Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə17/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Yusuf Xos Hojib
Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra Yusuf Xos Hojibning tarjimai holini faqat uning o‘z asarida yozib qoldirgan ma’lumotlardan bilamiz, xolos:
Mo‘nuqi tarug‘laq Qo‘z o‘rdu eli,
Tub – asli nasabdin yurishish tili
Bu tug‘mish elindin chiqib borgoni,
Kitobni qo‘shubon tugal qilg‘oni.
Barusin bitimish, eturmish nizom,
Bu Qoshg‘ar elinda qo‘shulmish tamom.
Qo‘z o‘rdu o‘lkasi aslida eli,
Tub asli nasabdan so‘z ochdi tili,
Tug‘ilgan elidan chiqib borgani
Kitobni jam etib tugal qilgani.
Borini bitibdir ne esa kalom,
Bu Qashqar elida tugadi tamom1.
Yuqoridagi misralardan Yusuf Xos Hojibning tug‘ilgan joyi Qo‘z O‘rdu (ya’ni Bolasog‘un) ekanini, ammo uni yozishda turli o‘lkalarga safar qilgani, va nihoyat uni vatani Qashqarda tugatgani taxmin qilinadi.
Demak, Yusuf Xos Hojib Bolasog‘unda tug‘ilgan, o‘z asarini yoshi ellikdan o‘tganda yozgan. Asarning hijriy 462 (1069—1070) yozib tugallanganligi, uni o‘n sakkiz oyda, ya’ni 461 yilning birinchi yarmida boshlab, 462 yilning o‘rtalarida tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Hojib 50 yoshlar atrofida bo‘lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug‘ilganligi taxmin etiladi.
Tegurdi menga elchi ellik yoshim,
Qug‘u qildi uzg‘un tusi-teg bashim
(Ellik yoshim menga qo‘l tegizdi,
Qora (quzg‘un) tusidek boshimni oq (qush) qildi (ya’ni, sochim oqardi)1.
Yil altmish eki erdi to‘rt yuz bila
Bu so‘z so‘zladim man tutib jan sura,
Tugal o‘n sakkiz ayda aydim bu so‘z,
O‘qurdum, adirdim so‘z evdib tera2.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar hukmdori Tavg‘achxon (kitobda Tavg‘och Ulug‘ Bug‘ra Qoraxon (xoqon), Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitobxonga manzur bo‘lib, uning muallifiga Xos Hojiblik unvonini beradi. «Qutadg‘u bilig» asari katta shuhrat qozonadi. Shuning uchun ham «Qutadg‘u bilig»ni chinliklar (Xitoy) «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) «Anis ul-mamo‘lik» («Mamlakatning tartib usuli»), eronliklar «Shohnomai turkiy», Sharq elida «Ziynal ul-umaro» («Amirlar ziynati»), turonliklar «Qutadg‘u bilig», ba’zilar esa «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar nasihatnomasi») deb atagani kitob muqaddimasida keltiriladi.
Demak, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarini ilmiy jihatdan o‘rganishga juda ko‘p olimlar hissa qo‘shgan. V.V.Radlov, H.Vamberi, S.E.Malovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo‘lsalar, V.V.Bartold, E.E.Bertels, I.V.Stebleva, O.A.Valitovalar har tomonlama tadqiq etdilar.
Asarning mukammal nashrini tayyorlashda hamda uni tadqiq etishda o‘zbek olimlarining xizmati ayniqsa diqqatga sazovor.Birinchi bo‘lib professor Fitrat 1924 yilda Namangan nusxasini olib, kutubxonaga keltiradi va u haqda maqola e’lon qiladi.«Qutadg‘u bilig»ning mukammal nashri o‘zbek olimi Q.Karimov tomonidan amalga oshirildi va tadqiq etildi. Uni tahlil etishda S.M.Mutalliboev, N.M.Mallaevlarning xizmati katta. «Qutadg‘u bilig»ning hozirgi o‘zbek tilidagi bolalarbop bayoni esa Boqijon To‘xliev tomonidan nashr etildi. Yusuf Xos Hojibning axloqiy didaktikasi Q.Karimov, Y.Jumaboev tomonidan har tomonlama tadqiq etildi. Qoraqalpog‘istonlik Axmetova A.K. esa «Yusuf Xos Hojibning pedagogik qarashlari» to‘g‘risida ilmiy ish olib bordi

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin