Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Pedagogik Kengash - ta’lim muasasasasining boshqaruv organi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə148/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Pedagogik Kengash - ta’lim muasasasasining boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalami muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va o‘qituvchilaming kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o‘stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
ta’lim muassasasining tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o‘tkazadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi;
ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlami qabul qiladi;
ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlami ishlab chiqadi; pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi;
ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablami ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
Pedagogtk Kengash quyidagi huquqlarga ega:
ta’lim muassasasini rivojlantirish yo‘nalishlarini istiqbol rejasini belgilash; ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini amalga oshirish;
o‘quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlami taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;
o‘quv jarayonini tashkil qilislming turli shakl va metodlarini muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish;
ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalami o‘z vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;
pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ulaming ijodiy tashahbuskorliklarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berish;
o‘quvchilaming bilim darajasini aniqlashga doir ichki nazorat bo‘yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o‘tkazish shakli va vaqtini belgilash;
ta’lim oluvchilami sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko‘chirish va bitiruvchilami yakuniy attestasiyaga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilish;
ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir masalalar bo‘yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;
ta’lim maqsadiga muvofiq holda o‘quvchilami rag‘batlantirish va jazolash bo‘yicha masalalami hal etish; chorak, yarim yillik, yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;
pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish;
ta’lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko‘rsatgan ta’lim muassasasi xodimlarini rag‘batlantirishga tavsiya qilish;
yakuniy attestasiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga o‘matilgan tartibda hujjatlar berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Pedagogik Kengash yig‘ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o‘z akini topadi: ish rejasi, kengash bayonnomasi yoziladigan muhrlangan daftar, kengash materiallari, hisobot.
Pedagogika Kengash hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin