Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə137/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Umummilliy baholash - barcha o‘quvchilami yoki ma’lum bir guruhdagi o‘quvchilarni tanlab olish yo‘li bilan muntazam ravishda o‘quvchilar o‘quv yutuqlari darajasini milliy standartlarga nisbatan mosligini baholash hisoblanadi. Mazkur turdagi baholash o‘quv dasturlari asosida olinib, imtihonlardan farq qiladi. Birinchidan, alohida olingan o‘quvchilaming bilim va malakasi darajasi emas, balki tizimning ishlash natijalari o‘lchanadi. Uddnchidan, milliy baholash natijalari muayyan yoshdagi yoki sinfdagi o‘quvchilaming umumiy o‘zlashtirish darajasining «rentgen surati» sifatida foydalaniladi - va milliy standartlarning ko‘p muddatda monitoringini ohb borishga xizmat qiladi. Tanlash yo‘li bilan o‘tkazilgan umummilliy baholash qisqa muddatlarda va iqtisodiy jihatdan arzonroq o‘tkazish imkoniyatini beradi. Uning natijalari ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘quv yutuqlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni berishi mumkin.
Xalqaro baholashni yaqin 15-20 yilda tashkil etish yo‘lga qo‘yilib, ularda bir necha mamlakatlar o‘quvchilarining o‘quv yutuqlari tanlov yo‘li bilan baholanadi. Bunday keng qamrovli tadqiqotlaming asosiy maqsadi qamrab olingan muayyan yoshdagi (masalan, 13 yoshdagi o‘quvchilar) yoki sinfdagi o‘quvchilaming bir yoki bir necha o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv yutuqlarini baholash va bir qator mamlakatlar kesimida qiyoslashdan iborat. Misol tariqasida matematika va tabiiy fanlar dan o‘tkazib kelinayotgan - TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study - Xalqaro matematika va tabiiy fanlaming o‘rganishdagi tendensiyalari)ni keltirish mumkin. TIMSS ning birinchi xalqaro tadqiqotida 38 mamlakatning 4-, 8- va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bitiruvchiiari (11- va 12-sinf o‘quvchilari) qamrab olingan. Oxirgi uchinchi tadqiqotida esa 46 mamlakat o‘quvchilari' qatnashganlar.
Yana bir o‘quvchilar ta’limiy yutuqlarini xalqaro baholash dasturi - PISA (Programm for International Student Assessment) tadqiqoti hisoblanadi. Bu tadqiqot birinchi marta 2000-yilda o‘tkazilib, unda 32 mamlakatning 15 yoshli o‘quvchilari qatnashgan. PISA da asosiy e’tibor o‘quvchilaming o‘qish, matematika va tabiiy fanlar (fizika, ximiya, biologiya)dan olgan bilimlarmi turli hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishlarini baholashga qaratilgan. Uchinchi xalqaro tadqiqot - PIRLS da turli mamlakatlar boshlangich maktablari bitinivchilarining matnni o‘qish va uni tushunish darajasi baholanadi.
Mazkur tadqiqotlaming maqsadi - o‘quvchilar yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlami jamlash va ulami xalqaro miqyosda qiyoslash bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra ta’lim siyosati masalalari hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishidagi tafovutlami yaxshiroq anglab yetishga qaratilgan xalqaro muloqot olib boriladi. Xalqaro tadqiqotlar nufuzining oshib borishi bugungi dunyoda globallashuv jarayonlari natijasida mustaqil hayotga kirib kelayotgan o‘quvchilarga mehnat bozorida qanday bilim va ko‘nikmalar kerakligi to‘g‘risidagi ijtimoiy buyurtmalami hamda raqobatbardosh mutaxassislarga qo‘yilgan talablami kengayib borayotganligidan darak beradi.
Ta’lim sifati momtoringini olib borishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar tomonidan davlat ta’lim standartlari talablarining bajarish dinamikasini tizimli kuzatish, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillami aniqlash, ta’lim muassasalari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, metodik xizmat va malaka oshirish tizining faoliyatini baholab, rivojlantirishga oid chora-tadbirlami belgilash, keyingi holatni bashoratlash natijasida ta’lim sifatini oshirishdan iborat.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin