Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, uning keskinlashuv sabablari va oqibatlari



Yüklə 78,5 Kb.
səhifə1/3
tarix08.05.2023
ölçüsü78,5 Kb.
#109597
  1   2   3
tabiat va jamiyat munosabatlari




TABIAT VA JAMIYAT O’RTASIDAGI O’ZARO MUNOSABATLAR


Reja:


1. Ekologiya va iqtisodiyot: o’zaro bog’liqlik va ta’sir
2. Iqtisodiyotning ekologiyaga va ekologiyaning iqtisodiyotga ta’siri
3 Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonining tez sur’atlarda o’sishi va insonning tabiatga ta’siri.

Tabiat bilan iqtisodiyot orasida o’zaro bog’liqlik kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridan ma’lum. Chunki, tabiat insonni oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqa zaruriy moddiy ne’matlar bilan ta’minlaydi. Inson tabiatdan estetik zavq oladi, unda va uning ta’sirida sog’ligini tiklaydi. Xullas, hayot uchun barcha zaruriy moddiy ne’matlarni bevosita va bilvosita yo’llar bilan oladi, bahramand bo’ladi. Moddiy ne’matlardan foydalanish jarayonida odamlar avvaliga istaganicha va undan ortiq miqdorda foydalangan bo’lib, albatta isrofgarchilikka yo’l qo’ygan. Lekin vaqt o’tishi va ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi, eng muhimi odamlarning fikrlash qobiliyati, ongining o’sishi bilan noz-ne’matlardan foydalanishda ehtiyotkorlik belgilari ham shakllanib borgan. Bu hodisa ularni ov ishlari baroridan kelmagan vaqtlarda yaxshi sezilib turgan bo’lishi mumkin. Demak, xo’jalik yuritishni odamlar juda qadimdan egallay boshlashgan.


Aholining moddiy iste’mol ehtiyoji dunyo miqyosida qaralsa cheksiz va qondirib bo’lmaydigan darajada. Chunki, aholi soni muttasil ortib bormoqda. Lekin tabiiy resurslar, ya’ni ehtiyojni qondiradigan vositalar chegaralangan va noyob. Binobarin, talab, ehtiyoj va moddiy ne’matlar o’rtasida juda katta farq mavjud. Bu bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, ya’ni xo’jalikni nihoyatda bilib va oqilona tashkil qilish zarurligiga undaydi, ikkinchi tomondan, birlamchi tabiiy resurslarning o’rnini bosa oladigan (almashtira oladigan) sun’iy matyeriallarni izlash va amalda qo’llash ishtiyoqi kuchayib boradi. Bu bilan tabiiy resurslarni tejash, ikkilamchi boyliklardan keng miqyosda foydalanish, eng muhimi tabiiy resurslarning o’rnini bosa oladigan mahsulot (matyerial)larni ishlab chiqarish va amalda qo’llash g’oyasini hayotga tobora tezroq tadbiq qilish jadallashib boradi. Bu muammoning qo’yilishi, echimi jarayonida va amalda tadbiq qilinishida iqtisodiyotning ahamiyati beqiyosdir.
Iqtisodiyot tarraqqiyoti ko’p hollarda tabiiy resurslarga bog’liq. Turli resurslarning mavjudligi xalq xo’jaligi tarmoqlarini muttasil rivojlantirib borishga imkon byeradi. Bu borada ekologik tabiiy resurslarning ham o’z o’rni bor. Qishloq xo’jaligi, xususan sug’orma dehqonchilik mahsulotlari, lalmi dehqonchilik va yaylov chorvachiligi etkazib byeradigan oziq-ovqat, texnik xom-ashyolar va boshqalar xalq xo’jaligining o’sishida ta’siri etarli darajada yuqori. Dunyo bo’yicha yalpi ichki mahsulotning jami 32 % ini ekologik soha resurslari etkazib byerishi ma’lum. Bizningcha, ekologik soha resurslarining iqtisodiyotni taraqqiy etishidagi roli istiqbolda yana ortib borishi kutiladi. Chunki, aholi sonining ortib borishi chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini miqdor jihatdan ko’paytirishga ta’sir etadi (don, chorvachilik mahsulotlarini jon boshiga me’yoriy ko’rsatkichlarda etkazib byerilishini taqozo etadi).
Iqtisodiyotning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi ko’p vaqt mobaynida tabiat qonunlari, xususan ekologik qonuniyatlar va qonunlarga bog’liqligi tan olinmadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va fan yutuqlarini sanoat hamda qishloq xo’jaligi sohalarida keng qo’llanilishi natijasida tabiat boyliklarining joylashuvi, ularning potentsial imkoniyatlari, qayta tiklash qobiliyatlari, o’z-o’zini tozalash darajalari yagona tabiat, shu jumladan, ekologik qonunlarga bog’liqligi keyinchalik mutaxassislar tomonidan asoslana boshlandi.
Iqtisodiyotdagi “eng kam xarajat sarflab yuqori daromadga yerishish” tamoyiliga asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish pirovard natijada ekologik inqirozga duch keldi. Uning salbiy oqibatlari havo va suvning ifloslanishi, tuproqlarning qashshoqlanishi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatida, daromadlarning pasayishida, kishilar salomatligining yomonlashuvi, mehnat unumdorligining pasayishi, hosildorlikning kamayishi orqali iqtisodiyotda tanglikni sodir eta boshladi. Aniqlanishicha, tuproq unumdorligining bir foizga kamayishi natijasida hosildorlikning o’rnini to’ldirish uchun 10% sarf-xarajat qilish zarur ekan. Ma’lum bo’lishicha, tabiiy o’rmonni qirqish tufayli o’rnida vujudga kelgan ikkilamchi o’rmonning mahsuldorligi birlamchi o’rmonga mos kelmaydi, mutaxassislarga bu oldindan ma’lum bo’lgan. Atlantika okeanida baliqlarning xo’jasizlarcha tutilishi tufayli bir necha baliq zotlari yo’qoldi, natijada baliq tutish rejalari bajarilmay qoldi, sifatsiz baliq mahsulotlari bozorda o’tmay qoldi. Buning uchun baliq turlari zotlarining populyatsiyasi ekologiyasi o’rganilishi zarur bo’ldi. Evropa va Amyerikadagi bir necha mamlakatlar hamda baliqchilik bilan shug’ullanadigan kompaniyalar bunday tadqiqotlar uchun katta mablag’ ajratdilar. Korroziya natijasida metallarning beshdan bir qismi va neft jihozlarining 77% ining yo’qotilishi biokorroziya bilan bog’liq ekan, ular mikroblar faoliyati bilan tushuntiriladi. Rossiyada har yili o’rmonlarning 20 mln. m3 qismi zamburug’ kasaliga duchor bo’ladi va xashoratlarning ommaviy ko’payishi sababli quriydi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Faqatgina har yilgi dunyo bo’yicha qishloq xo’jalik ekinlarining yuqumli kasalliklar bilan xastalanishi va zararli hashoratlar ta’sirini kamaytirish maqsadida 2,5 trln dollarlik mablag’ sarflanadi, bu jahonning jami byudjetini 10% ini tashkil qilishini aytib o’tishning o’zi ekologiyaning iqtisodiyotga qanchalik salbiy ta’sir etishini tushunishga imkon byeradi. Mutaxassislarning hisob-kitob qilishicha XX asrning ikkinchi yarmida insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiiy muhitga etkazilgan zarar va u orqali aholi salomatligiga etkazilgan putur jahonning yillik byudjetidan ziyod.
Shuni alohida ta’kidlash kyerakki, yer qa’ridan olingan tayyor mahsulotning bir birligiga bir necha, ba’zan 10 va undan ko’p birlikda chiqindilar vujudga keladi. Tarkib topgan chiqindilar odatda iqtisodiyotda nol bahoga ega. Chunki, ulardan xo’jalikda foydalanilmaydi, boz ustiga chiqindilar atrof-muhitni ifloslaydi, yaylovlar maydonini egallab turadi, inson hayotini xavf ostida qoldiradi. Qanchalik ko’p yalpi milliy mahsulot ishlab chiqilsa, shunchalik chiqindilarning umumiy hajmi ko’p bo’lishi ma’lum. Lekin, davlat ushbu chiqindilarning atrof muhitni ifloslashi tufayli aholi salomatligi yomonlashuvining oldini olish va ularning sog’ligini tiklash maqsadida qayg’uradi va buning uchun ma’lum mablag’ ajratadi. Bu sarf-xarajatlar yalpi milliy mahsulot hisobidan amalga oshiriladi. Biroq, atrof muhit ifloslanishining qiymati hisob-kitob qilinmaydi. Yangi qurilib ishga tushirilgan korxona uning rahbariga yiliga ma’lum daromad keltiradi, lekin korxona atrof muhitga turli chiqindilarni chiqarib havo, suv tuproqni bulg’aydi, qishloq xo’jalik ekinlari hamda yaylovlarga ziyon etkazadi, aholi sog’ligi yomonlashadi. Korxonaning to’lagan arzimagan solig’i e’tiborga olinmasa, uning etkazgan zarari etarli darajada ko’p, uning bir yillik qiymati hisoblansa yillik daromadga etib qoladi, ba’zi hollarda undan ham ziyod bo’lishi mumkin. Gap shundaki, korxonaning atrof muhitga etkazgan ziyoni ob’ektiv hisob-kitob qilinmaydi. Shuning uchun ham joylarda ekologik vaziyat murakkablashib bormoqda.

Yüklə 78,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin