Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə147/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Tashkiliy-ma’muriy metoddan fodalanishdan ko‘zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan o‘zaro munosabatlar, alcqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o‘zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va me’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy-psixoiogik metodlar jamoa a’zolari o‘rtasida shunday munosabatlami vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar xodimlaming bemalol, erkin harakat qiiishi, o‘zini-o‘zi namoyon qiiishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun shart-sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur. Boshqaruv uslublari.
Boshqaruv uslubi - bu ish uslublarining to‘plami bo‘lib, u o‘zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qo‘llaydi. Menejment uslubi - bu rahbami shaxsiy sifatlarining to‘plami, rahbami qo‘l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o‘z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo‘llari, rahbarning xodimlami amalda bilishidir. Boshqamv uslubi boshqamv usulidan kelib chiqadi. Boshqaruv usuli - bu boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi usul va yo‘llarning to‘plamidir. Boshqaruvning uchta uslubi keng tarqalgan:
Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar o‘z irodasini qo‘l ostidagilarga raa’muriy kuch vositasida o‘tkazishga intiladi. ya’ni majburlash, qo‘rqitish, rag‘batlantirish va boshqa chora-tadbirlardan foydalanadi.
Liberal (erkin ish ynritish) uslub rahbaming o‘z qarorlarini tavsiyalar ko‘rinishida berishi, xodimlaming ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, xodimlariga keng doirada mustaqillik, to‘la erkinlik berish bilan bir qatorda, ularning harakatlariga kam e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi.
Demokratik (kollegial) uslubda rahbar o‘z faoliyatini o‘zining jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik xodimlar o‘rtasida taqsimlanadi. Xodimlaming o‘zaro munosabatlarini rag‘batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag‘batlantirib boradi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin