida tashkil etiladigan shakllari, ta`limning maktabdan tashqarida o‘tkaziladigan shakllari.
Ta`limning maktab doirasida o‘tkaziladigan shakllari. Ta`limning maktab doirasida o‘tkaziladigan turlari qatoriga sinf-dars mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish ustaxonalarida ishlash, to‘garak mashg‘ulotlari, fakul`tativlar, o‘quv anjumanlari, sinov va imtihonlar, konsultatsiyalar, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, seminar mashg‘ulotlari kiradi.
Sinf-dars mashg‘ulotlari hozirgi o‘quv yurtlarida, o‘rta maktab, litsey kollejlarda ta`limning yyetakchi shakli sanaladi. Dars doimiy o‘quvchilar jamoasi, dastur va darsliklar asosida qat`iy tartib va oldindan belgilangan o‘rinda o‘tkaziladi. Har bir dars uchun o‘quvchilarning yoshi, o‘quv predmetlari xususiyatlariga qarab 30, 45, 80 daqiqadan vaqt ajratiladi. Dars o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida tashkil etiladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarida bolalar turli o‘quv predmetlari bo‘yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o‘tkazishadi. O‘quv predmetlarining barchasi bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazish imkoniyati mavjud: masalan, ona tilidan turli asboblar vositasida tovush kuchi, tembri, balandligi, nutqni ohang xususiyatlari bo‘yicha tajribalar o‘tkazish mumkin, geografiyadan esa kontr karta, globus bilan ishlab, u yoki bu shaharning koordinatalarini belgilashga oid ishlarni o‘tkazish ta`limning samaradorligini oshiradi. Hozirgi paytda laboratoriya mashg‘ulotlari ko‘pincha kimyo, fizika, biologiya fanlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari didaktik adabiyotlarda praktikum – amaliy dars deb ham yuritiladi. Amaliy darslarda o‘quvchilar guruhlarga ajralishadi, turli eksperimental topshiriqlarni bajarishadi. Amaliy – eksperimental topshiriqlarni bajarishga uzoq vaqt ajratiladi. O‘quvchilar 10 - 16 soat mobaynida turli tajribalar o‘tkazishadi, natijalarni to‘plab, xulosalar chiqarishadi. Shuningdek, qisqa muddatga (1-2 soatga) mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi.
Seminar mashg‘ulotlari nazariy muammolarni faol o‘rganish shakli hisoblanadi. Umumta`lim maktablarida, litsey, kasb-hunar kollejlarida o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlari oliy o‘quv yurtlari uchun tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. O‘rta umumta`lim maktablarida seminar mashg‘ulotlari quyidagicha o‘tkaziladi: seminar mashg‘ulotlari uchun mavzu tanlanadi; mavzu bo‘yicha qilinadigan reja, ko‘rsatmalar beriladi; reja bandlari uchun asosiy va qo‘shimcha ma`ruzachilar ajratiladi; seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqt (ikki, hatto undan ko‘proq hafta) ajratiladi; seminarga oid chizmalar, jadvallar, modellar, diagrammalar tushuntiriladi; seminar o‘tkaziladigan kungacha konsultatsiyalar – maslahatlar berib boriladi; seminar bo‘yicha o‘tkaziladigan tajribalar o‘qituvchilar yordamida sinab ko‘riladi. Seminarga sinf o‘quvchilarining barchasi tayyorgarlik ko‘rishadi. Seminar mavzusi, uning hajmiga qarab o‘quv soatlari ajratiladi. Odatda uni o‘tkazishda ikki soat vaqt beriladi. Seminarning oxirida o‘qituvchi yakunlovchi suhbat o‘tkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi.
O‘quvchilarning qobiliyati, o‘z qiziqishlari va xohishlari bo‘yicha tanlashiga ko‘ra u yoki bu o‘quv predmetini, uning bulimlarini chuqurlashtirib o‘rganishga fakultativ mashg‘ulot deyiladi. Fakultativ mashg‘ulot o‘quvchilar guruhiga mo‘ljallangan, ularning bilish faoliyatini, mustaqilligini ta`minlashga yo‘nalgan differensial ta`limdir.
Hozirgi maktab tajribasida fakultativ mashg‘ulotlar 7-sinfdan boshlanadi. Ular maxsus dasturlar asosida o‘tkaziladi. Har bir o‘quvchi fakultativ mashg‘ulotni ixtiyoriy tanlaydi. Unda ma`ruza va amaliy ishlar qo‘shib olib boriladi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin