Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə145/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Boshqarish finksiyalari. deganda u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalami hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Boshqarish nazariyasi asoschilaridan Anri Fayol XX asrning boshlarida boshqaruvning besh funksiyasini ajratib ko‘rsatgan: rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish, nazorat. A.T.To‘xtaboev mazkur funksiyalami faqat ma’muriy ekanligini ta’kidlab, ma’muriy boshqaruv funksiyalarining uch guruhini ajratib ko‘rsatadi: umumiy funksiyaiar; ijtimoiy-psixologik funksiyaiar; texnologik funksiyalar. Turli olimlaming fikrlarini umumlashtirgan holda, boshqaruvning quyidagi funksiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Axborot-tahlil fimksiyasi. Mazkur funksiya Yu.Konarjevskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, boshqaruvda alohida o‘rin tutadi; bunda axborotlami olish va tahlil qilishda jarayon boshlanadi va tugallanadi.
Maqsadli-motivlashtirish finksiyasi. Motivlashtirish belgilangan maqsadga erishish bo‘yicha barcha boshqaruv subyektlarida qiziqishlar uyg‘otishga yo‘naltirilgan tadbirlami tashkil etishni nazarda tutadi.
Oldindan ko‘rish-rejalashtirish funksiyasi. Boshqaruv faoliyatini oldindan ko‘rish (anglash) va rejalashtirish funksiyasi uchun maqsadli-motivlashtirish boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat qiladi, oldindan ko‘rish-rejalashtirish funksiyasi tashkiliy shakllar, usullar, ta’sir etuvchi vositalami aniqlaydi, nazoratning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi, shuningdek, pedagogik tizimni va uning ishtirokchilarining harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tartibga solish imkonini beradi.
Tashkiliy-ijrochilik funksiyasi. Bu funksiya boshqaruv faoliyatining barcha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijrochilaming o‘zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning natijasida u yoki bu pedagogik tizimga xos tarkibiy tuzilish vujudga keladi.
Nazorat-tashxis funksiyasi. Nazorat - bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan biri bo‘lib, u boshqaruvning barcha funksiyalari bilan bog‘liq boMadi. Umumiy holda nazorat rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalami o‘zaro solishtirish jarayoni bo‘lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin